G‘alvirlarning ishchi yuzalari




Download 13.14 Mb.
bet7/90
Sana10.02.2024
Hajmi13.14 Mb.
#154290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)
Tarmoq administratorligi o’quv kursi kimlar uchun mo`ljallangan — копия, AKT, АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОМПЮТЕР ЁРДАМИДА ДАСТУРЛАШ СОҲАСИДАГИ, 12 - маъруза, 13 - маъруза, Ma\'lumotnoma, 713, Maruza matni 3, Biznes hujjatlarini

G‘alvirlarning ishchi yuzalari


G‘alvirlarning ishchi yuzalari ularning konstruksiyalari ishlash sharoitiga boglik. Ishchi yuzalari sifatida panjaralari, varaqsimon g‘alvirlar, tukima elaklardan foydalaniladi.

  1. Panjaralar yirik va ba’zida urta g‘alvirlash jarayonlarida kullaniladi. Panjaralar sterjenlar va kolosniklardan yigiladi.

  2. Varaqsimon g‘alvirlar urta g‘alvirlash jarayonlarida ishlatiladi. Ular po‘latdan yasaladi va listlarga xar xil shakllar bilan shtamplanadi. Listning kalinligi 4-6mm bo‘lib shtamplangan shakllarning ulchami 10 mm buladi. SHtamplangan shakllari 30-60 mmlik listlar uchun kalinligi 8-10 mm bulishi kerak. Oxirgi vaktlarda rezinali varaqsimon g‘alvirlar ishlatilmoqda. Ular yiyilishga chidamli va shovkinni kamaytiradi.

  3. Metall sim tolalaridan to‘qilgan g‘alvirlar. Ular mayda g‘alvirlash jarayonlarida kullaniladi. Metall sim tolalari po‘lat, latun, mis, bronza va boshqa xil metallardan yasaladi.

  4. Tajribada katta bo‘laklarni maydalaridan tuligicha (100%gacha) ajratib bulmaydi. Elakdan utmay kolgan xom ashyoda kisman bulsada mayda maxsulotlar qoladi. Katta bo‘laklarni kichiklaridan ajralganini son buyicha aniqlash uchun g‘alvirlash samaradorligi aniqlanadi. G‘alvirlashning asosiy ko‘rsatkichlari – ish unumdorligi va samaradorlikdir. Bu ko‘rsatkichlar doimo bir-biri bilan boglik buladi. Odatda g‘alvirlashning ish unumdorligi g‘alvirning kengligiga, samaradorligi esa uning uzunligiga boglik.

G‘alvirlash jarayonlariga ta’sir kiladigan omillar:

  1. Materialning namligi yukori bo‘lganda maxsulot tukimalar orasiga tiqilib qoladi va materiallarning yopishkokligi ortadi. Odatda materialning namligi 10-12%dan yukori bo‘lganda bunday xol yuz beradi. SHunda g‘alvirlashning samaradorligi birdaniga pasayadi. Bunday xollarda g‘alvirlash suvli muxitda utkaziladi.

  2. Donador xomashyoning geometrik shakli g‘alvirlashga ko‘p rok ta’sir kursatadi. G‘alvirlashda eng yaxshisi aylanasimon shaklli xomashyolar xisoblanadi. Kub va ko‘p tomonli geometrik shakldagi xomashyo urtacha uzunrok va yassi shakldagi xomashyolar esa g‘alvirlashni kiyinlashtiradi.

  3. G‘alvirning ishchi yuzasining kiyalik burchagi ortishi tukimalar orasidagi ulchamni kamaytiradi va materialning xarakat tezligi ortishi natijasida maxsulotning elanmasdan utishi yuzaga keladi. SHuning uchun kiyalik burchagi eksperimentlar utkazishlar natijasida belgilanadi.



Download 13.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Download 13.14 Mb.