Nsbcom mavzu: Windows da ishchi stolini sozlash




Download 28.26 Kb.
Sana31.12.2019
Hajmi28.26 Kb.
NSBCOM Mavzu: Windows da ishchi stolini sozlash. Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi). Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan malumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq. Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi. Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin: – papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari); – hujjat va dastur fayllari;
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar. Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi. Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi: Moy kompyuter (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (yani, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin. Moy Kompyuterdagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalenniy dostup k seti). Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi. Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan. Korzina (Savat). Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, yani kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) taminlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Portfeldan foydalanishingiz mumkin. Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning xabarlar tizimidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini taminlashi mumkin. Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim papkalarining bo`lishi shart. Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: – tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas; – Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin); – bazi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud. Masalalar paneli Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni taminlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) - xalq. [[Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), jumladan, [[Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln.
Masalalar panelini faollashtirish Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin: 1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish; 2) Ctrl Esc tugmalar kombinatsiyasini, yani avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish; 3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish. Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin: • Shift F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin; • tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin. Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz. Windows menylari Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi meny bilan ishlashi mumkin: – OS ning asosiy menysi; – barcha obyektlarning kontekst menylari; – dastur menylari; – dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi menysi. Meny - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir. Meny bandlari orasida buyrug`lardan tashqari qism menyga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan meny bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menysi misolida ko`rishimiz mumkin. Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir. Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda ochiluvchi menydir. Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar: – agar meny bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi; – agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism meny ochiladi; – agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi; – agar meny bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi; – meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin; – agar meny bandi oldida qalin nuqta () yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi. Asosiy meny (Start menu) Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy menysi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy malumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Asosiy menyning yuqori qismidagi bo`limidan (rasmdagi Otkrit dokument Microsoft Office, Sozdat dokument Microsoft Office, Yarlik dlya Hypertrm) tashqari barcha bandlari standartdir. NSBCOM

Download 28.26 Kb.




Download 28.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nsbcom mavzu: Windows da ishchi stolini sozlash

Download 28.26 Kb.