• OLTIN FOND 2021, 1-son 24
  • Oltin fond 2021, 1-son




    Download 3.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/27
    Sana22.10.2022
    Hajmi3.91 Mb.
    #27802
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
    Bog'liq
    OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
    Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
    OLTIN FOND 

     
     
     
     
     
    2021, 1-son 
     
     
    23 
     
     
    Zahro Xalilova 
    Qarshi shahridagi Prezident maktabi
    10 “blue” sinf o„quvchisi 
     
     
    SHUKRONA 
     
    Oppoq beg‗ubor tong otar ohista
    Qishlog‗im ko‗rkiga zeb berar quyosh 
    Bulbullar xonishi boshlanar asta
    Sirlashar tabiat men bilan sirdosh 
    Tong. Mening tongim qanchalar go‗zal 
    Yonog‗in taftini sezar yuragim 
    Qalbim sog‗inchingdan hapqirgan mahal 
    Shukur-la boshlayman har bir tilagim 
    Tongni qarshilamoq baxtin muyassar, 
    Etgan Parvardigor, Robbimga shukur 
    Bitta mayizini qirqqa teng bo‗lgan 
    Bir mushtga birlashgan xalqimga shukur 
    Xalqni sevgan, siylagan Prezidentim 
    Sinovlar egmagan qaddin, bardoshin 
    Sizni bosh aylagan Allohga shukur 
    Asragan shu yurtning ulug‗in, yoshin 


    OLTIN FOND 

     
     
     
     
     
    2021, 1-son 
     
     
    24 
    Borliq qo‗shig‗iga bo‗lib hamohang, 
    Chalinar quloqqa azonning sasi 
    Ilk quyosh nuri-la ko‗kka intilgan
    Atirgul shabnami ko‗nglim oynasi. 
    Samoni qoplaydi qushlar chug‗uri 
    Bahor gullarida kapalak g‗ujg‗on 
    Ayvonimda qaldirg‗och vijir-vijiri 
    Shukrkim, osuda, tinch, moviy osmon. 
    Ariqdan suv olib sepa boshlayman. 
    Oh, bunchalar totli hiding, Ona Yer, 
    Ta‘rifingga so‗z yo‗q bayon aylasam 
    Ojizdir qalamim ham nazm, nasr 
    Ko‗rpadek yastangan kiyik o‗t, rayhon 
    Isidan mast bo‗lib, aylanar boshim 
    Bunday yurt tuprog‗in, giyohin o‗pmay 
    Bo‗larmikin? Ayt-chi ey, vatandoshim… 
    Men bugun o‗quvchi, erta talaba 
    Omad, baxtga to‗la tonglar kutaman. 
    Sinovlar uchraydi ko‗p yo‗limizda 
    Boshim mag‗rur, qaddim bukmay o‗taman. 

    Download 3.91 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 3.91 Mb.
    Pdf ko'rish