|
Yong’in qutqaruv texnikalari bilan tanishish
|
bet | 8/8 | Sana | 03.08.2023 | Hajmi | 44.25 Kb. | | #77955 |
Bog'liq ISKANDAR Z.M.Bobur taqdimot, KURS ISHI, H kurs ishi7. Yong’in qutqaruv texnikalari bilan tanishish.
Malakaviy amaliyot davrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin-qutqaruv otryadi hamda Yongʻin qutqaruv qismlaridagi qutqaruv texnikalari bilan tanishdim.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin-qutqaruv otryadining asosiy vazifasi viloyat hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyat yoki yongʻin natijasida jabrlangan fuqarolarni qutqarish, ularga birinchi yordam koʻrsatish hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlarni olib borishdan iborat boʻlib hisoblanadi.
Yongʻin qutqaruv otryadi 3 ta guruhdan iborat. Bular, qidiruv-qutqaruv guruhi, suvda qutqaruv guruhi hamda radiasion-kimyoviy, tibbiy biologik muhofaza guruhidan iborat.
Qidiruv-qutqaruv guruhining asosiy vazifasi tarnsport tarmogʻida sodir boʻlgan avariyalar, togʻda qutqaruv ishlari hamda bino va inshootlarda sodir boʻlgan avariyalarda qutqaruv ishlarini olib borishdan iborat.
Suvda qutqaruv guruhi suvda choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarda qutqaruv ishlarini tashkil etishdan iborat.
Radiasion-kimyoviy, tibbiy biologik muhofaza guruhining asosiy vazifasi kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarning tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatlarning oldini olish hamda sodir boʻlganda oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
Bundan tashqari har bir tumanda yongʻin-qutqaruv qismlari mavjud boʻlib, ular tuman hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyat hamda yongʻinlarni oldini olish hamda ular sodir boʻlganda bartaraf etish, shuningdek, uyma-uy yurish orqali aholi xonadonlarida yongʻinlarni oldini olish yuzasidan profilaktik koʻrik va suhbatlar oʻtkazishdan iboratdir.
Quyida malakaviy amaliyot davrida tanishgan maxsus texnikaning haqida maʼlumotlarni ilova qilaman.
Isuzu NQR71PI yongʻin oʻchirish avtomobili xarakteristikasi.
Shassi
|
Isuzu Yaponiya.
|
Ishlab chiqaruvchi
|
Samarqand avtomobil zavodi.
|
Modeli
|
NQR71PL.
|
O’lchami: mm
|
Uzunligi- 6900, eni 2150, balandligi-2500.
|
Shaxsiy tarkib uchun joy
|
5 nafar ekipajga mo’ljallangan.
|
G’ildirak formulasi
|
4x2.
|
Dvigateli
|
4HG-1, to’rt taktli sachratma suvli sovutish tizimiga ega.
|
Quvvati
|
3200 aylanish/minutiga bo’lganda 121 ot kuchiga (89 kW) ga.
|
Dvigatel yoqilg’I turi
|
Dizel.
|
Yoqilg’i sig’imi
|
100 l.
|
Yoqilg’i sarfi, 100 km ga
|
16 l.
|
Transmissiya (KPP)
|
MYY5T qo’lda boshqariladigan 5 ta tezlikli.
|
Quvvat tanlash qutisi (QOM)
|
“SENDVICH” turida bo’lib , dvigatelning 90% li quvvatinini yong’in o’chirish nasosi valiga uzatadi. Avtomobil harakatlanganda yong’in o’chirish nasosini ishlatish mumkin.
|
Ishchi tormozi
|
Gidravlik usulda 2ta Mustaqil konturli.
|
Qo’l tormozi
|
Mexanik usulda .
|
Shinasi/disklari
|
Oldi-bittalik orqasi 2 talik, disklari 7.50-16-14PR.
|
Suv sig’imi
|
1700 litr.
|
Ko’pik xosil qiluvchi modda sig’imi
|
150 litr.
|
Yong’in o’chirish nasosi
|
Zeigler, FPN10-2H+FPH40-250-3H.
|
Nasosning suv berishi
|
Normal bosimda 43.3 l/s va yuqori bosimda 4.2 l/s.
|
Sorish chuqurligi
|
7.5 m .30 sekund davomida nasosga suv oladi .
|
Ko’pik xosil qilish tizimi
|
Ziegler / Model -ZPV 200 operator 1 dan 6% gacha ko’pik xosil qilinishi qo’lda boshqariladi .
|
Birinchi yordam g’altagi
|
Orqa Chap Bo’limda Bir Dona, Hannay Reel /Model F30-23-24v Diametr 19mm Lik 60m Uzunlikda Yuqori Bosim Yengiga Ega. Yengning Uchiga O’rnatilgan Akron Brass Style 1703 pistolet ko’rinishidagi dastagda
Boshqaruv xalqasini burish orqali suv sarfi o’zgartirilishi va oqim turli shaklda berilishi mumkin.
|
XULOSA
Xulosa qilib aytganda malakaviy amaliyot davrida oʻqish davrimda olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllash orqali koʻnikmalar hosil qildim. Shu bilan bir qatorda malakaviy amaliyot davrida ish yuritish hujjatlari bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻldim.Shuningdek malakaviy amaliyot davrimda bitiruv malakaviy ishim mavzusi doirasida ma’lumotlar to’pladim.
Fuqaro Muhofazasi Instituti aholini zilzilaga tayyorlash milliy platformasi”da 15 soatlik tayyorgarlikdan o’tdim. Mustaqil ta’lim oluvchi sifatida maruza va video materiallar bilan tanishdim va guvohnoma oldim.
Termiz shahridagi ta’lim muassasalarida profilaktika ishlarida qatnashdim va tajribamni oshirdim.
Bundan tashqari tinglovchilarga dars mashg’ulotini o’tdim.
Birlashgan Millatlar tashkilotining “YUNISEF” tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan etilgan tadbirda qatnashdim va “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi tayyorgarlik jarayonida qatnashdim.
Shu bilan bir qatorda magistrlik bitiruv malakaviy ishim boʻyicha tajriba sinovlarimni oʻtkazdim.
Bundan tashqari malakaviy amaliyot davrida boshqarma tomonidan tashkil etilgan oʻquv, oʻquv-amaliy seminar va tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etdim.
|
| |