|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 70/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Menga 20 dollar yuborsang, men senga aytib beraman, - dedi malakali xaker boshlovchi xakerga.
Xozirgina pul yubordim.
Internetda ana shunday qilib pul ishlanadi!»
Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklar
Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olishingiz uchun ajoyib takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko’rish va narsaning ko’rsatgichlarini aniq bilish juda ham qiyin bo’ladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potentsial firiblar, muttahamlar, tovlamachilar va aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qo’yilgan va sotuv xaqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yo’q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga yoki qalbaki maxsulot taklif etilayapti yoxud sizning pulingizni o’zingizni rozi qilgan xolda o’marish rejalashtirilayapti. Bunday xolda erinmasdan sotuvchiga qo’ng’iroq qiling va undan sizga ma’lum bo’lgan maxsulotning xususiyatlarini, texnik ko’rsatgichlarini va boshqalarni surishtiring. Agar bu so’rovga noto’g’ri javoblar va tushuntirishlar olsangiz, internet magazindagi xariddan voz kechishingiz mumkin bo’ladi. Undan tashqari, sotuvchi va kompaniya xaqida ko’proq ma’lumotlar yig’ing, uning faoliyati xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishing va shundan so’nggina ushbu internet magazin bilan ishlash kerakmi yoki yo’qligini xal qiling. Tovarni olishda esa kur’yer tomonidan yetkazib berish xizmatidan foydalaning va maxsulotga to’lovni uni olganingizdan so’ng amalga oshiring.
Fishing
Fishing (inglizcha fishing – baliq ovi) sizning plastik kartangiz ma’lumotlarini o’g’irlashdan foydalangan xolda pul topish bilan bog’liq bo’lgan internet firibgarlik turidir. Buning uchun bir guruh o’zaro kelishib olgan firibgarlar Sizga banklar va to’lov tizimlari nomidan elektron xatlar jo’natadilar. Foydalanuvchiga qandaydir bank sayti bilan aynan bir xil bo’lgan saytga kirish taklif etiladi. Bu bank taklif etayotgan xizmatlardan foydalanishingiz uchun esa sizga plastik kartangiz ma’lumotlarini va pin-kodini ko’rsatish so’raladi. Agar siz bu ma’lumotlarni kiritsangiz, firibgarlar ushbu ma’lumotlar asosida xuddi siznikiga o’xshash kalbaki plastik kartalar tayyorlab, ular yordamida sizning bankdagi pullaringizni o’maradilar. Demak, siz o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar ko’rsatgan saytda qoldirib, ularga o’z mablag’laringizni o’z qo’llaringiz bilan topshirasiz-qo’yasiz. Bunday firibgarlikning yana bir turi sifatida fuqarolarning mobil telefonlariga bank nomidan kredit to’lovlari bo’yicha qarzdorlikni to’lash haqida qo’ng’iroq qilinadi. Agar fuqaro ularga bankdan hech qanday kredit olmaganligini bildirsa, «bank xodimi» mojaroga aniqlik kiritish bahonasida undan plastik kartasining ma’lumotlarini ko’rsatishni yoki aniqlashtirishni so’raydi. Agar bu ma’lumotlar oshkor etilsa, plastik kartadagi pullarga firibgarlar biror bir internet magazindan o’zlari uchun kerakli narsalarni sotib oladilar. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, banklar va to’lov tizimlari hech qachon fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini elektron xatlar orqali so’ramaydilar va ularning mobil telefonlari orqali bu ma’lumotlarni aytishni iltimos qilmaydilar. Agarda ularga bunday ma’lumotlar kerak bo’lib qolsa, fuqaro banka shaxsan kelishi taklif etiladi.
Internetdagi gadoychilik
Internetda qandaydir gumanitar jamoat tashkiloti, bolalar uyi yoki yetimxona nomidan muxtoj yoxud kasal bolalarga moddiy yordam ko’rsatishni so’rash bo’yicha iltimoslar paydo bo’lishi ham mumkin. Firibgarlar darhol bunday saytlarga aynan o’xshash saytlar yaratib, ularning pul o’tkazish uchun zarur bo’lgan rekvizitlarini boshqacharoq qilib qo’yadilar. Shuning uchun, agar Internet orqali yordam puli o’tkazmoqchi bo’lsangiz, eng avvalo erinmay ko’rsatilgan tashkilotlarga boring yoki ularga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, ularning aniq
revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so’nggina pul o’tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan moliyaviy mablag’laringiz firibgarlarning qo’liga tushib qolishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar
Real xayotda o’z turmush o’rtog’ini topa olmaganlar bu ishni virtual dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo’lg’usi qalliqlarning rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi. Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning rasmlarini saytlarga joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu «qizlar» nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa tushib, go’zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan so’ng, «qizlar» turli iltimoslarini boshlaydilar: kasal ota-onamga yordam bering, kredit to’lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga uchib borish uchun biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So’ralgan pul olinganidan so’ng, «qalliqlar» aloqaga chiqmay qo’yadilar. Aldanganliklarini bilib qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so’rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni ham aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «qalliqlar» bilan ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o’zlari kelishlarini so’rashlari mumkin bo’ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchalik yoqimli emas, albatta.
