Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlarida amalga oshirilayotgan oʻquv mashgʻulotlari




Download 44.25 Kb.
bet3/8
Sana03.08.2023
Hajmi44.25 Kb.
#77955
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISKANDAR
Z.M.Bobur taqdimot, KURS ISHI, H kurs ishi
2. Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlarida amalga oshirilayotgan oʻquv mashgʻulotlari.

Oʻquv markazida oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil


17 avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda 2000 yil 26 maydagi “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
9 sentyabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 754-sonli qarori asosida tashkil etiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 754-sonli qarori bilan aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va masʼul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlari - 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan oʻtishi belgilangan.
Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlaridagi oʻquv jarayonlari viloyat hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jamlash rejasiga asosan oʻquv yili davomida amalga oshiriladi.
Oʻquv jarayonlari 24 va 30 soatlik oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur oʻquv dasturlari 2021 yilda ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan kelishilgan hamda oʻquv jarayoniga tadbiq etilgan.




Download 44.25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 44.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlarida amalga oshirilayotgan oʻquv mashgʻulotlari

Download 44.25 Kb.