OLTIN FOND
2021, 1-son
19
Sodiqjon azonlab uyqudan turishning foydalari haqida o‗rtoqlariga
berilib
gapirayotganda oxirgi partada o‗tiradigan sinfdoshi Zafar uning so‗zini bo‗lib, kalaka
qila boshladi.
- Chol bola bo‗ldim, degin. Balki bobong bilan birgalikda samovarga ham
chiqarsan, boboylar bilan chaq-chaqlashgani? Chol bola! Sinfda gurr etib kulgu
ko‗tarildi. Avval o‗g‗il bolalar, keyin qizlar kulgu simfoniyasiga jo‗r bo‗lishdi. Sinf
sardori Baxtiniso bolalarni tinchitish o‗rniga labini dastro‗molcha bilan yopib ichida
kulab o‗tirdi. Ayniqsa, sinf tozalik raisi Sabina ichagi uzilib kular, yuzlari bobosining
anoriday qizarib, ko‗zlaridan tomchi-tomchi yosh yugurardi. Har kuni undan uy
vazifasini ko‗chirtirib oladigan Axror shumshuk ham ozg‗in yelkalarini uchirib,
qornini ushlagancha kulishdan o‗zini tiyolmadi. Hozirgina uning so‗zlarini jon
qulog‗i bilan eshitib turgan Orif ham tushib qolgan tishlarini Sodiqjonga ko‗rsatib
mazax qilganday irshayib turar edi.
―Chol bola‖ emish. U uyga qaytarkan, o‗ziga o‗zi bu so‗zni takrorlardi.
Qarab
turinglar, sizlarga birovning ustidan kulishning oqibati nimalarga olib kelishini
ko‗rsatib
qo‗yaman.
Darsdan
kelib
choyini
ichib,
dadasiga
tomorqada
yordamlashayotganda ham, nonushta mahalida ham, ayniqsa kechki ovqatda oila
davrasida bobosining nasihatlari ham qulog‗iga kirmas, uy vazifasini tayyorlash
paytida ham faqat sinfdoshlarining kulgu, mazaxlari tinchlik bermasdi. Birdan qo‗liga
daftar
va qalam olib, ko‗pdan beri o‗ylab yurgan bir rejasini qog‗ozga tushira
boshladi.
Ertasi kuni u darsga ho‗mrayib kirib keldi, deb o‗ylayapsizmi, yo‗q
adashdingiz. Aksincha, har kungidan ham quvnoq va dadil edi u. Sinfdoshlaridan
kimdir ana ―chol bola‖ keldi, deganiga ham parvo qilmadi. Sekin joyiga o‗tirib, kecha
yod olgan she‘rini ko‗zini qisman yumgancha takrorlab, xayolidan o‗tkazib oldi. Sinf
sardori Baxtiniso hammaga bir-bir ma‘noli qarab chiqqach, Sodiqjondan so‗radi:
— Bugun kechagidan ham shodon ko‗rinasan, bugun
qanday yangiliklar bilan
kelding?