Oltin fond 2021, 1-son




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana22.10.2022
Hajmi3.91 Mb.
#27802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
OLTIN FOND 

 
 
 
 
 
2021, 1-son 
 
 
20 
— Eshitasizlarmi? Kecha bobomning kitoblaridan birida o‗qidim. Inson kelgusida 
qanday inson bo‗lib voyaga yetishida uning tarbiya olayotgan muhiti, yon-atrofidagi 
kishilarning, tengdoshlarining ta‘siri muhim ahamiyatga ega ekan... 
— Yana bobong, yana senmi? Boshqa gap qolmaganmi olamda? Uning so‗zini 
odatiy holda bo‗ldi Zafar. — 5-―A‖sinfning allomasi bo‗lib qoldim, de.
— E-e-e... ―Quyosh va men‖... Yo‗q, shoshma, oldin mening so‗zlarimni 
eshitinglar... bugun azonda... 
— E, bo‗ldi qil-ay. Maza qilib uxlab yotganda odamning ustidan kimdir issiq 
ko‗rpani olib tashlaganday qilmagin. Kim qancha uxlasa o‗zi biladi. Senga qolibdimi 
o‗qituvchilik qilish, boshqalarga motivatsiya berish. Undan ko‗ra yoqangni to‗g‗rilib 
ol, ―Chol bola‖. 
Yana hamma gurillab kulib yubordi. O‗qituvchi sinfxonaga kirib kelganda ham 
kimdir piq-piq kulib o‗tirardi. Shunda ham Sobitjonning qovog‗i osilmadi. O‗zini 
erkin tutib, o‗qituvchining ―kim uyga vazifani bajarib keldi?‖ degan savoliga 
birinchilardan bo‗lib, ―men‖, deb o‗rnidan turdi. O‗tgan va yangi mavzudan ham 
ozgina gapirib bergan edi Muxlisa Botirova unga ikkita ―5‖ baho qo‗ydi. Zafarga 
qarab, xuddiki, darsdan oldin bo‗lib o‗tgan voqeani eshitib turganday, ―dangasalikni 
yig‗ishtirib, sen ham undan o‗rnak ol‖, deganda negadir sinfxonada g‗ala-g‗ovur 
boshlandi. Muallimning qat‘iy ohangdagi ovozi o‗quvchilarni sergaklantirdi: 
— Bolalar, jiminglar, yangi mavzuni tanishtiraman...
Zafar to‗rt yilni tengdoshlaridan orqada qolib, muallimlarining dakkisini 
eshitish bilan o‗tkazgan ulgurmovchi bolalardan biri edi. Uning Sobitjonda alami bor. 
Har darsda u a‘lo baho va maqtov eshitadi. Zafar esa... Ha, shovvoz, ana, u darsdan 
so‗ng maktabdan chiqib, muyulishdagi yo‗lda Sobitjonni kutib o‗tiribdi. Unda nima 
gapi bor ekan, balki tongda uyg‗onish sirlarini va yoki bilimdonlik sirlarini o‗rganib 
olmoqchidir, har holda hechdan ko‗ra kech yaxshi. Yaxshi tomonga o‗zgargandir 
muallimning bugungi dashnomlaridan keyin. Yo‗q, uning avzoyi buzuq; boyadan beri 
asabiy yo‗lning u yog‗idan bu yog‗iga borib keladi. Kurtkasining yengini asabiy 
tishlab, tishlab qo‗yganiga qaraganda vaziyat og‗ir tus oladiganday. Shovvoz, senga 



Download 3.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish