Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari




Download 34,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.11.2023
Hajmi34,14 Kb.
#99645
Bog'liq
01.11.2023 - 03.11.2023 (1)



Oksidlanish-
qaytarilish
reaksiyalari
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari —
elektronlarning atomlardan atomlarga
butunlay yoki qisman oʻtishi bilan bogʻliq
kimyoviy reaksiyalar. Elektronlar
chiqarilishi oksidlanish, elektronlar
biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. O.-
q.r. atamalari dastlab metall
oksidlarining hosil boʻlish va parchalanish


reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu+’/2O2=CuO
metallarning oksidlanishiga,
CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan
metall hosil boʻlishi (qaytarilishi)ga misol
boʻladi.
Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida
elektron biriktirib oladigan moddalar
oksidlovchilar,elektron beradigan
moddalar esa qaytaruvchilar deb
ataladi.Oksidlovchi reaksiya vaqtida
oksidlanadigan moddadan elektronni
tortib olib,oʻzi qaytariladi,qaytaruvchi esa
elektronlar yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har
qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla
olmaydi, chunki kimyoviy reaksiyada
atomlar oksidlanish dara-jasi (p)ning


yigʻindisi doimiydir. N2+S12=2NS1
reaksiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha
oʻzgaradi, binobarin, vodorod (N)
oksidlanadi; p(S1) 0 dan — 1 gacha
oʻzgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi.
O.-q. jarayoni keng tarqalgan kimyoviy
reaksiyalar jumlasiga kiradi, uning
tabiatda va texnikada ahamiyati katta.
Barcha turdagi yoqilgʻilarning yonishi, turli
metallarning rudalardan ajratib olinishi O.-
q.r. jarayoniga asoslangan. Metallarning
korroziyaga uchrashi, koʻpgina muhim
kimyoviy mahsulotlarning hosil boʻlishi
ularning oksidlanishi tufaylidir. Elektr-
kimyo sanoati O.-q.r.ga asoslangan. Mis,
nikel, oltin, rux va boshqa eritmalardan


elektrolitik qaytarilish yoʻli bilan olinadi
yoki tozalanadi. Kimyoviy tok manbalari
— akkumulyatorlar va galvanik elementlar
O.-q.r. tufayli ishlaydi va h.k.
Quvonchbek Turkmanov.. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar

Download 34,14 Kb.




Download 34,14 Kb.
Pdf ko'rish