• Kalit so„zlar
  • Oltin fond 2021, 1-son




    Download 3.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/27
    Sana22.10.2022
    Hajmi3.91 Mb.
    #27802
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
    Bog'liq
    OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
    Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
     
    Xurshida Xaydarova
    Qarshi shahridagi Prezident maktabi
    oliy toifali ona tili va adabiyot fani o„qituvchisi
    Annotatsiya. Sleng norasmiy holatdagi kundalik suhbat hamda yozishmalarda 
    foydalaniladigan so‗zlar, shuningdek iboralarni o‗z ichiga oladi. Ushbu atama ―sub‖ 
    hamda ―language‖ so‗zlarining qisqartmasi bo‗lib, ijtimoiy guruhlarda qo‗llaniluvchi 
    o‗ziga xos so‗zlardir. Sleng, asosan, og‗zaki nutqda yaratiladi hamda so‗zlashuvda 
    keng tarqaladi. Shuningdek, hozirgi kunda slenglarni tarqatishning boshqa manbalari 
    – internet, ijtimoiy tarmoqlar, reklamalar, qo‗shiqlar mavjud. Yozuvchilar tomonidan 
    qo‗llanganda, sleng ma‘lum bir ta‘sirga erishish uchun tanlanadi. Yozuvchilar 
    kamdan kam hollarda sleng yaratishadi. Sleng eng qiziqarli hayot sohalarini 
    tasvirlaydi. Yoshlar slengini kattalarni chetlashtirish uchun mo‗ljallangan kodlangan 
    til deb hisoblash ham mumkin. Hozirgi kunda deyarli har bir yosh kompyuter hamda 
    internet tarmog‗ida faoldir. Internet, kompyuterlar, hamda kompyuter o‗yinlari keng 
    tarqalgan bo‗lib, hayotning ushbu sohasi bilan bog‗liq so‗zlari yoshlar orasida juda 
    mashhur bo‗lib kelmoqda. Yoshlar hamda ularning qiziqishlari haqidagi materiallarni 
    o‗z ichiga olgan barcha jurnallar, teledasturlar ham ko‗plab slenglarni o‗z ichiga 
    olmoqda.
    Kalit so„zlar: ijtimoiy guruh, yoshlar slengi, adabiy til, sema, til xususiyatlari, 
    tilshunoslik, sotsiolingvistika.
    Sleng tilni tetiklashtirish, yanada chiroyli qilish, hayratlanarli so‗zlar zaxirasini 
    ko‗paytirish yoki yangi ma‘no qirralarini kashf etish, so‗z boyligini ta‘minlash uchun 
    zukko shaxslar tomonidan yaratiladi. Slengni yaratuvchilarning aksariyati, ehtimol, 
    ushbu maqsadlarni anglamaydilar hamda ular tillarda sodir bo‗ladigan voqealar 
    haqida ortiqcha tashvishlanmaydilar. 



    Download 3.91 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




    Download 3.91 Mb.
    Pdf ko'rish