Oltin fond 2021, 1-son




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana22.10.2022
Hajmi3.91 Mb.
#27802
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
OLTIN FOND JURNALI 1-SON oxirgi
Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O\'zbekiston hukmdorlari, 1. Tadbirkorlik turlari va shakllari, yarimo-tkazgichli-lazerlar
OLTIN FOND 

 
 
 
 
 
2021, 1-son 
 
 
22 
Uzoq kutilgan tadbir boshlandi. Direktor so‗zga chiqdi. Bugun mamlakatimizda 
o‗quvchilarning bilim olishlari, iqtidorini har tomonlama namoyish etishlari uchun 
barcha eshiklar ochiqligini qayta-qayta takrorladi. Maktabning ana shunday 
o‗quvchilar orasida... ―Zafar ham bor...‖ bo‗lsa edi, qaniydi. Bechoraning 
peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Axir ro‗yxatda Sobitjonning ismi-sharifi birinchi 
o‗qildi. Shundan so‗ng maktab sahnasida bir-biridan qiziqarli ertak tomoshalari 
boshlandi. Jajji qizaloqlar sho‗x raqslarga tushishdi. Qorbobo-Qorqiz she‘r aytgan 
bolalarga sovg‗alar ulashdi. 
Nihoyat, ―ajoyib ―syurpriz‖ e‘lon qilinadigan vaqt yetib keldi. Zalda jimjitlik. 
Direktor sahnaga salmoqlab chiqib keldida, tomog‗ini qirib, 5-―A‖sinflar rahbarini 
davraga taklif etdi. Unga shahar xalq ta‘limi bo‗limining faxriy yorlig‗ini topshirdi. 
Mamnuniyat bilan maktab jamoasini qutladi. So‗ng birdan jimib qoldida, armon bilan 
so‗zboshladi: 
— Mening bolaligimdagi armonim hanuz ko‗ksimni g‗ijimlaydi. Bolaligimda ona 
tabiatni boshqacha sevardim xuddi tengdoshingiz Sobitjonday. She‘rlar yozardim. 
Kitob qilish qayoqda edi o‗shanda o‗quvchining ijodini. Bir kuni maktabimizga 
tekshirish kelib, sumkamdagi she‘rlarni ko‗rib, muallimimizni ishdan olgan edi... Va 
meni ham maktab haydab yuborishdi. Bu nomusga chidolmagan dadam shahardan 
qishloqqa ko‗chib ketgan edi. O‗shanda mening iqtidorim quvilgan edi... Direktor 
chuqur nafas olib so‗zini davom ettirdi: 
— Shukrki, sizlar bizlar ko‗rmagan imkoniyatlarni, qo‗llab-quvvatlashlarni 
ko‗rdingiz, baxtingizga ilohim ko‗z tegmasin! Bugun men baxtliman! Mana, 
tengdoshingiz Sobitjon mening armonimni yuzaga chiqardi. ―Quyosh va men‖ nomli 
ilk kitobi nashrdan chiqdi. Uni barchamiz tabriklaymiz!
Davrada gulduros qarsaklar chalindi. Zafar yugurib borib, Sobitjonni mahkam 
bag‗riga bosib:
— Oshnajon, menga ham quyosh bilan sirlashishni o‗rgat, men ham senday buyuk 
ishlar sari qadam tashlayin! — dedi. Sobitjon, ―albatta, do‗stim, bu — boshlanishi, 
bizlarni oldinda bundan ulug‗vor ishlar kutmoqda‖ deya oldi hayajon ichida. 



Download 3.91 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish