Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/127
Sana02.07.2024
Hajmi1,74 Mb.
#266403
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127
Bog'liq
Dinshunoslik

 Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir. 
Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «xabar», «yangilik», «hikoya» demakdir. 
«Hadis» va «sunnat» so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, 
payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, 
fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi. 
Hadis Islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi esa 
islom olamida eng ulug‘ va mo‘tabar sanaladi. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi 
Qudisiy – ya’ni aytilgan hadisni ma’nosi Allohniki bo‘lib, aytilishi Muxammad 
(sav) dan bo‘lgan. Uni Alloh o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish 
orqali habar beradi. Payg‘ambar esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, 
deb sahobalariga yetkazganlar. 
Hadisi qudisiyning martabasi, o‘rni Qur’on bilan xadisi Nabaviy o‘rtasidadir. 2. 
Hadisi Nabaviy – bu Muhammad (sav) ning Qur’onga tayangan holda aytgan 
so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir. 
Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih – 
eng to‘g‘ri, ishonchli xadislar. Ular Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar 
tomonidan yetkazilganligi bilan qimmatli va e’tiborga loyiqdir. 2. Hasan – 
«go‘zal» hadislar, ya’ni hadisni yetkazgan kishilar o‘rtasida qqqandaydir uzilish 
ro‘y bergan holda yetkazilgan hadislardan iborat. 3. Zaif ya’ni ishonchsiz hadislar. 
Agar hadisni yetkazganlar orasida hurmatga va ishonchga loyiq bo‘lmagan 
odamlar kirib qolgan bo‘lsa, bunday hadislar «zaif», «ishonchsiz» deb 
hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat. Uning birinchi 
qismida ushbu hadisni yetkazgan kishilarning nomlari, bunda Muhammad (sav) 
ning hikmatli so‘zlari, ko‘rsatmalari va boshqalarni shaxsan eshitgan, ko‘rgan 
odamlarning nomigacha sanab ko‘rsatilgan. Ikkinchi qismda esa, hadisning 
umumiy mazmuni keltirilgan. 
Qur’onda barcha xuquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. 
Ularga aniqliy kiritish va izohlab tushuntirish uchun Muhammad (sav) o‘z 


101 
Xadislarini aytardi. Bu hadislarni payg‘ambarning safdoshlari, quvvai-xafizasi 
kuchli sahobalar yodda saqlashga harakat qilardi. Payg‘ambar hayotlik chog‘larida 
hadislarni jamlashga ruhsat bermagan, chunki sahobalarning Qur’onga xadislarni 
aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, ularni yozishdan qaytargan. Ul zot 
sahobalarga: «Mendan Qur’oni karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, 
agar kimki biror narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qilsin!», - der edi. 
Muhammad (sav) vafotidan so‘ng Qur’on va xadislarni yod olgan o‘tkir xofiza 
egasi bo‘lgan sahobalar soni tobora kamayib borayotganini, Payg‘ambar (sav) 
Xadislariga begona so‘z aralashib qolishi va unitilib ketishidan qo‘rqib va kelgusi 
avlodlar uchun qoldirish niyatida uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Boz 
ustiga xadislarni bilgan kishilar turli yurtlarga tarqalib ketgan edilar. VII asr 
o‘rtalaridan boshlab ularni topib, Xadislarni og‘izlaridan yozib olishga harakat 
qilingan. 
VIII asr boshlarida Umaviy xalifalardan Umar ibn Abdulaziz noiblariga 
Muhammad (sav) hadislarini jamlash haqida farmon berdi. Natijada ko‘plab 
ulamolar Hadislarni jamlab yozishga kirishib ketdilar. Abdumalik ibn Abdulaziz 
Jurayx, Ar-Rabi’ ibn Subayx kabi allomalar Birinchi Xadis kitoblarini yaratdilar. 
Ulardan so‘ng xadis ilmi yanada rivojlanib birin-ketin ko‘plab xadis to‘plamlari 
yuzaga keldi. O‘lkamizda quyida nomlari zikr etilgan zotlar: Imom ibn Muborak 
al-Marvaziy, Imom Isxoq al-Marvaziy, Imom ibn Kulayb ash-Shoshiy va 
boshqalar birinchi bo‘lib hadis to‘plamlarini tuzganlar. Biroq bu to‘plamlarda 
hadislar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo‘lib, ularda 
payg‘ambar hadislari sahobalar va tobeinlarning fatvolari bilan chalkashtirib 
yuborilgan edi. 
Keyingi xijriy III asr melodiy IX asr hadis ilmining «oltin asri» deb shuhrat 
qozongan. Chunki bu davrda hadislarni to‘plash davri o‘tib, endi ularni 
manbashunoslik va matnshunoslik ilmi qoidalariga muvofiq tahlil va tadqiq etish, 
ma’lum mazmun aosida tartib berishga kirishildi. Hadis to‘plash soxasida 
«Musnad», «Sahih» va «Sunan» deb nomlangan yo‘nalishlar vujudga keldi. Bu 
davrda keyingi asrlar, keyingi avlodlar uchun namuna bo‘ladigan ishonchlik hadis 
to‘plamlari yaratildi
26

