|
Ochiq kon ishlari atamalari
|
Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 12,75 Kb. | | #254827 |
Bog'liq Ochiq kon ishlari atamalari
Ochiq kon ishlari atamalari
Ochiq kon ishlari - ochiq kon lahimlari (transheya yoki yarimtransheya)da bevosita yer yuzida turib bajariladigan kon ishlari.
Karyer-foydali qazilmani ochiq usulda qazib oladigan konchilik korxonasi.
Razrez-k o ‘mir konlarini ochiq usulda qazib oladigan konchilik korxonasi yoki ko‘mir konlarini ochiq usulda qazib oladigan karyer.
Qoplama jinslar-foydali qazilma yotqizig'i ustini, ayrim hollarda esa atrofini o‘rab olgan kon jinslari. Bu kon jinslarini “ochish” jinslari deb ham yuritiladi.
Ochish koeffitsiyenti-bir birlikdagi foydali qazilmani qazib olish uchun qancha birlikdagi qoplama jinslarni qazib olish kerakligini ifodalovchi ko‘rsatkich. Bu koeffitsiyentning joriy, or‘tacha, rejadagi, chegaraviy va boshqa ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, m3/m3, m3/t, t/t, birliklarda ifodalanadi.
Karyer m aydoni-bitta karyer bilan qazib olishga m oijallangan foydali qazilma koni yoki ajratilgan uning bir qismi (uchastkasi).
Karyer yonbag‘iri (borti)-karyer yon tomonlarini chegaralovchi pog‘onasimon shartli qiya tekislik.
Karyer borti qiyaligi-karyerning usti va ostki konturlarini birlashtiruvchi shartli tekislik.
Karyer borti qiyalik burchagi - karyer borti qiyaligini ifodalovchi shartli tekslik bilan gorizontal teksilik o ‘rtasida hosil bo‘ladigan burchak.
Kapital transheyalar- karyer maydoni va dastlabki ishchi gorizontlarni ochishga m o‘ljallangan qiya ochiq kon lahimi.
Kesuvchi transheyalar-kapital transheyalar bilan ochilgan gorizontlarni qazib olishga tayyorlashga, ya’ni pog'onalarda ish frontini hosil qilishga m oijallangan gorizontal ochiq kon lahimi.
Pog‘ona - pog‘ona ko‘rinishiga ega bo'lgan kon jinslari qatlami bo‘lib, karyerning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
Pog‘ona balandligi-pog‘onaning ustki va ostki maydonlari o‘rtasidagi vertikal masofa. Portlatish skvajinalari-ichiga portlovchi modda joylashtiriladigan, silindr shakliga ega bo‘lgan kon lahimlari.
Kon jinslarining burg‘ilanuvchanligi - burg‘ilash uskunasi ta’sirida jinslarning buzilish (maydalanish) xususiyati.
Nogabarit bo‘laklar-portlatilgan kon massasi uyumidagi o ‘lchamlari qazib yuklash va transport vositalari parametrlariga (ekskavator cho‘michi o ‘lchamlari, avtotransport va tem iryo‘l vagonlari o ‘lchamlariga) to ‘g ‘ri kelmaydigan jins bo‘laklari.
Ikkilamchi maydalash-nogabarit bo‘laklarni portlatish, gidravlik, mexanik va boshqa usullarda qayta maydalash.
Kirma (zaxodka) -qazib yuklash uskunasinijoylashtirish uchun qazish frontiga perpendikular yo‘nalishda hosil qilingan pog'ona elementi, uning kengligi qazish kavjoyiga teng bo‘lib o ‘lchamlari qazib - yuklash mashinasi parametrlari bo'yicha belgilanadi.
Qisqa kechiktirilgan portlatish-ko‘p qatorli skvajinalarni portlatishda oldingi qatordan keyingi qatorga joylashgan skvajinalarni soniyaning mingdan 5-250 ulushiga kechiktirib portlatish usuli.
Ag‘darm a-foydali qazilm a yotqizig‘i ustidagi (o‘ta qiya joylashgan yotqiziqlar ostidagi) jinslarni qazib, ularni maxsus ajratilgan maydonlarga joylashtirishdan hosil bo'lgan va kesik piramida shaklidagi jinslar uyumi.
Suriluvchi syezd-karyer ichiga. ishchi bortiga joylashtirilganda qazish ishlari natijasida ishchi bortning surilishi bilan birga surilib borishi. ochiq kon lahimi.
Kapital transheya trassasi - makon bo‘yicha kapital transheya bo‘ylama o‘qining joylanishi, ya’ni transheya o ‘qi bo‘yicha yo‘lning vertikal tekslikdagi proyeksiyasi.
Ochiq usulda kon qazish tizim lari - muayyan sharoitda kon - kapital, kon - tayyorlov, ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlarini bajarishning m a’lum tartibi.
Pog‘ona ish fronti - pog‘ona uzunligi bo‘yicha kon qazish ishlarini olib borishga tayyorlangan pog‘ona qismi.
Karyer ish fronti - qoplama jins va foydali qazilma pog‘onalari ish frontlarining yig‘indisi.
Karyer ish zonasi— ochish va foydali qazilmani bevosita qazib olish ishlari bajariladigan zona.
Karyer yuk aylanm asi- vaqt birligi (soat,smena va h.k.) ichida tashiladigan yuk miqdori.
Yuk potoki-vaqt bo‘yicha turg‘un tashish tavsifi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan yuk aylanmasi (yoki uning bir qismi) yuk potoki deyiladi.
Vagon tara koeffitsiyenti-Vagonning yuksiz og‘irligini yuk ko‘tarish qobiliyatiga nisbati. Hashish kuchi-lokom otivning harakatlanuvchi o ‘qiga tushadigan og‘ irligi.
Transport ag‘darm a ko‘prigi-qoplam a jinslarni karyer cho‘ziqligiga perpendikulyar yo‘nalishda ichki ag‘darmaga tashishda qo‘llanadigan tasmali transport vositasi.
Bosh ko‘tarilish uchastkasi-tem ir yo‘l (avtomobil yo‘li trassasidagi eng katta ko‘tarilish (tushish) uchastkasi.
Portlovchi modda zaryadi-m a’lum hajmdagi kon massasini portlatib maydalash uchun skvajinaga (yoki boshqa ko‘rinishdagi portlatish lahim iga)joylashtiriladigan portlovchi modda miqdori.
Ortiqcha burg‘ilash (perebur)-pog'ona ishchi maydonining tekis bo‘lishini ta’minlash maqsadida skvajinani pog‘ona balandligiga qo‘shimcha (2-3 m) ortiqcha burg‘ilash.
|
| |