|
Olib borilgan
|
Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 13,53 Kb. | | #123008 |
Bog'liq tavsifnoma
TAVSIFNOMA
Abdullayeva Iroda 11-yosh. Bola II-homila 2-farzand. Ona homiladorligi davrida O'RVI
bilan 7 oylik davrida davolangan. Tug'ruq vaqtųda gipoksiya bilan tug'ilgan. Kechirgan kasalliklari:
O'RI, qizilcha, 3-yoshligida zinadan yiqilgan vaqtida bosh miya chayqalishi kuzatilgan kerakli muolajalar
olib borilgan.
Nutqida kamchilik sezilgan vaqti: 1yoshligida nevrolog tomonidan Diqqatning Tarqoqlik Sindromi va gipperfaollik tashxisi qo'yilgan. Nutqida deyarli lug`ati kam. Biologik eshitish qobilyati normada. Defektolog xulosasi NTR I darajasi qo'yilgan.
2- yoshligida Minimal miya disfunkciyasi nevrolog tomonidan qo'yilgan. Nutqida tovushga taqlid
asosan oson so'zlarga bor. DTS tashxisi saqlangan.
3-yoshligida MMD va DTS saqlanib qolgan. Defektolog tomonidan alaliya tashxisi qo'yilgan.
Tovushlarga harakatga taqlid bor, exolaliya kuzatilgan.
4-yoshligidan boshlab diqqat tarqoqligi xotira sustligi sababli psixonevrolog tomonidan Ruhiy Nuntqiy Rivojlanish Sustligi tashxisi qo'yilgan. Tovushga taqlid va oson so'zlar bor, bog'langan nutq rivojlanmagan. Umimy motorikasi sust
5-yoshligida defektolog xulosasiga ko'ra RNRS asosida nutqning tizimli rivojlanmaganligi kuzatilgan.
Bog'langan nutq, aktiv -passiv lug'ati, grammatik tuzilishi, fonematik idrok rivojlanishi orqada qolgan,
tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatilgan.
Bola xozir 11 yoshdan oshgan DTS saqlanib qolgan, pedagogic qarovsizlik sababli xotirasi sust yoshiga
nisbatan aqliy qobilyati ham orqada qolgan. Tovushlar kamchiligida qo'pol buziliklar kuzatilmoqda.
Artikulyatsion nutq apparati normadan past. Lablar ingichka, karakatchanligi normada, Til harakati
qisman sust bu esa tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishga sabab bo'ladi. Nutq prosodik komponentlarining
holati: ovoz kuchi ingichka. Ovoz tembri past. Ohangdorligi me'yorida. Sur'ati tezlashgan gaplar
orasida so'zlar tushib qoladi. Mashg'ulot davomida bir joyda tinch o'tirishga qiynaladi. Diqqati tarqoq,
xotirasi sust, fonematik idroki qisman buzilgan. Qaratilgan nutqni tushunishga idrok qilishga qiynaladi.
Motorikasi: Mayda detallarni yeg'ishga qiynaladi. Umumiy motorikasi ortoped tomonidan yassi oyoqlik tashxisi qo’yilgan. Ranglarni ajratishga qiynaladi. Alohida ranglarni so'raganda ajratolmaydi. Ko’ruv idrokida qisman buzilish kuzatiladi. Lug'at boyligi yoshiga nisbatan kam, ko'rsatilgan predmetlarni nomlashga qiynaladi, predmetlarni umumlashtiruvchi bir so'z bilan ayta olmaydi. Nutqning grammatik tuzilish xususiyatlari: Rasmga qarab gap tuzishga qiynaladi. Tafakkurning umumiy rivojlanishini tekshirish: Hisob: To’g’ri va teskari sanashda adashtiradi. Geometrik shakllarni farqlay olmaydi.
|
| |