|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 47/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashG’ildirak radiuslari
Avtomobilning tortish kuchini aniqlashda g’ildiraklarning radiusi ma`lum bo’lishi zarur. Radiusni aniqlash metodi shinaga ta`sir etuvchi kuchlarning ta`siriga karab uch xil bo’ladi.
Statik radius rst aniqlanganda shina damlangan bo’lib, unga vertikal og’irlik kuchi ta`sir etadi va g’ildirakning markazidan yergacha bo’lgan masofa bilan yoki quyidagi formuladan topiladi:
rst=d/2+BλV (6)
λV-g’ildirakning vertikal elastiklik koeffitsenti;
B-shinaning eni.
Standart shinalar uchun λV=0,8…0,9; peshtokli shinalar uchun λV=0,75…0,8.
Dinamik radius rD, g’ildirakka kuch va momentlar ta`sir etayotganda o`lchangan oniy radius bo’lib, amaliy masalalarni yechishda bu parametrlardan foydalanish nokulay. Dinamik radiusni aniqlash katta yeksprimentlar o’tkazishni talab etadi. shu sababli kundalik xisoblashlar uchun gildirash radiusi rk qabul qilingan.
Gildirash radiusi rk deb, shartli ravishda defformatsiyalanmaydigan va shtaksiramaydigan g’ildirak radiusiga aytiladi. Bunday g’ildirakni real avtomobilga o’rnatilganda uning chiziqli va burchak tezliklariga teng bo’lishi kerak. Yuqoridagi tahrifga ko’ra rk ≈ rD. Amalda rk ≈ rst deb qabul qilinsa, katta xato bo’lmaydi.
Avtomobilning harakatlanish sharti.
Tishlashish kuchi Rφ g’ildirak bilan yo’lning uzaro ta`siri natijasida xosil bo’lib, ular o’rtasidagi ishqalanishni hamda shina elementlarining yo’l bilan tishlashishini xisobga oladi.
Demak, tishlashish kuchi g’ildirakning yo’lga nisbatan sirpanishiga qarshilik kilib, uning ilgarilanma harakatini tahminlaydi. Hamma g’ildiraklari yetaklovchi avtomobil uchun:
Rφ = Z* U= Ga cos a * φ (7)
Faqat oldingi g’ildiraklari yetaklovchi bo’lgan avtomobil uchun:
Rφ = Z1 * S = G1 cos a * φ (8)
Faqat ketingi g’ildiraklari yetaklovchi bo’lgan avtomobil uchun:
Rφ = Z2 * S = G2 cos a * φ (9)
bu yerda :
a- yo’l ning bo’ylama qiyaligi
Ga , G1 , G2 - avtomobilning oldingi va ketingi o’qlariga tushgan og’irlik kuchlari.
φ - tishlashish keffitsenti.
Z, Z1 , Z2 - yo’lning g’ildiraklarga ko’rsatuvchi normal raektsiyalari.
Rφ - g’ildiraklar bilan yer o’rtasidagi tishlashish kuchi.
Tishlashish koeffitsenti. φ fizikaviy mahnosi bo’yicha mexanikada qabul qilingan ishqalanish koeffitsentini ifodalaydi va shinaning yo’l sirti bilan mexanikaviy tishlashishini xisobga oladi.
Tishlashish koeffitsentini maxsus dinomometrik aravani tormozliganda uni dinomometrik tros yordamida shatakka olish yo’li bilan aniqlanadi. Tormozlangan aravani sudrash uchun sarflangan R kuch va arava og’irligi G aniqlangach, φ quyidagicha topiladi:
φ = R/G
Tishlashish koeffitsentining qiymati yo’lning va gruntning xolatiga, shina protektorning shakliga, shinaning ichki bosimiga, g’ildirakka tushgan og’irlik kuchi va xokazolarga bog’liq. Qattiq yo’llarda tishlashish koeffitsnentining qiymati shina bilan yo’l o’rtasidagi ishqalanishga hamda yo’l ustining mikronotekisligiga bog’liq. Yo’l usti namlangan bo’lsa, suv va tuprokning zarralaridan loy pardasi xosil bo’lib, tishlashish koeffitsienti qiymati kamayadi. SHina yo’l ustida sirpanib, kontakt sirtda elementar gidrodiiamik kuchlar xosil bo’lsa, suyuq ishqalanish sodir bo’lib, tishlashish koeffitsienti minimal qiymatgacha kamayadi.
Deformatsiyalanadigan yo’lda tishlashish koeffitsientining qiymati tuprokning siljishiga ko’rsatadigan qarshiligiga va ichki ishqalanishiga bog’liq.
Tishlashish koeffitsienti qiymatining katta- kichikligiga shina protektorining rasmi (nakshi) ham ta`sir etadi. Yengil avtomobillarning shinasi mayda nakshli bo’lgani uchun kattik yo’llarda kattik tishlashadi. Yuk avtomobillarida shina (6-rasm) yirik nakshli bo’lgani uchun avtomobilning yo’l tusiklaridan uta olish qobiliyati oshadi.
6-rasm avtomobillarning shinasi protektori
Ekspluatatsiya davrida protektor yeyiladi va shinaning tishlashish koeffitsenti kamayadi.Tishlashish koeffitsentining qiymatiga ekspluatatsiyaon faktorlar katta ta`sir ko’rsatadi.
7–rasm. Har-xilli yo’l sharoitlari uchun φ ning grafigi
7–rasmda turli yo’l sharoitlari uchun φ ning grafigi tasvirlangan (tutash chiziqlar kuro’q, uzo’q chiziqlar esa xul asfalt-beton yo’lga taaluqlidir). SHinadagi ichki bosim Rsh ning oshishi natijada (7-rasm, a) tishlashish koeffitsenti avval oshadi, keyin esa kamayib boradi. φ ning maksimal qiymati shu shina uchun tavsiya etilgan bosimga to’g’ri keladi. Harakat tezligi oshishi bilan (7-rasm, b) tishlashish koeffitsentining qiymati avval oshadi, keyin bir tekis kamayib boradi. φ ning maksimal qiymati 3—7 km/soat tezlikka to’g’ri keladi.
Tishlashnsh koeffitsienti bilan vertikal kuch o’rtasidagn munosabat to’g’ri chiziqka yakin bo’lib, (7-rasm. v) og’irlik oshishi bilan φ ning qiymati kamayadi.
SHicha va yo’lnipg tishlashishi harakat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega. Tishlashish koeffitsientining yetarli bulmasligi kupincha avariyalarga sabab bo’ladi. Statistika ma`lumotlariga ko’ra avtomobil -yo’l baxtsiz xodisalarnning 16 protsenti yo’liing namgarchilik davriga to’g’ri keladi, yahni tashlashish koeffitsentining kichikligi natijasida sodir bo’ladi. Avtomobil doimiy harakat qilishi uchun uning tortish kuchi bilan yo’lning jami qarshilik kuchi Rψ o’rtasida quyidagi tengsizlik mavjud bo’lishi kerak:
|
| |