Noananaviy energiya manbalari: Shamol energiyasidan foydalanish




Download 4,44 Kb.
Sana17.05.2024
Hajmi4,44 Kb.
#239306
Bog'liq
Noananaviy energiya manbalari Shamol energiyasidan foydalanish-fayllar.org


Noananaviy energiya manbalari: Shamol energiyasidan foydalanish

Noananaviy energiya manbalari:Shamol energiyasidan foydalanish


Maqolada noanʼanaviy energiya manbalaridan shamol energiyasidan foydalanish, shamol energiyasidan foydalanish afzalliklari va kamchiliklari,shamol energiyasidan foydalanish shartlari, O'zbekistonda shamol energiyasidan foydalansa boʻladimi degan muammoli savolning yechimi ifodalangan.
Tayanch so'zlar:qayta tiklanadigan energiya manbalari, shamol energiyasi, shamol tezligi, afzalliklari, kamchiliklari.
Faqatgina O'zbekistonda emas dunyoda dolzarb muammolardan hisoblangan energiya resuralari muammosi.Kundan kunga aholi sonining o’sishi, aholining texnikaga bo'lgan talabining ortishi, ko'plab ish jarayonlarining avtomatlashtirilganligi bunga sabab bo'lmoqda.O'zbekistonda ham yildan yilga elektr energiyaga bo'lgan talab oshmoqda.Biz hozirgi kunda yurtimizdagi elektr energiyaning 80 foizini issiqlik elektr stansiyalaridan ko'mir, gazlarni yoqish hisobiga olamiz. Bu yoqilaytgan manbalar qayta tiklanmaydigan manbalar hisoblanadi.Bunday qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan foydalanib uzoqqa bora olmaymiz.Yaqin yuz yilga yetish yetmasligini taxmin qilib aytish mumkin holos.Bu manbalar tugasa nima qilamiz?
Shuning oldini olish uchun hozirdan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni yo'lga qoyishimiz kerak.Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan quyosh va shamol energiyasidan foydalanishimiz mumkin.
Ulardan shamol energiyasidan O'zbekistonda dearliy foydalanilmaydi. Shamol bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir.
So’ngi malumotlarga qaraganda O'zbekistondan ham shamolning doimiy oqimi otgan, biz undan samarali foydalanishimiz kerak.O'zbekistonda shamol energiyasidan shamol tezligining pastligi, doimiy emasligi foydalanmaslikka sabab dep ko'rsatiladi.Tog'ri shamol energetikasidan foydalanayotgan mamlakatlarda shamol tezligi yuqori va doimiy boladi.Lekin shu holatda ham O'zbekistonda shamol energiyasidan foydalanish mumkin.Bizga ma'lum dastlabki shamol parraklaring aylanish oqi vertikal joylashgan keyinchalik unda tormoz tizimi ya’ni shamol kuchaygan paytida uni toxtatib bo’lmasligi uchun undan vos kechilib aylanish oqini gorizontal joylashtirib toxtatish uchun shamol oqimidan boshqa tarafga burish hisobiga foydalanar edi.Biz yurtimizda shamol tezligini past bolishi hisobga olib shamol parraklari oqini vertikal joylashtirsak boladi
Bizda tormoz tizimi shart bo'ladigan darajada shamol bolmaydi.Parrak aylanish oqini vertikal qo'yishimiz bilan yurtimizning shamol tezligi yiliga 5-6 m/s tashkil etadigan hududlarida ham shamol energiyasidan foydalanishimiz mumkin.Ma’lumot uchun: Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4m/s dan yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. SHamol generatorlari 8-25m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimall quvvatga ega bo‘ladi. Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30m/s nit ashkil qiladi
Shamol energiyasidan foydalanish afzalliklari:
1.Bu qayta tiklanuvchan energiya manbayi
2.Uni qurish uchun maxsus maydon shart emas
3.Elektr stansiyalardan uzoqda joylashgan yerlarga qurish mumkin.Bu orqali elektr ustinlar, o’tkazgichlar va elektr energiyaning yetib borishidagi isrofi tejaladi.Ya’ni elektr energiyasi zarur bo’lgan nuqtaga shamol parraklarini o’rnatish mumkin.
4.O'zidan zararli chiqindilarni chiqarmaydi, havoni zaxarlamaydi.
Kamchiliklari:
1.Energiyaning uzliksizligi shamolga bog'liq (kichik quvvatlilarining dearliy boshqa zarari yoq)
Shulardan kelib chiqgan holda O`zbekistonda ham Shamol energiyasidan foydalanish samara beradi deb aytishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1."Ekologik toza energiya turlari va nanotexnologiya" I.R.Kamolov X.K.Artikov Navoiy 2015
2."Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash" Gaipov.T.Sh Shamsiddinov H.F. Pulatov.B.M Toshkent 2013
3."Ekologik maqbul energiya manbalaridan foydalanish"

N.M. Safarov, A.X. Alinazarov 2013



4."Energiya tejamkorlik asoslari" F.A.Xoshimov A.D.Taslimov
http://fayllar.org
Download 4,44 Kb.




Download 4,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Noananaviy energiya manbalari: Shamol energiyasidan foydalanish

Download 4,44 Kb.