• Mavzu: Noan`anaviy energiya manbalari
  • Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Olmaliq filiali “ ”




    Download 0.49 Mb.
    bet1/2
    Sana25.02.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #43535
      1   2
    Bog'liq
    elektrotexnika m ish
    9-b синф, soha iqtisodiyoti referat, New Документ Microsoft Word, 1

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
    OLMALIQ FILIALI

    ____________________________________________________________” kafedrasi

    _____________________________________________________________” fanidan


    MUSTAQIL ISH





    Mavzu: Noan`anaviy energiya manbalari

    \

    Bajardi:______________guruh talabasi__________________________



    Tekshirdi__________________________________________________

    Olmaliq 2022



    Mavzu: Noan`anaviy energiya manbalari
    Reja:
    I.Kirish:
    Energiya turlari va zaxiralari

    II.Asosiy qism:
    1.Elektr energiyasini olishning an`anaviy va noan`anaviy usullari haqida ma`lumot
    2.Elektr energiyasida ishlab chiqarish bilan bog`liq ekologik muammolar
    3.Quyosh energiyasidan foydalanish
    4.Shamol energiyasidan foydalanish

    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    ENERGIYA TURLARI VA ZAXIRALARI


    Energetika jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. U turli-tuman ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini bir necha barobar orttirishga imkon beradi. Insoniyat sivilizatsiyasining rivoji doimo ishlatilayotgan energiyaning hajmi va turlari bilan chambarchas bog’liqdir. Biroq, milliy va jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi rivoji tabora energiya resurslarining haddan ortiq ko’p ishlatilishi va unga bog’liq holda ular hajmining kamayib borishiga sabab bo’lmoqda. Bu o’z navbatida resurslar taqchilligi va ekologiya muommolarini keltirib chiqarmoqda. Bunday sharoitda insonlarda, jumladan maktab o’quvchilarida energiyadan oqilona foydalanish haqidagi tushunchalarni hosil qilish dolzarb ahamiyatga ega.

    ASOSIY ENERGIYA TURLARI. ELEKTR ENERGIYASINI OLISHNING AN’ANAVIY VA NOANA’NAVIY USULLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


    Dunyoda energetika muammosi dolzarb masalalardan biri bo’lib, bugungi kunda energetika sohasi bo’yicha shug’ullanayotgan olimlarning kun tartibida turibdi. XXI asr fan taraqqiyoti yuksalib texnik - texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga insonni normal yashash imkoniyatini yaratish, uni yetarli energiya, oziq-ovqat bilan ta’minlash asosiy masalalardan biridir. Hammaga ma’lumki, yer qazilma boyliklarining energetik zahirasi kamayib bormoqda. Ammo, unga bo’lgan ehtiyoj ortib, hozirgi kunda yer yuzida aholi soni yetti milliardga yetdi. Insoniyat foydalanayotgan energetika manbalarining quyidagi turlari mavjud: neft, ko`mir, gaz, atom, biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiyalar. Bu energiya manbalarini o`z navbatida ikki turga bo`lish mumkin. Biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiya – yangilanuvchi; neft, ko`mir, gaz, atom energiyasi – yangilanmaydigan. Bu resurslardan olingan energiya elektr energiyasi, kommunal xizmatlarga (binolarni isitish, issiq suv bilan ta`minlash) sarflanadigan energiya kabi ko`rinishlarda bo`ladi. 2008-yilda jahon bo`yicha energiya iste`moli 15 TW (terawatt, 1012 w) ga teng bo`ldi, buni ta`minlashda har yilgidek yangilanmaydigan energiya resurslari katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Lekin keyingi 10-20 yil ichida yangilanadigan resurslarning ham ulushi ortib borayotganligini ko`rishimiz mumkin. Yaqin kunlargacha xavfsiz deb kelingan energiya turlaridan biri bu atom elektrostansiyalaridir. Xalqaro agentlikning ma’lumotlariga ko’ra, 1982-yil boshida dunyo bo’yicha 272 ta atom elektrostansiyasi ishga tushirilgan bo’lgan va ular umumiy elektr energiyasining atigi 3 foizini ishlab chiqargan. 1990-yillarda kelib atom elektr stansiyalari (AES) soni 423 taga yetdi. 2000-yilda atom elektr stansiyalari (AES) dunyoda ishlab chiqariladigan umumiy elektr energiyaning chorak qismini ishlab chiqarishi taxmin qilingan. Atom elektr stansiyalari (AES) lardan foydalanish dunyoda har yiliga 400 million tonna neftni tejash imkonini beradi.
    Hozirgi vaqtda biz energiyani asosan elektr energiyasi ko’rinishida iste’mol qilamiz va elektr energiyasi olishning turli usullaridan keng foydalanamiz. Quyidagi diagrammada elektr energiyasi olishning hozirgi kundagi an’anaviy, noan’anaviy va kelajakda ishlatilishi ko’zda tutilgan usullari keltirilgan:
    Diagrammada keltirilgan usullarning har biri o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega bo’lib u yoki bu usulning ishlatilishi tabiiy resurslarning joylashuvi, energiyaga bo’lgan ehtiyoj va boshqa sabablarga ko’ra aniqlanadi.

