OLTIN FOND
2021, 1-son
27
MA‟NAVIY-MA‟RIFIY TADBIRLAR
QADRING BALAND BO„LSIN – ONA TILIM
Ruslan Muhammadiyev
Qarshi shahridagi Prezident maktabi
oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o„qituvchisi
Shu yilning 21-Oktabr sanasida Qarshi shahridagi
Prezident maktabida
pedagog-xodimlar va o‗quvchilar bilan birgalikda ―Qadring baland bo‗lsin – ona
tilim‖ deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy, adabiy kecha o‗tkazildi. Unda
ona tili va
adabiyot fani ustozlari Ruslan Muhammadiyev
va Xurshida Xaydarovalar,
shuningdek, rejissor Xayrullo Xaqberdiyev tomonidan tayyorlangan sahna asarlari va
she'riy mushoiraxonlik o‗quvchilar tomonidan yuqori kayfiyatda va a'lo darajada ijro
etildi.
Tadbir boshida Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi viloyat bo‗limi
rahbari Lola Saodatova so‗zga chiqdi va tadbirda faolliklari bilan alohida ajralib
turgan, bilimdon o‗quvchilarga kitoblar sovg‗a qilgan holda tadbirini ochib berdi.
Tadbir nihoyasida esa, maktab direktori Sardor Sodiqovich Sodikov so‗zga chiqdilar
va o‗z his-tuyg‗ularini
yashirmagan holda, tadbirni boshidan oxirigacha qalblari
zavq-u shavq, faxr-iftixorga to‗lib tomosha qilganliklarini alohida ta‘kidlab o‗tdilar.
Shuningdek, tadbirni tashkillashtirishda jonbozlik ko‗rsatgan ona tili va
adabiyot fani ustozlari, rejissor, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari bo‗yicha
direktor
OLTIN FOND
2021, 1-son
28
o‗rinbosari, psixolog va barcha faol ishtirokchilarga maktab direktori alohida
minnatdorchilik bildirib, ―Tashakkurnoma‖lar taqdim etdi.