• Oraliq o’lchash o‘zgartkichi
  • Chiqish signallari bir xillashtirilgan o’lchash o‘zgartkichlari
  • O‘lchash o’zgartirishlari va o’zgartkichlar texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: «Nima, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?»




    Download 347.43 Kb.
    bet2/4
    Sana01.03.2022
    Hajmi347.43 Kb.
    #18264
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-AMALIY MASHG\'ULOT
    1. TJICHA asosiy atama va tushunchalar, 3. TJICHA turg\'unlik, 1- AMALIY MASHG\'ULOT, 1, 2. TJICHHA avtomatik rostlash tizimlari, 2-AMALIY MASHG\'ULOT, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik , Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning ahamiyati, Axborot va kodlash mustaqil ish 2, Kurs ishi Sardor Muzaffarov, Axborot va kodlash mustaqil ish 4, АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ 5
    Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi — o’lchash o'zgartkichi ishining birinchi bosqichi b o’lib , unda o’lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi o’lchash o‘zgartkichi yordamida o’lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o’lchash asbobiga uzatilishi mumkin.
    Oraliq o’lchash o‘zgartkichi — o’lchashzanjirida birlamchi o‘zgartkichdan keyingi o‘rinni egallagan o’lchash o‘zgartkichi b o’lib , o’lchanayotgan fizik kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo’ljallangan o‘zgartkichdir.
    Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash axboroti signallarini masofadan turib uzatish uchun mo’ljallangan o‘zgartkichdir.
    Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi — kattalikni berilgan marta o’lchash uchun mo’ljallangan o‘zgartkich.
    Istagan vazifani bajaruvchi o’lchash o‘zgartkichi o’lchash asbobi bilan konstruktiv birlashtirilgan bo’lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. O’lchash obyektiga o‘rnatilgan va o’lch am lari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o’lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan. Chiqish signalining turiga qarab, birxillashtirilgan, tabiiy yoki diskret (kontaktli) signallar farq qilinadi.
    Chiqish signallari bir xillashtirilgan o’lchash o‘zgartkichlari chiqishda o’lchanayotgan fizik kattalikning turiga b o g iiq b o’lm ag an holda maxsus qurilmalar yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat andozalarida ko‘zda tutilgan).
    Chiqish signallari tabiiy bo‘lgan o’lchash o‘zgartkichlari shunday qurilmalarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo’l bilan shakllanadi, ya’ni o’lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va samarali yo’l qo’llaniladi. O’lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga qaramay, tabiiy chiqish signallarining turlari, odatda, o‘nta bilan chegaralanadi: siljish, burilish burchagi, kuchlanishi, vaqt oraligi, o‘zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks qarshilik, elektr sigim , chastota (takroriylik). Ba’zi hollarda tabiiy signalli o’lchash o'zgartkichlarining asosan lokal nazorat qurilmalarida va uncha murakkab bo’lmagan obyektlarni avtomatlashtirishda qo’llanishi iqtisodiy va texnik jihatdan maqsadga muvofiqdir.
    Tabiiy signallarni birxillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus me’yorlovchi o‘zgartkichlar ko‘zda tutilgan.

    Download 347.43 Kb.
    1   2   3   4




    Download 347.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash o’zgartirishlari va o’zgartkichlar texnologik o’lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: «Nima, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?»

    Download 347.43 Kb.