Rasm 56. Magnit maydoni-ni xosil bulish sxemasi




Download 13,14 Mb.
bet78/90
Sana10.02.2024
Hajmi13,14 Mb.
#154290
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
Bog'liq
Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

Rasm 56. Magnit maydoni-ni xosil bulish sxemasi:
a) – bir tekis maydon; b va v – notekis maydonlar


Rasm 57. Turli ta’sirlanuvchi moddalardagi magnit maydoni kuchlanish chiziklari: a) diamagnit modda; b) paramagnit modda

Diomagnetizm xamma moddalarning atom va molekulalariga xos.Tashqi magnit maydoni ular manfiy qutblanadilar. Bunday moddalarga, oltin, kumush, rux, simob, qo‘rg‘oshin, surma, uglevodorod va boshqalar misol bo‘ladi. Diomagnit maydonlarda manfiy magnitlanish uncha kuchli emas xamda magnit o‘zgaruvchanligi xarorat va maydonining kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmaydi.


YUqorida aytib o‘tilganidek, ba’zi-bir elementlarda ichki orbitalar elektronlar bilan to‘lgan emas. Tashqi magnit maydoni bo‘lmaganda, issiqlik ta’siridagi harakat momentlari tartibsiz yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘zlarini diomagnetiklarday tutadi.
Ammo kuchli magnit maydonida ularning atom momentlari ma’lum tartibda maydon bo‘yicha bir yo‘nalishga ega bo‘lib, magnitlanadilar. Bunday moddalar paramagnetiklar deb ataladi va ular magnit maydoniga tortiladilar.
Bu moddalar musbat ishora bilan magnitlanadilar, diomagnitiklardan faqli o‘laroq, ularning magnitlanuvchanligi xaroratga bog‘liq bo‘ladi. Bularga kaliy, natriy, magniy, alyuminiy, qalay, platina, kislorod va boshqalar misol bo‘ladi.
YAna bir guruh elementlar borki, ularni ferromagnitlar deb ataladi. Ularning atom ko‘rinishi paramagnitlarga o‘xshash. Ularda sipin momentlari muvozanatlashmaganligi sababli, kuchsiz magnit momentini xosil qiladi.
Ularning paramagnitlardan farqi shundaki, ba’zi bir atomlar orasida issiqlik xarakati xisobiga sodir bo‘ladigan tartibsizlikka qarshi kuchlar mavjud.Bu kuchlar ta’sirida qo‘shni atomlar magnit momentlari bir –biriga nisbatan parallel yo‘nalgan bo‘lib, elementlar xajmini tashkil qiladi va to‘yinguncha birdaniga magnitlanadi. Bunday atomlar to‘plami domen deb ataladi. Domen magnit momenti, aloxida atom magnit momentidan o‘rtacha 1015 marotaba kattadir.
Tashqiy magnit maydoni ta’sirida ferromagnit jismlar kuchli magnitlanuvchanlikka ega xamda tashqi maydon olib tashlanganda ham ularda magnitlanganlik xususiyati qisman saqlanib qoladi.
Paramagnitlarning magnit singdiruvchanligi ( magnitlanuvchanligi) tashqi magnit maydoni kuchlanganligiga to‘g‘ri propatsional, diomagnitlar uchun teskari propatsional, ferromagnitlar uchun eksponensial ko‘rinishda bo‘ladi.



Bunday moddalardan magnitlanganlikni olib tashlash uchun qarama-qarshi yo‘nalishda magnit maydoni xosil qilish kerak. Magnit induksiyasini (V) nolga tenglashtirish uchun kerak bo‘lgan magnit maydoni kuchlanganligini koersit kuchi deb ataladi.


Koersit kuchining qiymati 0.002-2.0 a/sm gacha (qattiq magnitli moddalar uchun) atomda bo‘ladi.
Ferromagnitlarning asosiy namoyondalari 4ta Fe, Ni, Co va Gd (gadoliniy); 55 element paromagnit xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan 32tasi kimyoviy birikmalarda ham paramagnitik xossasini saqlab qoladi. 16tasi esa sof xolda paramagnit, birikma xolda-diomagnit : Li, O, Na, Mg, Al, Ca, Ga, Sr, Zr, Nb, Sn, Ba, La, Lu, Hf, Th.
Mineral zarrachalarini magnit maydonida bir-biridan ajiratish nuqtai nazaridan ularni quydagicha tasniflash qabul qilingan. Bu zarrachalarning magnit singdiruvchanlik xossasiga ( )ga asoslangan.
1. Kuchli magnitlanuvchilar:


x10-5 m3 /kg

bularga Fe, Fe3O4, Fe2O3, FeS, FeS2, Fe( Ti)3O4 kiradi.


Bunday moddalarni kuchlanganligi 70-120 kA/ m bo‘lgan magnit maydonida ajiratib olsa ham bo‘ladi.
2. Kuchsiz magnitlanuvchilar:


= 7.5 x 10-6 – 1.26 x 10-7 m3/kg

bularga temir va marganetsni oksidlari, gidroksidlari, karbonatlari hamda ilmenit, volframit, biotit va boshqalar.


Bunday moddalarni kuchlanganligini 480-1600 ka/m bo‘lgan magnit maydonida ajiratib olinadi.
3. Magnitlanmaydiganlar:


1.26 x 10-7 m3 / kg

bularga kvars, dala shpatlari, sirkon, rutil va boshqalar kiradi.


Magnit maydonida minerallarini saralashning asosiy sharoitlaridan biri magnit kuchining zarracha og‘irlik kuchiga nisbati xisoblanadi. Masalan: magnetit va gematit og‘irlik kuchiga nisbatan solenoidga 15.8-0.006 marta kuchliroq tortiladi, kvars esa og‘irlik kuchiga nisbatan 0.0001 marta kuchliroq maydondan itariladi.
Kuchli magnitli zarrachalarning magnitga tortilish kuchi hamma mexaniq kuchlarga yig‘indisidan katta. Kuchsiz magnitli zarrachalar uchun esa buni teskarisi. Minerallarni samarali ajiralishi uchun ularning magnit singdiruvchanlik (magnitlanuvchanligi)lari nisbati = 1.6-2.4 atrofida bo‘lishi kerak.
Magnit maydonida boyitishning uch xil usuli bor:
-xavoli yoki suvli muxitda, xar xil magnit xossalariga ega bo‘lgan minerallar oqimini doimiy yoki o‘zgaruvchan magnit maydonida turli troektoriya bilan xarakatlanishlari xisobiga saralash;
-kuchli induksion magnit maydonida yuqori gradientli saralash;
-kibernetik qurilmalar yordamida yirik materiallarni saralash;

Download 13,14 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Download 13,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 56. Magnit maydoni-ni xosil bulish sxemasi

Download 13,14 Mb.