|
«OCHIQ AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT-PSIXOLOGIKBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.«OCHIQ AXBOROT TIZIMLARIDA AXBOROT-PSIXOLOGIK
XAVFSIZLIK» KURSINING DASTURI
1-mavzu. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI,
ASOSIY TUSHUNCHALARI (2 soat)
Muammoning dolzarbligi. Ommaviy ravishdagi axborot ta’siri sharoitida
axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning zarurligi. O’zbekiston aholisida ochiq
axborot tizimlari sharoitida axborot bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Axborot-
psixologik xavfsizlik fan va ijtimoiy amaliyotning muhim yo’nalishi sifatida. Fanni
kontseptual, metodologik va metodik jihatlardan o’rganish ehtiyoji. Axborot-psixologik
xavfsizlikni
ta’minlashga
ilmiy
yondashish:
uzluksizlik,
sobitqadamlik,
rejalashtirilganlik, aniqlik, ishonchlilik, hammaboplik, salohiyatlilik.
Fanning maqsadi – O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlarining bir qator gumanitar
mutaxassisliklari talabalarini ochiq axborot tizimlari bilan ishlash jarayonida axborot-
psixologik xavfsizlikni ta’minlashga o’rgatish.
Fanning vazifalari:
-
axborot asri, axborotning globallashuvi, raqamli tengsizlik mazmuni va
xususiyatlarini anglab etish;
-
axborot bobida qarshi turish, «tamaddunlar (tsivilizatsiyalar) to’qnashuvi” va
axborot-psixologik urush mohiyatini tushunish;
-
O’zbekistonning milliy va axborot tizimlari hamda o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganish;
-
O’zbekistonda davlat, jamiyat va shaxsga axborot-psixologik ta’sir
ko’rsatilishi jarayonida ularning tutgan mavqelarini tadqiq etish;
-
mamlakat axolisi axborot-psixologik xavfsizligining omili bo’lmish
O’zbekiston milliy mustaqillik mafkurasining mohiyatiga etish;
-
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish kontseptsiyasini va uning mamlakat axborot-psixologik xavfsizligini
ta’minlashdagi rolini tushunib etish.
|
| |