• Rostlashning statik qonuni (P-rostlash proporsional)
  • Proporsional-differinsial rostlagichlar




    Download 210.35 Kb.
    bet4/4
    Sana28.10.2022
    Hajmi210.35 Kb.
    #28431
    1   2   3   4
    Bog'liq
    avtomatika1
    Yo’nalishga kirishish 7, KIMYOVIY MUVOZANATNING SILJISHI, Mavzu, sabo2, 6-tajriba, 1-Maruza, металларга босим остида ишлоу бериш, Joba KOMPYUTER SISTEMALARI, 3 mustaqil ish I (3), 1-курсларга Оз бетинше жумыслар (2), 12-mustaqil ish, 5-o\'z betinshe 1a EE Djanabayev Diyorbek, sultan (2), Bеta-yemirilish turlari
    9.5. Proporsional-differinsial rostlagichlar
  • Agar rostlash ob’ektida yuklanishning o`zgarishi tez va keskin shuningdek, kechiqish katta bulsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo`ladi. Rostlash jarayenini parametrning o`zgarish tezligiga bog’liq bo`lgan qo`shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechiqishi sezilarli bo`lgan ob’ektlarda texnologik jarayenlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maksadga muvofikdir.
  • Agar differinsial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo`shilsa to`gri (avvaldan ta’sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta’sir bo`ladi. Тo`gri avvaldan ta’sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo`ljallangan (9.3-rasm).
  • Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno (rostlanuvchi drossel II va sigim III) orqali usha elementning V kamerasiga berilayetgan ta’minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yeki nolga yaqin bulsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish signali Rkir kuzatiladi. Agar bosim o`zgara boshlasa, masalan, o`zgarmas tezlikda ortsa, u holda B kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yigindisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo`ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi S1 soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo`ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o`zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog’liq. Тaqqoslash elementi IVdan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashqil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichning xatosini yo`qotishga xizmat qiladi. Uchirish relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo`ljallangan. Buyruq bosimi Rk=0 bo`lganda S2 soplo yopiq bo`lib, B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o`tadi. Rostlagichni uchirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi Rk berilib, bunda S2 soplo ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o`zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo`ladi. Avvaldan ta’sirni 0,05 ... 10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.
  • D
    • Bu yerda birinchi qo`shiluvchi F1(x) chetga chiqishlar bo`yicha rostlashga, F2(g), F3(t) kattaliklari tashqi ta’sirlar bo`yicha rostlashga mos keladi.
    • Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash protsessi davomida ob’ektga uzluksiz ta’sir ko`rsatib turadi.
    • Uzlukli (pozitsion) rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’ektga belgilangan vaqt oraliqlarida yoki rostlanuvchi kattalikning qiymati ma’lum bir qiymatga yetganda diskret ta’sir ko`rsatadi.
    • Rostlovchi organning surilishi uchun zarur bo`lgan energiya manbaiga muvofiq rostlagichlar rostlovchi organga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlar turlariga bo`linadi.
    • Bevosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur bo`ladigan energiya manbai ob’ektning o`zida mavjud bo`ladi. Bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur energiya tashqi manbadan olinadi. Bunday rostlagichlar tashqi manba energiyasining turiga qarab elektr, pnevmo, gidrorostlagichlar deyiladi.
    • Kirish signali rostlanuvchi ob’ektdan o`tish vaqtida deformatsiya va kechiqishga duch keladi. Chiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda bo`yicha kamayib, faza bo`yicha kechiqadi. Bu hodisalarni yo`qotish uchun rostlanuvchi ob’ekt avtomat rostlagich bilan ta’minlanadi. Avtomat rostlagich chiqish signali amplitudasini oshirib, faza bo`yicha ilgarilashini ta’minlaydi. O`tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’ekt va rostlagich tavsifnomalariga bog’liq.
    • Rostlagich sozlanishining o`zgarmas kattaliklarida bosh-qaruvchi yoki rostlovchi ta’sir va rostlanuvchi kattalik o`rtasidagi bog’lanish rostlash qonuni deyiladi.
    • Avtomatik rostlagichlar diskret impulsli yoki uzluksiz harakatli bo`ladi. Uzluksiz harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo`lgan PI, PD, PID qonunlari kiradi.
    • Avtomatlashtirish tizimlarida Rp, Rs-qonunlari keng qo`llaniladi.
    • a) Rostlashning statik qonuni (P-rostlash proporsional)Bu qonun rostlagichining chiqish qismidagi signal har doim uning kiish qismidagi signalga proporsional ravishda o`zgarishini ko`rsatadi.

    Download 210.35 Kb.
    1   2   3   4




    Download 210.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Proporsional-differinsial rostlagichlar

    Download 210.35 Kb.