• Toshkent- 2014 Dars ishlanmasi 1.Sinf
  • 8.Dars metodlari
  • 11.Tashkiliy qism
  • 13.Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu elektron taqdimotidan namuna: Reja: 1.
  • Tog’ daryolari Tekislik daryolari. 14. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • VENN DIAGRAMMASI.
  • 15.Uyga vazifa berish: Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, qisqacha tushunganlarini yozib kelish. 16.Rag’batlantirish: darsda ishtirok faol etgan o’quvchilarni baholash.
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti




    Download 325.9 Kb.
    Sana04.03.2023
    Hajmi325.9 Kb.
    #44303
    Bog'liq
    BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI, MAVZU DARYOLAR
    Virtual ta’lim muhiti jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy majmualar Atutor, 1. Cho\'l haqida umumiy ma\'lumot Cho\'llarning shakllanishi va tar-fayllar.org, INFORMATIKA FANLARINING MAVZULARI BO\'YICHA FAN, IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ KASBIY SOHASIGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
    Geografiya fakulteti
    ‘Tabiiy geografiya’ kafedrasi
    “Geografiya o’qitish metodikasi” fanidan
    3-kurs talabasi Rahmonqulov Maqsudning
    BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI

    Tekshirdi:p.f.n.dots. Nikadambayeva H.B.

    Toshkent- 2014
    Dars ishlanmasi
    1.Sinf: 5-“B”
    2.Sana: 5.05.2014y.
    3.Fan nomi: Geografiya (Tabiiy Geografiya boshlang’ich kursi)
    4.Ishlanma muallifining FISH: Rahmonqulov Maqsudjon Mahmudovich
    5.Dars mavzusi: 22-§. DARYOLAR.
    6.Dars turi: Aralash
    7.Dars shakli: Nazariy
    8.Dars metodlari: “Test metodi” “Aqliy hujum” “Venn diagrammasi”
    9.Foydalanilgan vosita va jihozlar: 5-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi kompyuter, ekran, proyektr;
    10.Dars maqsadi:

    • Ta’limiy: Daryolar va ularning kelib chiqishi haqida umumiy ma’lumot berish va yangi atama termin tushunchalarga izoh berish.

    • Tarbiyaviy: Yer yuzidagi daryolar va ularning suvlari haqida ma’lumot berish to’g’risida yer yuzida chuchuk suvlar va ularning kamligi haqida aytish suvni asrash va o’quvchilarda tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish.

    • Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda Tog’ va tekislik daryolari haqida umumiy bilimlarni mustahkamlash.

    11.Tashkiliy qism:

    • Salomlashish.

    • Sinfni darsga tayyorligini nazorat qilish.

    • Davomatni navbatchi o’quvchi orqali aniqlash.

    Guruhni dunyo xabarlari bilan tanishtirish.

    12. O’tilgan mavzuni so’rash:
    O’tilgan mavzu 21-§. YER OSTI SUVLARI mavzusini so’rashda savol-javob metodidan foydalanish.
    1 .Yer osti suvlari deb nimaga aytiladi.
    a) Yer po’sti yuza qismidagi tog’ jinlarining g’ovak, bo’shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi.
    b) Ikkita suv o’tkazmaydigan qatlam orasidagi qatlamga aytiladi.
    c) Artezian suvlarga aytiladi.
    2. Mineral suvlar deb nimaga aytiladi.
    a) Yer osti suvlariga mineral suvlar deyiladi.
    b) Ikki qatlam orasidagi suvlarga aytiladi.
    c) Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud.
    3. Artezian quduqlar deb nimaga aytiladi.
    a) Tarkibida mineral moddalarga boy suvlarga aytiladi.
    b) Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli bo’ladi. Bunday joylarda quduqlar artezian quduqlar deyiladi.
    c) O’zi yer betiga chiqadigan suvlarga aytiladi.
    4. Grunt suvlar deb nimaga aytiladi.
    a) Yer yuzasidagi g’ovak jinlar orasidagi suvlar grunt suvlar deyiladi.
    b) Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli bo’ladi. Bunday joylarda quduqlar artezian quduqlar deyiladi.
    c) Tarkibida mineral moddalarga boy suvlarga aytiladi.
    13.Yangi mavzu bayoni:
    Yangi mavzu elektron taqdimotidan namuna:


    Reja:
    1. Daryo nima?
    2. Irmoq deb nimaga aytiladi?
    3.Daryolarga suv qayerdan keladi?
    O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deyiladi.
    O’zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi. Odatda daryolar doimo oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o’lkalarda issiq, yog’in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor.Ular vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.
    Ma’lumki, har bir daryoning boshi va qurar joyi bo’ladi.Daryo boshlanadigan joy uning manbai deb ataladi. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryo baland tog’lardagi qor va muzliklardan boshlanadi.Volga daryosi tekislikda, ko’ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo’lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi.
    Irmoqlar deb daryoga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryoga aytiladi.
    Daryolar yomg’ir, qor, muz suvlari, buloqlar suvlaridan to’yinadi.Baland tog’lardan boshlanadigan daryolar tog’lardagi muzliklar suvi bilan to’yinadi.Ular yozda sersuv bo’ladi (Nega) Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi.Ba’zi daryolarga yomg’ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi.Bunday daryolarni aralash to’yinuvchi daryolar deyiladi.Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.
    Daryolar qadimdan kishilarni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan asosiy maba bo’lib kelgan.Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib quruq yerlarga suv chiqariladi.
    Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.Buni also unutmaylik.


    Tog’ daryolari

    Tekislik daryolari.



    14. Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Yangi mavzuni mustahkamlashda “Aqliy hujum ” metodidan foydalaniladi.
    O’quvchilardan daryolar haqida bilganlarini so’raladi……


    VENN DIAGRAMMASI.

    AMUDARYO

    SIRDARYO

    1.Amudaryo Pomir tog’laridan 1.Sirdaryo Tyanshan tog' boshlanadi.


    boshlanadi. 2.O’zbekistondan oqib o’tadi.
    2.O’zbekistondan oqib o’tadi. 3.Eng uzun daryo.
    3.Eng sersuv daryo. 4.Orolga quyiladi
    4.Orolga quyiladi.


    15.Uyga vazifa berish:
    Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, qisqacha tushunganlarini yozib kelish.
    16.Rag’batlantirish: darsda ishtirok faol etgan o’quvchilarni baholash.
    O’quvchilar bilan hayrlashish.
    Download 325.9 Kb.




    Download 325.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti

    Download 325.9 Kb.