• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash ketma-ketligini organish. Oldingi ko‘prikning nosozliklarini aniqlash. Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash




    Download 244.45 Kb.
    Sana03.05.2023
    Hajmi244.45 Kb.
    #55995
    Bog'liq
    8 mavzuu
    Талабнома намунаси, Asosiy qism, 1.11..2021 буйруқлар (2), MUZAFFAR, Qolgan mavzular, 27, 1-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishnin, 6 Laboratoriya mashg`uloti .Traktor va avtomobillar transmissiyasinig uzatish sonlari strukturasini tanlash, Abdulla Oripov. Haj daftari (cyr), Abdulla Oripov. Saylanma, Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) (cyr), Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoyalar) (cyr), Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar (roman) (cyr), Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar

    Mavzu. Oldingi ko’prikni joriy ta’mirlash.
    Reja:

    1. Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash ketma-ketligini organish.

    2. Oldingi ko‘prikning nosozliklarini aniqlash.

    3. Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash.

    Avtomobillarining yetaklovchi bo'lmagan oldingi ko'prigi boshqariladigan oldingi g’ildiraklarni o'rnatish uchun xizmat qiladi. U avtomobilni yo'l bilan kontakti natijasida hosil bo'lgan bo'ylaina va yon kuchlarni g'ildirakdan osmalar orqali avtomobil ramasiga uzatadi.



    1-yuritma valini mahkamlovchi gayka; 2-g’ildirakni mahkamlovchi gaykalar;
    Oldingi ko'prik asosini ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo'rtmasi bo'lgan qo'shtavrli to'sin tashkil qiladi. To'sinning o'rta qismi pastga tomon egilgan bo'lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko'prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar mavjud. To'sin bo'rtmasiga shkvoren qo'yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o'qiga podshipniklarda g'ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o'zi esa buruvchi richag yordamida shkvorenda burila oladi.

    1-chekanka; 2-yuritma valining gaykasi; 3-shayba; 4-g’ildirak gaykasi;

    1-rasm. Klassik avtomobillarning old ko’prigi.
    1-safpa; 2-ko’ndalang balka; 3-tayanch maydonchasi; 4-shkvoren; 5-richag.

    Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘rnatish teshigining yeyilishi misol bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detallarining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi. Yurish qismining ko‘rsatib o‘tilgan nosozliklari avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakatdan o‘ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarning ta’siri, avtomobilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi. Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida aniqlanadi.



    Oldingi g'ildiraklari mustaqil osmaga ega bo'lgan orqa yuritmali yengil avtomobillarda oldingi ko'prik kalta to'sin ko'rinishida bo'lib, avtomobil kuzoviga mahkamlanadi. U bir paytning o'zida dvigatelni mahkamlash uchun ham xizmat qiladi.
    Yuk avtomobilidagi oldingi yetaklovchi ko'prikning to'sini konstruktiv jihatdan orqa yetaklovchi ko'prik to'sinidan unchalik farq qilmaydi.



    2-rasm. Boshqariladigan old ko’prik.


    Oldingi ko’prikdagi asosiy nosozliklarga to 'sin egilishi, shkvoren va shkvoren vtulkalarining yeyilishi, g'ildirakpodshipniklarining oboymalari o'rnashadigan joylam ingishdan chiqishi, g'ildiraklarni o’rnatish burchaklarining buzilishi va shu kabilar kiradi.



    1-shplint; 2-gayka; 3-shayba; 4-stabilizator; 5-richag; 6-kronshteyn; 7-bolt.
    O 'rnatish burchaklarining buzilishi oqibatida avtomobilni boshqarish yomonlashadi va shinalaming yeyilishi oritadi. Ressoming sinishi yoki osma prujinasining cho'kib qolishi, shuningdek, amartizatorlarning buzilishi ham oxir-oqibatda shinalarning tez yeyilishiga olib keladi. Yurish qismining ko’rsatib o 'tilgan nosozliklari avtomobilni to 'g 'r i chiziqli harakatdan o'ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g' ildiraklaming ta'siri, avtomobilning birtomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1 . A.E.Parmanov, Sh.S.Sharipov, G’.T.Dadayev. “Mehnat muhofazasi”


    Toshkent-“ Ilm ziyo”-2012.

    2 . O”.R.Yo’ldoshev, O.D.Rahimov, R.T.Xo’jaqulov, O.T.Hasanova.


    “ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
    “ Fan va texnologiya” nashriyoti. Toshkent-2012

    3 . J.Qulmuxamedov, A.Muxitdinov, S.Mirshaxo’jayev.


    “ Avtomobillar tuzilishi ” . “ Excellent Polygraphy” Toshkent-2021.

    4 . A.Abduraxmonov, G’.Mahmudov, E.Yo’ldoshov.


    “ Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta’mirlash”
    Toshkent-“ Ilm ziyo”-2012.

    5 . Y.I.Borovskix, Y.V.Buralev, K.A.Morozov, V.M.Nikiforov, A.I.Fehenko.


    “ Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash”
    Toshkent - “Talqin” -2012
    Download 244.45 Kb.




    Download 244.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash ketma-ketligini organish. Oldingi ko‘prikning nosozliklarini aniqlash. Oldingi ko‘prikni joriy ta’mirlash

    Download 244.45 Kb.