• Tayanch iboralar
  • Olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari. Reja




    Download 35.5 Kb.
    Sana25.01.2023
    Hajmi35.5 Kb.
    #39464
    Bog'liq
    1-MAVZU
    6-MAVZU, reyting-daftar-385221100355, Matematika o\'qitish metodikasi, kurs ishim, DISSERTASIYA OXIRGI VARIANT Jorayev O, Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muammoli o’qitish texn-fayllar.org, Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqni-fayllar.org, slayd 2, slayd 8, Mehnat shartnomasi, energiya audit, RRQ mustaqil ish

    1. MAVZU. RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI .

    REJA:



      1. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos xususiyatlari.

      2. Aqli zaif bolalarda artikulator motorikani rivojlantirishning ikki yo'nalishi.



    Tayanch iboralar: Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar,tibbiy reabilitatsiya, integratsiya, pedagogik reabilitatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, nogiron bola, nutk nuksoni, ijtimoiy adaptatsiya.
    Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to'g'rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bo'lishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning o'ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga o'tishdagi bir xillikni ko'rsatishda namoyon bo'ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto'g'ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi. Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya'ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba'zida bir tovushni me'yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg'ulotning o'zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizatsiyalash 1-1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining o'ziga xos tomonlari, o'z nutqi va to'g'ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo'qligi hisoblanadi. Bu ko'rsatkichni G.A. Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko'pchilik bolalarda tovushni to'g'ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o'quv yili davomida amalga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi o'quv yili oxiriga borib to'g'rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi nutqda to'g'ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni to'g'rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog'lash, qiyoslash, analiz va sintezning harakatlari bilan bog'lash lozim. To'g'ri talaffuzdagi buzilishlarni to'g'rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qo'llaniladi. Masalan, tovushni to'g'rilash bosqichida to'g'ri va noto'g'ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning o'zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq bo'lgan tovushlar bilan 37 qiyoslanadi. Korreksiya (to'g'rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so'zlaming tovush tuzilishi qiyoslanadi. Asosiy diqqat-e'tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya'ni aqli zaif bo'lgan bolalardagi talaffuz qilish buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi. Talaffuzdagi buzilishlarning korreksiyasida diqqat-e'tibor so'zning tovush
    tarkibi haqidagi aniq tasavvurga ega bo'lishga, so'zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning ma'no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi. Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga o'rgatish o'rtasida o'zaro uzviy aloqa amalga oshiriladi. Tovushni to'g'ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni o'zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni o'rganish esa tovushni nutqqa mustahkamlash uchun grafik tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bola harfni o'rganishdan avval, tovushni to'g'ri talaffuz qila bilishi, uni nutqda ajrata olishi kerak. Aqli zaif o'quvchilarda talaffuz buzilishlarini to'g'rilash davrida ulardagi psixik jarayon kechishining o'ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-e'tiborni bir joyga yig'a olmaslik va boshqalar). Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlaridan yana bin ishni yakka tartiblashtirish hisoblanadi. O'ziga xoslik rejalashtirishda ham o'z aksini topadi. Normal bola uchun qiyinchilik tug'dirmaydigan harqanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu o'ziga xoslikni talaffuzdagi kamchiliklarni to'g'rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor. Yordamchi maktablarda talaffuz buzilishlarini bartaraf etishning dastlabki bosqichi uzoq davom etadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb etishi bilan xarakterlanadi. Umumiy nutqiy motorikani rivojlantirish, eshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi. 38 Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular o'yin ko'rinishidagi mashqlarda o'tkaziladi. Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida, ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulator mashqlar kiritiladi. Aqli zaif bolalarda artikulator motorikani rivojlantirish ikki yo'nalishda olib boriladi: harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulator harakatning kinestetik asoslarini rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish ko'zgusiz olib boriladi, o'quvchilar lablar holatini takrorlaydi, logopedning nutqiy yo'riqnomasi asosida til holatini passiv o'zgartirishini qaytaradi. Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga o'rgatiladi.
    ("qani kirn qichqirayapti?",

    "top-chi ovoz qayerdan kelayapti?" kabi o'yinlar).


    Shuningdek, o'quvchilarni so'zlar tartibini eslab qolishni, bo'g'inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga o'rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib ko'rsatishni o'rganadilar. Aqli zaif bolalarda tovushni yo'lga qo'yish aralash usullarda amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovushlarini avtomatizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda so'zdagi tovushni ajratib ko'rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan uning o'rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish olib boriladi. Aqli zaif bolalar so'zdagi tovush o'rnini yaxshi belgilay olmaydilar, shuning uchun o'z vaqtida artikulator a'zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar. Ayniqsa, bu hol tovush so'z o'rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi. Tovushlarni avtomatizatsiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida ishlash tavsiya etiladi. Bo'g'indagi urg'u, so'z urg'usi ustida bog'lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bo'ladi. Bu bosqichning o'ziga xos tomoni darslarni rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi. Mashg'ulotlar aniq rejalashtiriladi, bu rejada nutqiy material topshiriqlarini asta-sekin murakkablashtirish maqsad qilib qo'yiladi. Masalan, 39 bo'g'inlardagi S tovushni avtomatizatsiyalashtirishda mashg'ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf):


    ochiq bo'g'inlarda (tovush so'z boshida);

    teskari bo'g'inlarda as, os, us, is; yopiq bo'g'inlarda (tovush bo'g'in boshda) sol, sot, sak; yopiq bo'g'inda (tovush bo'g'in oxirida): los, kos, kas;


    undoshlar yonma-yon kelganda: ska, ost, osk.

    Tovushlar differensiatsiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. O'rta maktablarda bu ishlar faqat og'zaki nutqda tovushlar o'rni almashgandagina olib boriladi. Yordamchi maktablarda esa bu qadar og'zaki nutqda tovush buzib talaffuz etilganda ham olib borilishi zarur. Bu yozma nutqda ko'plab harflar o'rnini almashtirishga olib keluvchi nutq tovushlarini nutqiyeshitish differensiatsiyasining rivojlanmay


    qolishidan kelib chiqadi. Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yo'nalishda olib boriladi: 1) tovushlarni talaffuz qilish differensiatsiyasini aniqlash; 2) nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasini rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bo'lgan tovushlar ustida ishlash.
    Download 35.5 Kb.




    Download 35.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari. Reja

    Download 35.5 Kb.