• Pedagog kadrlarga qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma
  • pedagogning faoliyat sohalari




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
    pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv. 

    pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; 
    ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar. 

    pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy 
    o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi 
    ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari. 
    Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har 
    biriga tavsif berildi. 
    Pedagog kadrlarga qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma 
    9
    Aminov A.H. Umumiy o’rta ta’lim pedagog hodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirishning 
    nazariy-amaliy masalalari: Ped.fan.nomz. ... diss.- T:. 2004.-156-bet. 
    10
    Musurmonova.O. Yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy madaniyati shakllantirishning pedagogik asoslari: 
    Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis.-T.:1993.-289 b 


    15 
    Davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning 
    ijtimoiy, 
    iqtisodiy, 
    ilmiy-texnikaviy, 
    ma’naviy-ma’rifiy va madaniy 
    ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan ijtimoiy 
    buyurtmalarni qo’yadi.
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturida har tomonlama kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar 
    dasturlarini ongli ravishda tanlagan va puxta o’zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, 
    huquqiy, psixologik-pedagogik bilimlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldidagi 
    o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash bilan bog’liq ijtimoiy 
    buyurtmalar belgilab berilgan
    11

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida 
    jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy-
    ma’rifiy o’zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari o’z aksini 
    topgan. Jumladan, “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli risolada 
    ta’lim tizimi oldiga quyidagi buyurtmalar qo’yilgan:

    yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va ma’rifiy ishlarning samarali 
    shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

    yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul 
    tizimidan foydalangan holda o’qitish samaradorligini oshirish; 

    xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qad-
    riyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash; 

    o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot 
    ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; 

    o’quv jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik 
    texnologiyalar bilan ta’minlashni amalga oshirish; 

    milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda 
    umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va 
    bo’g’inlarida yoshlarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantirish; 
    11
    O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining 
    poydevori. – T:. Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. 20-bet 


    16 

    yoshlar ongi va qalbiga milliy g’oya va mafkurani singdirish, ta’lim 
    muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko’tarish; 

    ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy
    iqtisodiy, 
    ekologik 
    va 
    sanitariya-gigienik 
    ta’limi hamda tarbiyasini 
    takomillashtirish; 

    yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimining kadrlar 
    salohiyatini tubdan yaxshilash, pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish, ta’lim 
    muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 
    ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;

    pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish. 
    Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar 
    evolyutsion tarzda ta’lim tizimining yangi mazmun kasb etishini ta’minladi, 
    ilg’or g’oyalarni o’zida namoyon etuvchi ta’limiy qadriyatlar shakllandi. 
    Umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlar pedagog 
    shaxsini tarbiyalashga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, shaxs 
    omilining ta’lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi sub’ekti va ob’ekti sifatida tan 
    olinishini ta’minlashi, unda ijodiy fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik 
    ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir. Binobarin, 
    barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo’lgan 
    ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan 
    mavjud sharoitda yanada dolzarb xususiyat kasb etadi.
    Davlat ta’lim standarti ta’limning zarur, yetarli darajada hamda o’quv 
    yuklamalar hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari hamda kadrlar 
    tayyorlash sifatini baholashni belgilab beruvchi mezon bo’lib, u “Ta’lim 
    to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida belgilab berilgan 
    vazifalar hamda pedagog shaxsini shakllantirishda umuminsoniy, ma’naviy-
    axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, 
    davlat ta’lim standartlarida kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, 
    bo’lajak mutaxassislar kasbiy shakllanish jarayonining sub’ekti sifatida ishtirok 


    17 
    etishining pedagogik shart-sharoitlari, mexanizm, metod va texnologiyalari 
    belgilab berilgan. 

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish