• Kurs ishi Mavzu
  • Jarayonning nazariyasi va amaliyoti ………………………....4 1.
  • . Oltin elektroliz vannasining hisobi …………………….….. 29 Ⅳ. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………….… 32 1 KIRISH
  • Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi




    Download 3.03 Mb.
    bet1/13
    Sana07.02.2023
    Hajmi3.03 Mb.
    #41298
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    uskuna va jihozlar. kurs ishi
    «Turkiston lеgioni»-nima (2), Mavzu ko’p pog’onali kuydirish pechidan foydalanish-fayllar.org, 1.2 perevod, Назиркулов Муроджон 402 гурух, 1443063



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
    TA`LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

    NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI”


    FAKULTETI
    Silikat materiallar va kamyob nodir metallar texnologiyasi”
    Kafedrasi

    Kurs ishi

    Mavzu: Oltin elektroliz vannasi hisobi.


    Rahbar : Oserbayeva A.K.
    Bajardi: Maxkamova M.M. 5-19


    Toshkent-2022


    Mundarija:

    1. Kirish …………………………………………………………. 2

    2. Jarayonning nazariyasi va amaliyoti ………………………....4

    1.Oltinning fizik va kimyoviy xossalari ………………………….4
    2.Oltinning minerallari ……………………………………………6
    3.Oltinning ishlatilish sohalari ……………………………………7
    4.Elektroliz haqida tushuncha ……………………………………12
    5. Elektroliz jarayonining texnologik rejimi va asosiy parametrlari……… 12
    6. Oltin elektrolizining texnologik sxemasiga misol……………………15
    7. Galvanik vannalar va ularning turlari ……………………..……………..16
    8. Oltin elektrolizi……………………………………………………………….………25
    . Oltin elektroliz vannasining hisobi …………………….….. 29
    . Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………….… 32

    1

    KIRISH
    Yer osti boyliklari O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
    (O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni 4-modda).
    Yer osti boyliklari, ya'ni qazilma boyliklarga metall va nomatell rudalar, gaz, ko`mir, slanetslar va yer osti suvlari kiradi. Bu boyliklarning hosil bo`lishi ularning ishlatilish tezligidan ko`ra millionlab marta sekin kechadi. Buning ustiga yil sayin insoniyat qazilma boyliklarni sifat va miqdor jihatdan tobora ko`p ishlatmoqda. Agar u XVIII asrda 28 turdagi qazilma boylikdan foydalangan bo`lsa, XIX asrda 71 xil boylikdan foydalandi. Keyingi paytlarda esa yerda ma'lum bo`lgan barcha kimyoviy elementlar va ularning birikmalaridan foydalanilmoqda.
    Keyingi yillarda o`tkazilayotgan kosmik tadqiqotlar okeanlar tubida katta miqdordagi mineral boyliklar zahirasi mavjudligini ko`rsatmoqda. Umumiy maydoni taxminan 1000 mln. kv. km. bo`lgan ekvatoriyaning tubi tarkibida alyuminiy, mis, nikel, kobalt va marganets bo`lgan qizg`ish loy bilan qoplangan. Hozirgi kunda Dunyo okeanlari tubida 1500 mlrd. tonna murakkab tarkibli temir va marganets rudalari borligi taxmin qilinmoqda. Yaponiyalik mutaxassislar fikricha okean tubidagi metall konkretsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste'mol darajasida mis bilan yana 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganets bilan esa 140 000 yil ta'minlash mumkin.
    Ko`pgina mamlakatlarning kon sanoati hozircha litosfera qobig`ining yuqori qatlamini o`rtacha 500m. chuqurlikkacha «o`zlashtirgan». Lekin bundan chuqurda ham konlar va shaxtalar mavjud. Masalan, Germaniya va Belgiyada ko`mir 1300 m. chuqurlikdan qazib olinadi. Hindistonda oltin konlari 3800 m. chuqurlikda joylashgan. Janubiy Afrikaning oltin konlari esa bundan ham 100-150 m. chuqurroqda joylashgandirlar.
    2
    Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
    Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud.
    Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor.
    Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi.


    Download 3.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 3.03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

    Download 3.03 Mb.