«Musnad» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi asoslangan, dalillangan demakdir. U hadis 
to‘plamlarining ilk turi. «Musnad» to‘plamlarida hadislar ularni bir-biridan 
eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda, ya’ni har bir hadis uni habar qilgan 
shaxsning ismi bilan bog‘langan tarzda joylashtirilgan. Bundan tashqari bunday 
to‘plamlar turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilishi bilan ham ajralib turadi. 
26
Qarang. M.Imomnazarov, M.Eshmuhamedova. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. Toshkent islom universiteti, 
Toshkent – 2001. 134-bet. 


102 
«Musnad» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlariga Abdulloh ibn Muso va Imom Ahmad 
ibn Xanbalning hadis to‘plamlarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 
«Sahih» - arabcha so‘z bo‘lib ishonchli, to‘g‘ri demakdir. Eng ishonchli deb 
hisoblangan hadis nomi. Sahih yo‘nalishiga buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy 
asos solgan. 
Sahix xadis deb: uni birinchi rivoyat qiluvchisidan to oxirgi muxaddisga qadar 
o‘rtada uzilib qolmagan, rivoyat qiluvchilarning biror tabaqasida (zanjirida) 
roviyning ma’naviy va jismoniy nuqsoni bo‘lmagan (kar, soqov, duduq, aqli 
zaiflik, yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan), barcha xadis rivoyat 
qiluvchilarning ishonchliligi elga mashxur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga 
aytiladi
27
. Imom al-Buxoriy va Imom ibn Muslimning hadis to‘plamlari sahix –
ishonarli deb sanaladi. 
«Sunan» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlaridagi hadislarning hammasi ham sahix-
ishonchli, to‘g‘ri bo‘lmay, ularda zaif hadislar ham mavjud. Bu yo‘nalishdagi 
hadislarga Abu Dovud, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy va ibn Mojaning hadis 
to‘plamlari kiradi. 
Shunday qilib, Islom tarixida hadislarning tan olingan 6 ta to‘plami vujudga 
kelgan. Bulardan, ayniqsa 2 tasi – «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko‘p 
e’zozlanadi. Imom ibn Moja, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an-
Nasoiylarning hadislar to‘plami qolgan 4 hadis to‘plamini tashkil etadi. Islom
dunyosida tan olingan va hurmatga sazovor 6 ta muhaddisdan 2 tasi bizning 
yurtimizdan chiqqandir. 
Yuqorida nomlari zikr etilgan 6ta muhaddis o‘zlarining barakali ijod va xizmatlari 
bilan payg‘ambar va sahobalar nomidan turli maqsadlarni ko‘zlagan holda sohta 
hadislar to‘qishga uringan va urinmoqchi bo‘lgan kishilar yo‘lini to‘sgan va 
bunday hatti-harakatlarga g‘ov soldilar. Shu boisdan ham keyingi davr ulamolari 
mazkur ustoz va shogirdlar asri – xijriy III asr, milodiy IX asrni hadislarni to‘plash 
va tadqiq etish borasida «oltin asr» deb hisoblaydilar. 
Ulardan keyin yashagan va xadis ilmi bilan shug‘ullangan ulamolarning hammasi 
yuqorida qayd etilgan ulug‘ va mo‘tabar muhaddislar qizigan ariqdan suv ichgan 
va qozonidan taom yeganlar. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish