|
Oltin fond 2021, 1-sonBog'liq OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlariOLTIN FOND
2021, 1-son
38
qo‗shilishlarini ko‗rsatadigan belgi sifatida slengdan foydalanadilar. Bu – guruhdan
tashqaridagi vaziyatlarda qabul qilinmaydigan hamda keng aholi uchun noqulay
bo‗lgan foydalanish uslubidir.
Hozirgi kunda yoshlarning nutqida qo‗llanayotgan eng faol slenglardan
namunalar:
- Shok video: ta‘siri kuchli, hayratlarga to‗la video;
- Comment: o‗z shaxsiy fikrini bildirish;
- Parot: biror ish o‗xshamaganda qo‗llaniluvchi so‗z;
- Udari: haddan ortiq ma‘qul bo‗lganda qo‗llaniluvchi so‗z;
- Blokdan chiqarish: virtual olamdagi biror kishi bilan bo‗lgan aloqani tiklash;
- Vkuslaring bormi: tanlov qobiliyatiga nisbatan qo‗llaniluvchi so‗z;
- Atmetka qilish: virtual olamdagi belgilashni bildiruvchi so‗z;
- Like bosish: o‗ziga ma‘qul kelganligini bildirishda qo‗llaniluvchi so‗z;
- Shaytonlamay gapir: shoshmasdan, aralashtirmasdan gapirishga nisbatan;
- Podpiska bosish: virtual olamdagi biror guruhga yoki tarmoqqa a‘zo bo‗lish;
- Commentariya yozish: ijtimoiy tarmoqlarda o‗z shaxsiy fikrini qoldirish;
- Trendga chiqdi: modaning kuchayishida qo‗llaniluvchi so‗z;
- Commentariya: shaxsiy fikrlar;
- Portlab ketish: o‗zini boshqara olmay qolganda qo‗llaniluvchi so‗z;
- Piar qilish: mashhur kishilarning o‗z-o‗zlarini soxta shov-shuvli xabar bilan
reklama qilishlari.
Slenglarning o‗ziga xos turlaridan biri bu o‗spirin slengi, o‗spirinlar tomonidan
ishlatiladigan til uslubi yoki boshqacha aytganda, tilning avlodga xos
foydalanilishidir. Ushbu turdagi slenglarning muhim vazifasi umumiy kattalar
dunyosidan ajralib turadigan o‗ziga xoslikni yaratishdir. O‗spirinlar, odatda,
o‗zlarining yosh guruhiga mansubligini hamda boshqa yosh guruhlaridan ajralib
turishini ko‗rsatadigan til uslubidan foydalangan holda o‗zlarini bolalar va
kattalardan ajratib turadilar (o‗spirinlar o‗zlarini begona deb da‘vo qiladigan boshqa
avlodlar bilan o‗zaro munosabatlarda bunday iboralarni qo‗llamaydilar hamda
|
| |