Oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni va sun’iy intellektni joriy etishga bag`ishlangan innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish




Download 13,86 Kb.
Sana28.01.2024
Hajmi13,86 Kb.
#147378
Bog'liq
Oliy pedagogik ta\'limda RT va SI


Oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni va sun’iy intellektni joriy etishga bag`ishlangan innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda institutimiz magistratura yo`nalishining 70110602 – “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” tanlov fani rejalashtirilgan bo`lib, ushbu fan 1-bosqichning 1-semestrida o‘qitiladi. Fan bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari ning 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy mashg‘ulotni tashkil qiladi. Mustaqil ta’lim soatlari esa 90 soatdan iborat qilib belgilangan.
Magistratura talabalari uchun ushbu fanni o‘qitishdan maqsad – har bir mutaxassis o‘z kasbiy sohasida va ta’lim jarayonida qo‘llashi lozim bo‘lgan raqamli tеxnologiyalar va sun’iy intеllеkt imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalanish uchun ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlarida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz.
Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari.
Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.
Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun'iy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo'ladi.
Ammo barcha sohalarda bo'lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish uchun ma'lumotlarning kamligi. Sababi ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellekt bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.
Su tufayli endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan, internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar yaratish lozim. Shuningdek, o'zbekistonlik tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun'iy intellektning ilm-fanga joriy etilishida yaqindan ko'mak berishidir.
Download 13,86 Kb.




Download 13,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni va sun’iy intellektni joriy etishga bag`ishlangan innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish

Download 13,86 Kb.