|
????Og'irligi 27 tonnani tashkil etdi
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 26 Kb. | | #236795 |
Bog'liq Kompyuterlar yaratilish tarixi 19 asrlarga borib taqaladi
Kompyuterlar yaratilish tarixi 19 asrlarga borib taqaladi. Birinchi kompyuterlar kalkulyatorlarga turli xil amallarni qo'shish orqali yaratila boshlangan.
Dastlabki kompyuter 1834-yilda yaratilgan, unda: yog‘ochdan ishlangan «diskovod», kartonli perfokartalar, tishli va richagli «protsessor» mavjud bo'lgan.
Olimlar turli xil mexanik qurilmalar yaratib ularga turli qo'shimchalar qo'shish orqali bu jarayon rivojlanib, dastlabki kompyuterlar yaratila boshlangan.
1943 yilga kelib AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari tomonidan ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) – keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratilgan. Bu qurilma juda ulkan bo'lib, ko'plab turli hil simlardan iborat bo'lgan va bu birinchi kompyuter dab atalib, uning hususiyatlari quyidagicha bo'lgan:
🔹Og'irligi 27 tonnani tashkil etdi;
🔹Quvvat - 174 kVt ;
🔹Uning tarkibida 18000 vakuumli naycha bor edi, chunki o'sha paytda tranzistorlar yoki protsessorlar bo'lmagan;
🔹Xotira - 4 kilobayt;
🔹Uning kattaligi juda ta'sirli edi - 135 kv.m.
🔹Bir soniyada 5000 ta harakatni amalga oshira olgan.
Tadqiqotlar yanada rivojlanib kompyuterlar hajmi kichrayib bajaradigan vazifalari oshib boraverdi. Kompyuterlarga mikroprotsessorning kiritilishi kompyuterni qurish jarayonini tezlashtirdi va IBM o'zining birinchi kompyuterini 1974 yilda yaratishga urindi, lekin bu qimmat hisoblangan va sotuvlar juda past bo'lgan va muvaffaqiyatsizlikga uchrashgan.
|
| |