Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi




Download 1.85 Mb.
bet1/6
Sana28.05.2022
Hajmi1.85 Mb.
#22224
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akmal 10..20
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida model va modellashtirish-fayllar.org (1)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI
“NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI ” Fakulteti
“TMJ” Kafedrasi

“ Avtomatlashtirish va Muhandislikda raqamli metodlar “

fanidan


Mavzu: Donli maxsulotlarni maydalash jarayonini avtomatlashtirish




KURS ISHI

BAJARDI: JUMANAZAROV AKMAL


TEKSHIRDI:


Donli maxsulotlarni maydalash jarayonini avtomatlashtirish :
I. Kirish--------------------------------------------------------------- 3
II. Asosiy qism-------------------------------------------------------6
2.1 Texnologik jaryonning boshqarish ob’yekti sifatida tahlili--8
2.2 Donli mahsulotlarni maydalash jaryonini avtomatlashtirish--12
2.3 Donli mahsulotlarni maydalash texnologik tizim yozuvi ------15
2.4 Donli mahsulotlarni maydalash jaryonini avtomatlashtirishning
funksional sxemasi yozuvi ---------------------------------------------17
III. Sxema va chizmalar izohi--------------------------------------------19
3.1 Avtomatlashtirish vositalarining spetsifikatsiyasi--------------21
3.2 Elektr ta’minotining prinsipial sxemalari haqida
tushuncha---------------------------------------------------------------------23
3.3 Donli mahsulotlarni maydalash texnologik tizimi
avtomatlashtirish shitining elektr ta’minoti sxemasi yozuvi------25
IV. Xulosa------------------------------------------------------------27
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati-----------------------------28
VI. Ilova---------------------------------------------------------------29

I. Kirish
Sanoatning kimyo, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlariningamaldagi korxonalarini zamonalashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bog‘liq katta hajmdagi ishlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish – ko‘p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj – sozlash ishlari, shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik tizimlarning turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo‘lgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan tizimining avtomatlashtirish tizimlarini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo‘ladigan tilda ifodalanishi kerak, demakdir. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish – usullarini, impulsli va buyruq liniyalarini va manba liniyalarini o‘tkazish sohasida tushuncha yagona bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichida boshqarishning texnologik ob’ektlari (BTO) mufassal tahlil qilinishi kerak. Bunda tahlil tizimi bo‘lishi, ishlab chiqarish jarayonini texnik jihozlash va texnologiya, xomashyo va tayyor maxsulot sifati, jarayonni boshqarishni tashkil etish nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutish lozim. Tahlil jarayonida aniq ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari o‘rganiladi, jarayonni ifodalovchi kattaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanish topiladi.

Hozirgi paytda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
avtomatlashtirish tizimlarining jihozlanishining turli darajada bo‘lishi bilan
ifodalanadi. Texnologik boshqarish ob’ektlari – agregatlar, qurilmalar, ishlab
chiqarish tizimlari va sexlari – markazlashgan avtomatlashtirish tizimlari bilan
borgan – sari ko‘proq jihozlanmoqda
Bu tizimlardan markaziy
boshqaruv pulti (MBP) ga ob’ekt to‘g‘risidagi barcha axborot chiqariladi.
Markazlashtirilgan tizimlardan ishlab chiqarishlarda foydalanish tajribasi quyidagi
ko‘rinishdagi bir qator kamchiliklarni aniqladi: avtomatlashtirish tizimining
ishlashi ishonchliligi MBP ida xatolarni tuzatish mumkin bo‘lmaganligi tufayli
pasaydi; MPB ni va aloqa liniyalarini texnik jihozlashga ketadigan xarajatlar oshdi,
bu MBP dagi barcha operativ axborotning to‘planishiga bog‘liq MBP da ta’mirlash
va profilaktik ishlarni bajarish kunu – tun ishlovchi uzluksiz TJ li korxonalar
uchun murakkablashdi.
Ko‘pchilik zamonaviy korxonalarni kiritish mumkin bo‘lgan murakkab
ob’ektlarni markazlashgan avtomatlashtirish tizimlari MBPga kelayotgan katta
hajmdagi axborotga ishlov berish va tahlil qilish uchun hisoblash texnikasi (HT)
vositalaridan foydalanish darajasiga qarab keng tarqalmoqda. BTO haqidagi
axborotning MBP da to‘planishi undan ob’ektni optimal boshqarishni amalga
oshirish uchun operativ foydalanishga imkon beradi, bu faqat texnologik qurilmaning unumdorligini va ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifatini oshirib hamda xomashyo isrofini kamaytiribgina qolmay, balki boshqaruvni yangicha tashkil etishni ham – texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni operativ hisoblashni, ayrim ishlab chiqarish agregatlarining va umuman korxonaning ishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.


Download 1.85 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

Download 1.85 Mb.