Virusdan foydalanish asosidagi firibgarliklar
Bunday turdagi viruslarning mohiyati - so’ralayotgan resurslarni nusxalangan fiktiv resurlarga qayta jo’natgan xolda almashtirishdir. Bunday ishlar eng ommabop runet resurslarida – Yandeks, Rambler, Mayl, VKontakte, Odnoklassnikilarda xam amalga oshirilganligi ma’lum. Virus bilan «zararlangan» kompyuterda biror bir resursning adresini tera turib, foydalanuvchi unga aynan o’xshash firibgarlar tomonidan tuzilgan soxta serverga tushib qoladilar va undan tizimga kirish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni kiritish so’raladi (ya’ni, foydalanuvchining login va paroli so’raladi). Adres qatorida saytning aniq nomi yozilgan va tashqi ko’rinish original serverdan nusxalangani tufayli, ko’pchilik foydalanuvchilarda hech qanday shubxalanish yoki gumon paydo bo’lmaydi va
ular o’z login va parollarini kiritadilar. Login va parol kiritilganidan so’ng, hisobga olish yozuvini «tasdiqlash» yoki «faollashtirish» uchun minimal narxdagi SMS jo’natish so’raladi. Shunday qilib, firibgarlar nafaqat abonentlar hisob raqamlaridagi mablag’larni yechib oladilar, balki ularning login va parollarini bilgan xolda ular nomidan o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni jo’nata ham oladilar. Masalan, «Tekinga firma nomidan kattagina sovg’a olishingiz uchun bizga 10 dollar yuboring», «Firma tashkil etayotgan lotoreyada ishtirok etish va kompyuter yutib olish uchun 5 dollar yuborishingiz kifoya qiladi», «Kompaniya tashkil etayotgan gumanitar tadbirda ishtirok etish uchun 1 dollar yuborishingiz mumkin» va boshqalar. Virus bilan zararlangan dasturlarni yuklab olish va ishga tushirish uchun foydalaniladigan asosiy mavzular jumlasiga ijtimoiy saytlardagi qo’shimcha funktsiyalar (sovg’alar, VIP-kirish va boshqalar) ni, telefondan SMS ma’lumotlarni o’qib olishni, VKontakte dagi reytingni oshirish, mobil telefon egasining telefoni nomeridan uning qaerdaligini (manzilini) bilib olish kabi qiziqarli takliflarni ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ilovaga o’tilgan zahoti foydalanuvchining kompyuteri virusli dasturni avtomatik ravishda ishga tushirib yuboradi. Bunday viruslar bilan zararlangan foydalanuvchilarga maslahat sifatida ko’rsatilgan resurslarga kiriladigan parollarni darhol o’zgartirishni xamda antivirus bazalari yangilangan antivirus dasturlar ishlatishni boshlashni tavsiya qilish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, ommaviy saytlarning resurslari hech qachon tizimda qayd qilingan foydalanuvchidan yana bir marta qo’shimcha avtorizatsiya qilinishni so’rashi mumkin emas. Biz yuqorida ko’rsatgan kabi pul to’lab, SMS jo’natish orqali avtorizatsiya qilish amaliyoti esa hech qanday ommaviy elektron resurslarda mavjud emas.
Audionarkotik firibgarliklari
Internetning runet qismida insonning binaural ritmiga ta’sir qiluvchi
«tovushli» narkotiklar xaqidagi ma’lumotlar tarqala boshladi. Audionarkotiklarning reklamasi foydalanuvchilarning elektron pochta manzillariga ommaviy xatlar jo’natish va boshqa turdagi tezkor ma’lumot almashinish usullari orqali amalga oshirilmoqda. Audio-fayllarni tinglash maxsus raqamli kodni
kiritgandan so’ng mumkin bo’ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to’lab, SMS- ma’lumot jo’natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet el provayderlari tarkibida mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari orqali reklama qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, xotira susayishi va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos. Shunday qilib, «raqamli narkotiklar» xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan firibgarlarning yana bir antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga oshiriladigan kiberfiribgarliklar
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan viruslar sonini sanab sanog’iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va internetda faoliyat ko’rsatadigan zararli dasturlardan biri Trojan.Encoder.20 hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi. Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni shifrovka qilgandan so’ng, o’z-o’zidan yo’qoladi. Endi foydalanuvchi o’z fayllarini ochmoqchi bo’lsa, ularda bu fayllarni ochish (yoki rasshfrovka qilish) uchun firibgarlarga SMS orqali ma’lum bir miqdordagi pul to’lash so’raladi (10 dollardan 89 dollargacha). Agar shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo’qotish uchun Dr. Web tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga yuklab olish tavsiya etiladi.
Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo’yicha manba’ sifatida ishlatilishi
Ijtimoiy saytlar ham firibgarlar tomonidan Internet tarmog’ida pornomateriallarni tarqatish vositasida pul ishlash uchun ishlatiladilar. Buning uchun ataylab o’ylab tuzilgan anketa (elektron sahifa) yaratiladi va u orqali voyaga yetmaganlar xaqidagi turli xil ochiq manba’lardan olingan fotosessiyalar va yolg’on ma’lumotlar tarqatiladi. Shunday qilib, pornografiya bo’yicha pul
ishlamoqchi bo’lgan firibgar internetda oddiy voyaga yetmagan inson shaklida namoyon bo’ladi va boshqa yoshlarni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun laqillata boshlaydi. Elektron muloqot amalga oshirilayotib, yoshlarni o’zlari yoki tanishlari haqidagi pornorasmlarni jo’natish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Keyinchalik ushbu video yoki fotomateriallar pul ishlash maqsadida turli tematik forumlarda namoyish qilinadi, fayl almashinuv tizimlariga, foto va video portallarga tarqatiladi. Bir qancha xolatlarda firibgarlarga voyaga yetmagan yoshlarning anketaviy ma’lumotlari ma’lum bo’lib qoladi va ular bundan foydalanib, bolalarning ota-onalarini shantaj qilib, pul undirishga urinadilar yoki bu ma’lumotlarni forumlarga joylashtirib (trolling), kimlarningdir chirkin maqsadlarini amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijtimoiy saytlarda muloqot qilayotib, quyidagilarni unutmang:ijtimoiy tarmoqda siz bilan muloqot qilayotgan inson kimlardir tomonidan o’ylab chiqilgan elektron personaj bo’lishi mumkin. Uni aniq ko’rmasdan va shaxsini bilmasdan turib, u bilan qandaydir ishlar olib borish, unga shaxsiy ma’lumotlarni berish, unga pul utkazish, u bilan kelishish yoki u tayinlagan joyga borish aslo mumkin emas. Internet tarmogi orqali siz tomoningizdan jo’natilayotgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan,rasmlarinigizmi, parol yoki loginingizmi, pasport ma’lumotlaringizmi yoki manzilingizmi istalgan paytda sizga qarshi ishlatilishlari mumkin. Xurmatli ota-onalar, o’z farzandlaringizni xam internetda xavfsiz ishlash qoidalari bilan yaxshilab tanishtiring va ularga bu tartiblarni batafsil tushuntiring.
Internetdagi xavfli dasturlar kompyuter egasidan so’ramasdan, o’z-o’zidan nusxalanib ketuvchi maxsus xavfli dasturlardir. Bunday dasturlar kompyuteringizda turli xildagi noxush xolatlarni keltirib chiqarishlari, dasturlarni ishdan chiqarishlari, ma’lumotlarni o’chirib tashlashi, sizning kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’girlashi, operatsion tizim ishini buzishi yoki sekinlashtirishi, tashqi qurilmalarning ishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Bunday dasturlarni xalq tilida «viruslar» deb nomlangan va ularning quyidagi asosiy turlari mavjud: mahsus dasturiy viruslar, tarmoq viruslari, chuvalchang viruslar va troyan viruslari. Kompyuter viruslari o’z-o’zidan ko’payadigan va nusxalarini boshqa dasturlar
ishga tushirib, noma’qul xolatlar keltirib chiqaradigan maxsus dasturlardir. Ular ko’pincha *.exe, *.com kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular *.doc, *.xls ko’rinishidagi makroprotseduralarga ega bo’lib, zararlanish oqibatida kompyuter ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar keltiradigan dasturlar turiga mansub bo’lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas, balki aloxida mustaqil fayllar ko’rinishida bo’ladilar. Bunday dasturlar lokal va global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar, o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib, sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga oshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida
Turli xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo’sagasida ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi ko’pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga yozilgan «dust»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib, natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan resursga o’tish kompyuterga xavfli virus tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga
ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi:
Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga shoshilmang;
Sizga ma’lumot yuborgan «do’stingiz» yoki muallifdan elektron xabarni xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring;
Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (yoki do’stingizning saxifasi) begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki yo’qligiga tekshirib ko’ring;
Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling.
|
| |