Olmaliq filiali “ ”




Download 0.49 Mb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#43535
1   2
Bog'liq
elektrotexnika m ish
9-b синф, soha iqtisodiyoti referat, New Документ Microsoft Word, 1
Quyida yuqori temperturalar hosil qilinadigan konsentratorlar tasvirlangan:

Quyosh energiyasi yordamida hozirgi vaqtda Yer ostidan suvlar chiqarib olinadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va turar joylarda maishiy qulayliklar ta’minlanadi. Meva-sabzavotlar yetishtirilib, yemxashaklar o’stiriladi.

Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan quyosh panellari
SHAMOL ENERGIYASIDAN FOYDALANISH.
Shamolning katta kuchi hisobiga ekoligik toza texnologiyali elektr energiya ishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Kosmosdan olingan rasmlarning ko’rsatishicha, mustaqil hamdo’stlik davlatlari territoriyasining havo okeani doimiy shamol ta’sirida turadi. Undan energiya manbai sifatida foydalanib, turli shamol elektr stansiyalari yaratish fikri maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun shamoldan foydalanishga maqbul joylarni tanlash va ularni tavsiflash uchun tegishli ma’lumotlarni to’plash kerak. Shamol elektr stansiyalari uchun yangi temir yo’llar qurish, yoqilg’i qazib ollish va uni tashib keltirish kerak bo’lmaydi va hokazo.
SHAMOL ENERGIYASI QURILMALARI
Havo oqimi ham, istalgan harakatlanuvchi jism ham harakat energiyasiga ega bo’ladi. Bu kinetik energiya shamol g’ildiragi yoki boshqa ishchi organ yordamida mexanik energiyaga o’zgartiriladi. SHamol qurilmalarining vazifasiga ko’ra mexanik energiya ijrochi mexanizmlar (generatorlar, kompressorlar, elektrolizlar va boshqalar) yordamida elektr, issiqlik, mexanik, shuningdek, siqilgan havo energiyasiga o’zgartirilishi mumkin. SHamol energiyasini elektr energiyasiga o’zgartiradigan asosiy mexanizm shamol turbinasi hisoblanadi. U boshqa turbinalarga qaraganda ko’proq detallar soniga ega. SHamol vtulkaga mahkamlangan parraklarni aylantiradi va ular birgalikda aylanadi. SHunday qilib, parraklar va vtulka birgalikda rotorni tashkil qiladi. SHuningdek, turbinani parraklarini aylantiradigan va to’xtatadigan kontaktlar mavjud. Generator aylanadi va elektr energiyani ishlab chiqaradi. Generator, kontroller va boshqa qurilmalar parraklar orqasidagi qutiga joylashtiriladi. Anemometr shamol tezligini aniqlaydi va bu axborotni kontrollerga uzatadi. SHamolning tezligi 15-23 km/soatga yetganida shamol agregati aylana boshlaydi, tezlik 100 km/soatda ortganida mexanizmni shikastlanishlardan saqlash uchun ular avtomatik ravishda to’xtaydi.

Xulosa
Dunyoda energetika muammosi dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda Hammaga ma’lumki, yer qazilma boyliklarining energetik zahirasi kamayib bormoqda. Ammo, unga bo’lgan ehtiyoj ortib, hozirgi kunda yer yuzida aholi soni yetti milliardga yetdi. Insoniyat foydalanayotgan energetika manbalarining quyidagi turlari mavjud: neft, ko`mir, gaz, atom, biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiyalar.
Bu energiya manbalarini o`z navbatida ikki turga bo`lish mumkin ekan. Biomassalar, suv, quyosh, shamol, geotermal energiya – yangilanuvchi; neft, ko`mir, gaz, atom energiyasi – yangilanmaydigan. Bu resurslardan olingan energiya elektr energiyasi, kommunal xizmatlarga sarflanadigan energiya kabi ko`rinishlarda bo`ladi. Yaqin kunlargacha xavfsiz deb kelingan energiya turlaridan biri bu atom elektrostansiyalaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Рахматов И.И.Целостная технология при обучении школьного курса физики ”Замонавий физика ва астрофизиканинг долзарб муаммолари” III республика илмий амалий анжумани материаллари;Карши, 23 май, 2015.-Б.244-246.

  2. Рахматов И.И жўраев и Умумкасбий ва ихтисослик фанлари бўйича электрон дарсликларни яратишнинг назарий асослари.“Ўрта махсус ва олий таълим тизимида фаолият кўрсатаётган педагог кадрларни касбий компетентлигини такомиллаштириш ”Республика илмий амалий анжумани. Бухоро,2015.-Б. 248-250

  3. Рахматов И.И Рустемов Б Функционально-структурный анализ технологии обучения “Ўрта махсус ва олий таълим тизимида фаолият кўрсатаётган педагог кадрларни касбий компетентлигини такомиллаш тириш” Республика илмий амалий анжумани; Бухоро,2015.-Б.250-254.

  4. Рахматов И.И Болтаев С.А.Радиоэлектроника дарсларида талабаларнинг техник ижодкорлигини ошириш “Радиотехника телекоммуникация ва ахборот технологиялари муаммолари ва келажак ривожи” мавзусидаги халқаро илмий техник конференция мақолалари тўплами. Тошкент,2015. 21-22 май II том,-Б.402-404.

Download 0.49 Mb.
1   2




Download 0.49 Mb.