|
Oltin fond 2021, 1-sonBog'liq OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlariOLTIN FOND
2021, 1-son
34
shakllantirishni maqsad qilib qo‗yadi. Tarix fanini o‗qitishda insoniyat tarixining
ibtidoiy tarixidan to milodiy 476-yil ya‘ni G‗arbiy Rim imperiyasi qulagangacha
bo‗lgan muhim tarixiy voqealarini loyiha metodi asosida o‗rganish ko‗zda tutiladi. 6-
sinf o‗quvchilarga tavsiya etiladigan manba va adabiyotlar o‗quvchining yoshiga
mos, sodda va tushunarli bo‗lishi kerak. O‗quvchilar loyihani bajarish jarayonida
yuqori sinf o‗quvchilari va ota-onalar yordamiga suyanadi. Bu ular o‗rtasidagi
muloqotni yaxshilashga yordam beradi.
Loyiha doirasida yechilishi kerak bo„lgan muammo: Miloddan avvalgi VI –
IV asrlarda vatanimiz tarixi to‗g‗risida, xalq ozodligi uchun kurashgan xalq
qahramonlari jasorati to‗g‗risida tasavvur, tushuncha va bilim hosil qilish.
Loyihaning maqsadi: Vatanimizning qadimgi tarixi to‗g‗risida o‗quvchilarda
bilim hosil qilish.
Vazifalar:
1. Mavzuga doir adabiyot va manbalarni to‗plash.
2. Matn va axborot manbalari bilan ishlash.
3. Mavzuga doir slayd tayyorlash, hikoya tuzish, taqdimot
Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija o‗quvchilar To‗maris, Shiroq
va Spitamenning jasoratlarini mavzusini o‗rganish jarayonida mavzuga doir manba
va adabiyotlarni to‗plash, ularni tahlil qilish, darslik matni va axborot manbalari bilan
ishlash, tarqatma materiallar tayyorlash, krossvord tuzish, loyiha taqdimotini
tayyorlash ko‗nikmalariga ega bo‗lish.
Loyihadan foydalanuvchilar: Prezident va umumta‘lim maktablari tarix fani
o‗qituvchilari.
Loyihaning obyekti: Prezident maktabi 6-sinf o‗quvchilari.
6-sinf tarix darslarida ―O‗rta Osiyoda Ahamoniylar hukmronligi‖ mavzusini
o‗quvchilarga o‗tish jarayonida loyiha metodini qo‗llash, natijalarni taqdim qilish
uchun quyidagi shakldan foydalanish ko‗zda tutiladi.
Taqdimot tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
- taqdimot turini tanlash;
|
| |