    Energiya olishning an’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirishda eng ko’p ishlatilayotgani issiqlik elektr stansiyalaridir (I.E.S.). Issiqlik elektr stansiyalari o’z tarkibiga ko’ra gaz, ko’mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi elektr stansiyalarini hamda uran yadrosi bo’lishida ajraladigan issiqlik hisobiga ishlovchi atom elektr stansiyalari (AES)ni o’z ichiga oladi. Birinchi tur elektr stansiyalarining ishlashi yoqilg’i zahiralarining kamayishi va yonish mahsulotlarining ekologiyaga ta’siri bilan chegaralangan. Atom elektr stansiyalarining ishlashida xomashyo resursi deyarli chegaralanmagan. Lekin AESlari ishlatilishi bilan bog’liq quyidagi muammolar mavjud:
    1. Radiatsiya ta’sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va radioaktiv moddalarning tashqariga chiqib ketishi.
    2. Radioaktiv chiqindilarni saqlash muammosi.
    3. Yadro reaktorlarida mukammal xavfsizlik tizimini yaratish qiyinligi.
    4. Hozirgi kunda ko’p ishlatilayotgan tez neytronlarda ishlovchi briderlarda ko’p miqdorda plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy xomoshyo bo’lgan plutonning yomon niyatli kishilar qo’liga tushish ehtimoli mavjudligi.
    Bugungi kunda AQSHning Texas universitetida Mayk Kotschenreyter boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid ko’rinishidagi sintez – parchalanish qurilmasini yaratdilar. Markazida neytron manbai mavjud bo’lgan va sintez reaksiyasiga asoslanib ishlovchi CFNC(Compakt Fusion Neutron Source) reaktori yengil suv bilan faoliyat yurituvchi odatiy AES lardan ajralib chiqadigan transuran chiqindilar yordamida ishlaydi.
    Elektr energiyasi olishning noan’anaviy usullarini o’quvchilarga tushuntirganda energiya resurslari uchun xomoshyoning chegaralanmaganligi, ekologik tozaligi va qayta tiklanishi bilan an’anaviy usullardan farq qiladi. Bu usullar ichida oxirgi yillarda eng yaxshi o’rganilganligi va keng qo’llanilayotgani Quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida elektr energiyalarini olish yo’lga quyildi.
    Bu sohada O’zbekistonda ham ancha ishlar amalga oshirilgan. Masalan Quyosh fizikasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida Quyosh batariyalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. O’zbekiston energitika vazirligi tashabbusi bilan Danyadan shamol generatorlari Farg’ona viloyatining Bekobod tumaniga keltirib o’rnatilmoqda.
    Bizning Respublikamiz uchun istiqbolli noan’anaviy usullardan biri bioenergetikadir. Hozirgi kunda biogaz olish uchun mo’ljallangan qurilmalarning juda ko’p loyihalari ishlab chiqilgan. Bu qurilmalar birdaniga ikki vazifani, biogaz yoqilg’isini olish va sifatli chirindi o’g’it ishlab chiqarishni amalga oshiradi.
    Geotermal, vulqon energiyasidan foydalanishda turli xildagi gazlar ajralishi bilan bog’liq bo’lgan ayrim ekologik masalalarni ham hal etish lozim bo’ladi.
    Dengiz suvini ko’tarilishi va to’lqinlar energiyasidan foydalanishning effektiv qurilmalari ishlab chiqilgan va kichik quvvatli iste’molchilarni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
    Noan’anavuy energiya olish usullari qanchalik tabiiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmasin ular energiyaga bo’lgan ehtiyojni to’la qanoatlantirmasligi mumkin.
    Shuning uchun ham kelajakning asosiy energiyasi sifatida atom energiyasi qaralmoqda. Atom energiyasidan foydalanishning birinchi usuli uran yadrosi bo’linishi energiyasi va uning muammolari haqida yuqorida aytib o’tildi.

    ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH BILAN BO`G`LIQ EKOLOGIK MUAMMOLAR.


    Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning buzilishi har xil ekologik ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Xususan, Amudaryo quyi qismida hosil qilingan ekologik fojia, ya’ni har xil o’ta zaharli moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan to’g’ri foydalanmaslik, mineral o’g’itlardan foydalanishning buzilishi, yerlarning ko’plab o’zlashtirilishi, to’qayzorlarning yo’qolishi, ko’llarning quritilishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi. Ha, tabiat bitmas-tuganmas xazina, undagi jonsiz va jonli tabiatni, turli-tuman o’simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh avlodning tabiatdagi xilma-xillikni, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni to’g’ri tushunishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ammo tabiatni muhofaza qilishga e’tibor bermaslik yoki uni ikkinchi rejaga surishning o’zi insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo’yicha uzoq muddatga tuzilgan rejaning bajarilishiga to’sqinlik qiladi, xuddi shuningdek, u sanoatni har xil mahsulotlar bilan ta’minlashni buzadi va oqibatda odamzodning yashashi uchun zarur bo’lgan sharoitning yomonlashishiga olib keladi. Ekologik muammolar qachonlardir milliy va mintaqaviy muammolardan chiqib butun insoniyatning muammosiga aylangan. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog’liqdir. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar o’z yechimini kutmoqda:

    QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH.


    Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon o‘z nurini Yerga sochib turadi. Quyosh nuri ham energiya. Odamlar uni elektr tokiga aylantirishni o‘rganib oldilar. Buning uchun maxsus yarimo‘tkazgichli asboblar — fotoelementlar yaratilgan. Ular birgalikda quyosh batareyasini tashkil qiladi. Quyosh radiatsiyasi energiyasini amalda foydalanish uchun qulay bo‘lgan energiya turlariga aylantirib berish masalalari bilan shug‘ullanadigan texnika sohasi geliotexnika deb ataladi. Geliotexnika yordamida elektr energiyasi yetib bormagan joylar (masalan, chorvadorlar istiqomat qiladigan joylar) ni elektr toki bilan ta’minlash, uylarni elektr nurlari yordamida isitish, issiq xonalarni isitish va boshqa ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Yerga uzatiladigan Quyosh energiyasining miqdori, hozirda dunyoda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan, 20 marta ko’pdir. Ammo, Quyosh nurlari oqimining zichligi kam bo’ladi, shu sababli bu energiya juda qimmat turadi. Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasi quyi potensialli (harorati 100 gradusga qadar bo’lgan) issiqlikkka aylantirladi va undan kommunal xo’jalik issiq suv ta’minotida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini (mevalar) quritishda foydalaniladi.

    Download 0.49 Mb.
      1   2




    Download 0.49 Mb.