|
Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi faoliyati
|
bet | 2/8 | Sana | 03.08.2023 | Hajmi | 44.25 Kb. | | #77955 |
Bog'liq ISKANDAR Z.M.Bobur taqdimot, KURS ISHI, H kurs ishi1. Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi faoliyati.
Men malakaviy amaliyotimni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazida oʻtadim. Menga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan malakaviy amaliyot rahbari etib Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi o’qituvchsi CH.Imomov belgilandi.
Malakaviy amaliyotni oʻtash davrida men Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi Nizomi, tuzilmasi, ichki tartib qoidalari, kun tartibi, oʻquv jarayoniga oid hujjatlar (namunaviy dastur, ishchi oʻquv dasturlari, oʻquv uslubiy majmua, dasr jadvallari), jamlash rejalari, oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish usullari, oʻqituvchilar shaxsiy rejalari, mashgʻulotlarni tashkil etish usullari, markazning moddiy-texnik bazasi bilan tanishib chiqdim.
Oʻquv markazining faoliyati viloyat hududidagi rahbar xodimlar, mutaxassislar va aholini tabiiy xamda texnogen xususiyatli favkulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir boʻlganda toʻgʻri harakat kilish va fuqaro muhofazasi (FM) sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.
Oʻquv markazi tashkiliy-shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan boʻlib, markaz boshligʻi, katta oʻqituvchi, uslubchi-oʻqituvchi va 2 nafar oʻqituvchidan iborat.
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 2 qavatida joylashgan boʻlib, oʻquv markaziga 4 ta xona ajratilgan. Bular tinglovchilar bilan mashgʻulot olib borish uchun 1 ta oʻquv xonasi (30 ta tinglovchiga moʻljallangan), markaz boshligʻi xonasi, oʻqituvchilar xonasi va axborot-resurs markazi (kutubxona)dan iborat.
Oʻquv markazining moddiy texnik bazasi quyidagilardan iborat. Jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy axborot texnologiyalar asosida tashkil etish borasida oʻquv markazida 1 ta televizor, 1 ta noutbuk mavjud. Shu bilan bir qatorda oʻqituvchilar oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrishi va oʻz ustida ishlashi uchun markazdagi axborot-resurs markazida 289 ta nomdagi turli xil (soha va badiiy) adabiyotlar mavjud.
|
| |