|
Ochiq dars ishlanmasi ms excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash
|
bet | 1/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #133166 |
Bog'liq ms-excelda-matematik-funksiyalar
Samarqand viloyati Payariq tuman XTBga qarashli
18-maktab informatika fani o`qituvchisi
Tursunova Diloraning
MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash mavzusiga
OCHIQ DARS ISHLANMASI
MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash
O`tilgan mavzuni takrorlash.
- Katakchaga kiritish mumkin bo'lgan ma'lumotlar turini so'zlab bering.
2. Katakcha adresi deganda nima tushuniladi?
3. Katakchadagi ma'lumotlarni tahrirlashni bajarish ketma-ketligini tushuntiring.
4. Katakchadagi ma’lumotlarni o`chirish ketma-ketligini tushuntiring.
5.Excel elektron jadvalidagi son, formula va matn deganda nima tushuniladi?
6. Excel elektron jadvalida katakchadagi matnlar satrlarga qanday ajratildai
1–misol. Karra jadvalini hosil qiling - Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlarni bajaramiz:
- B2:H2 blokidagi katakchalarni piktogrammasi yordamida birlashtiramiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz;
- D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni) kiritamiz;
- C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3”ni yozib F4 klavishani bosamiz;
- D4 katakchaga “*” belgisini, E4 katakchaga 1 sonini, F6 katakchaga “=” belgisini kiritamiz;
- G4 katakchaga “=C4*E4” formulani kiritamiz;
- C4:G4 blokini belgilab, blokning o‘ng quyi burchagidagi ■ belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo‘yicha pastga tortib nusxalaymiz;
- Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaymiz.
. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.
Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:
•har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o‘z nomiga ega;
•funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro‘yxati yoziladi.
|
| |