|
Rasm 62. Tasmali radiometrik saralagich sxemasi
|
bet | 83/90 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 13,14 Mb. | | #154290 |
Bog'liq Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)Rasm 62. Tasmali radiometrik saralagich sxemasi.
1- lentali konveyr; 2- datchik; 3- ekran; 4 – shiber; 5 - elektromagnit; 6 –radiometr
Rasm 63. Titrama radiometrik saralagich sxemasi:
1-titrama konveyr; 2-datchik; 3-ekran; 4-ajratish qurilmasi;
5-rama; 6-titramani so‘ndirgich; 7-prujina; 8-titratgich
6. Gamma nurlari bilan faolantirilganda hosil bo‘lgan radioizotoplar miqdarini o‘lcha uchun qo‘llaniladi. Bu usul bilan oltin rudalari boyitiladi.
7. Gamma nurini yuttirish usuli (gamma absorbsiyasi). Minerallarning gamma yoki rentgen nurlarini yutish qobiliyatlarini farqini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Bu usul ko‘mir va temir minerallarin ajratib olish uchun ishlatiladi.
8. Neytron yuttirish usuli (neytron absorbsiyasi). Minerallardagi kimyoviy elementlar yadrosida neytronlarni ushlab qolish hisobiga neytronlar oqimini kamaytirish farqini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Bu usul bor va koalin minerallarini ajratish uchun ishlatiladi.
8. Radiometrik saralagichlar quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: konveyer, nurlanish manbai, elektron sistema (radiometr), saralovchi mexanizm.
Rudalarni saralashdan oldin ular o‘lchamlari bo‘yicha (+150; -150+75; -75+50; -50+25; -25) tasniflanadi. Har bir guruh, alohida saralash jarayoniiga yuboriladi.
Oltinni sianirlash
Bu usul oltinni sianidli eritmalardan ajratib olishdan iborat.
Erish jarayoni ishqoriy muxitda oxak qo‘shib (rN 11-12) olib boriladi. Sianirlash oltin ajratib olishda keng qo‘llanilib, bunda natriysianid, kalsiysianid va ba’zida kalsiy sianid ishlatiladi. Sianirlash natijalari oltin rudasini tarkibi va xarakteriga bog‘liq. Sirti toza bo‘lgan oltin minerallari sianid tuzlarida yaxshi eriydi. Rudani mineral tarkibi asosiy faktorlardan biri bo‘lib, sianirlanish effekti uning tarkibidagi mis, temir, surma va mishyak minerallari, grafit va ko‘mirli slanetslarni ishtirokiga bog‘liq. Sianirlanish jarayoni uzoq davom etadigan jarayon xisoblanib (24-30 soat) undagi oltinni xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
|
| |