• Oraliq
  • O‘zlashtirish bahosi Talabaning bilimi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablar
  • Oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish




    Download 196 Kb.
    bet9/10
    Sana01.06.2022
    Hajmi196 Kb.
    #22560
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Атмосфера физикасидан ишчи дастур 2021-2022
    Ravshanov Elyor 3, 1686132047116 230607 150122, 8-Маъруза , O\'zbekistonning eng yangi tarixi-29, Mashinali o’qitish. Mashinali o’qitish algoritmlari-fayllar.org, - 500 тестов по ПКРЯ, Ma\'muriy-hududiy tuzilishi, 2-Mustaqil ish. Sinflarni qo‘llash. Sinflarning konstruktor va d, 6467ce7296c0f472961665, Agrar munosabatlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari reja (2)
    Oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish
    Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat esa semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
    Oraliq nazorat turini o’tkazish shakli 3 xildir: Og’zaki, yozma va test.

    1. Og’zaki va yozma.

    Oraliq baholashlarda 1 tadan nazariy topshiriq va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi.

    Yakuniy baholashlarda 2 tadan nazariy topshiriq va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi.

    Talabalar bilimini baholash mezonlari quyidagicha:

    O‘zlashtirish bahosi

    Talabaning bilimi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablar

    5

    A’lo

    1. Hulosa va qaror qabul qilish;

    2. Ijodiy fikrlay olish;

    3. Mustaqil mushohada yurita olish;

    4. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

    5. Mohiyatini to‘la tushunish;

    6. Bilish, tushuntirib berish, isbotlash;

    4

    Yaxshi

    1. Mustaqil mushohada yurita olish;

    2. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

    3. Mohiyatini tushunish;

    4. Bilish, tushuntirib berish;

    5. Tasavvurga ega bo‘lish;

    3

    Qoniqarli

    1. Mohiyatini asosan tushunish;

    2. Bilish, tushuntirib berish;

    3. Muayyan tasavvurga ega bo‘lish;

    2

    Qoniqarsiz

    1. Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

    2. Javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik;

    3. Bilmaslik.

    1. Test. Nazoratning bu shaklida standart va nostandart test topshiriqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni baholashda Blum taksonomiyasi asosidagi nostandart test topshiriqlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunday nostandart testlar talabalar o’quv maqsadlari ya’ni bilish, tushunish, amaliyotga qo’llash, tahlil, sintez, hulosalash darajasini aniqroq baholash imkoniyatini yaratadi.

    1. Oraliq nazoratning test shakli. Oraliq nazoratning test shakli ikki bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda talabaga 10 ta standart standart test topshirig’i beriladi. Bu bosqich o’tish bosqichi hisoblanib, agar talaba berilgan test topshiriqlarida 8 tadan kam bo’lmaganiga to’g’ri javob bersa, mazkur talaba ikkinchi bosqish test sinoviga qo’yiladi, aks holda talaba oraliq nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va nazoratni qaytadan topshirishga imkon beriladi. Test sinovining ikkinchi bosqishida talabaga 5 ta nostandart test topshiriqlari beriladi. Bu bosqish baholash bosqishi hisoblanib, unda 5 ta testga to’g’ri javob bergan talabaga “5” baho, 4 ta testga to’g’ri javob bergan talabaga “4” baho, 3 ta testga to’g’ri javob bergan talabaga “3” baho qo’yiladi. 3 tadan kam test yechgan talabalar esa oraliq nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va nazoratni shu bosqichdan qaytadan topshirishga imkon beriladi.

    2. Yakuniy nazoratning test shakli. Yakuniy nazoratning test shakli esa bitta bosqichdan iborat bo’ladi. Bunda har bir talabaga 20 ta test topshiriqlaridan iborat bo’lib, ulardan 15 tasi standart yana 5 tasi esa nostandart test topshiriqlaridan iborat bo’ladi. Bu holatda har bir talaba 10 tadan kam bo’lmagan standart test topshiriqlarini to’g’ri yechishi shart bo’ladi, aks talaba yakuniy nazoratdan o’ta olmagan hisobladi va ushbu fandan akadem qarzdor bo’ladi. Standart test topshiriqlariga 10 tadan kam to’g’ri javob bergan talabalarning nostandart test topshiriqlariga bergan javoblari inobatga olinmaydi. Standart test topshiriqlariga 10 ta yoki undan ortiq to’g’ri javob bergan talabalarning nostandart test topshiriqlariga muvofiq yakuniy nazoratlari baholanadi. Bunda 5 ta nostandart testga to’g’ri javob bergan talabaga “5” baho, 4 ta nostandart testga to’g’ri javob bergan talabaga “4” baho, 3 ta nostandart testga to’g’ri javob bergan talabaga “3” baho qo’yiladi. 3 tadan kam testga to’g’ri javob bergan talabalar esa yakuniy nazoratni topshira olmagan hisoblanadi va ushbu fandan akadem qarzdor bo’ladi.

    Oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turini o’tkazish shakli esa kafedra tomonidan belgilanadi.
    Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
    Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.

    Download 196 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 196 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish

    Download 196 Kb.