Oltin fond 2021, 1-son




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana22.10.2022
Hajmi3.91 Mb.
#27802
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
OLTIN FOND 

 
 
 
 
 
2021, 1-son 
 
 
39 
ulardan foydalanishni ma‘qullamaydilar). O‗spirinlar slengi tez o‗zgarib turadi, 
chunki insonlar cheklangan vaqt ichida o‗spirin bo‗lib, kattalar o‗zlarini chetga 
olishadi hamda guruh so‗zlarini vaqt o‗tishi bilan sodir bo‗layotgan o‗zgarishlarni 
eski iboralar hamda ma‘nolarga qarab asta-sekin unutishadi.
Boshlang‗ich maktab yoshidagi o‗quvchilar (o‗rtacha 7 – 12 yosh) yoshlar
tomonidan qo‗llanadigan barcha sleng iboralarini yaxshi bilishmaydi hamda aksariyat 
slenglarning ma‘nosini anglamaydilar. Ular slengni noo‗rin til deb bilishadi hamda 
bunday so‗zlarni qo‗llaydigan insonlarni odobsiz deb hisoblashadi. Slengdan 
foydalanish ko‗proq o‗rta maktab yoshidagi o‗quvchilar orasida kuzatiladi. 
Til ba‘zida davr talabi bilan moda yoki musiqa uslubi kabi tez o‗zgarib turadi hamda 
xuddi moda singari u ham o‗ziga xos shaxsni belgilash uchun qo‗llanilishi mumkin. 
O‗spirinlik hayotning bir davrini belgilab berganligi sababli, o‗zlikni tasdiqlashga 
intilish kuchli bo‗ladi. Kattalar yoshlar singari tilni rivojlantira olmaydilar. Yoshlar 
davr uchun eng samarali aloqa shakllarini belgilaydilar. Tilning bir shaklidan uzoq 
vaqt davomida foydalanib bo‗lmaydi. Yoshlarni tilni tabiiy ravishda rivojlanishiga 
imkon beradigan novatorlar deb hisoblash mumkin. Ba‘zi hollarda savodxonlar ham 
nasriy asarlarda imzo so‗zlari yoki iboralarni qo‗yish orqali tilni rivojlantiradilar. 
Ularning yangi so‗zlar haqidagi yozuvlari so‗zlarni lug‗atlarga kiritadi.
Hozirda sleng yoshlarning asosiy tiliga aylanmoqda. Ba‘zi yoshlar slenglardan 
asosiy til sifatida foydalanadilar hamda kerak bo‗lganda jamiyatning qolgan qismi 
bilan to‗g‗ri aloqa qilishni unutadilar. Bu holat esa yoshlarning rasmiy doiralarda 
mehnat faoliyatlarini olib borishlarida hamda mansab-unvonlarining yuqori 
pog‗onaga ko‗tarilishida to‗sqinlik qilishi mumkin. Yoshlar slengdan qachon va qay 
tarzda foydalanishlari kerakligini farqlashlari lozim.



Download 3.91 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish