• ERP-tizimi
  • Nazorat tizimini tanlash
  • Ombor faoliyatining boshqaruv tizimini avtomatlashtirish (amaliyot)




    Download 130.61 Kb.
    Sana07.11.2022
    Hajmi130.61 Kb.
    #29410
    Bog'liq
    6 Омбор фаолиятининг бошқарув тизимини автоматлаштириш


    Ombor faoliyatining boshqaruv tizimini avtomatlashtirish (amaliyot)
    Korxona boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish xodimlarga psixologik yukni kamaytirishga yordam beradi. Ish kuni davomida texnologik operatsiyalarga doimiy e’tibor qaratilishi zarur bo‘lganligi sababli bu muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun doimiy diqqatni jamlamasdan bajarib bo‘lmaydigan vazifalar, odatda, asosan, axborot tizimlariga o‘tiladi. Muayyan sxemalar to‘plami ichida ishlaydigan kompyuterlar ular bilan mukammal ishlaydi. Inson vaziyat nazoratdan chiqib qolsa yoki standart usullardan birini qo‘lda tanlash zarur bo‘lgandagina o‘z-o‘zidan qaror qabul qilishi kerak.

    ERP-tizimi. Bugungikundadeyarliharbir kompaniya ishlabchiqarishfaoliyatiniboshqarishtizimigaega. U «EnterpriseresourceplanningSystem» ("Korxonaresurslarinirejalashtirishtizimi") dan ERP-tizimidebataladi. O‘tgan o‘n-o‘n besh yillar mobaynida ko‘plab yirik tashkilotlar ERP -klassli integratsiyalashgan axborot tizimlarini tatbiq yeta boshladi va bu tizimlar buxgalteriya hisobi va moliya tizimlaridan transformatsiyalandi. Asta-sekin bunday tizim qo‘shimcha funksiyalarni, shu jumladan kompaniya omborini boshqarish funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi. Bu transformatsiyaning tipik misoli taniqli "1-C" tizimidir. Natijada korporativ boshqaruv vazifalari texnologik jarayonlarni boshqarish vazifalari bilan qo‘shilgan nazorat tizimi yuzaga keldi. Bu muammoning eng yaxshi yechimi emas, chunki bu vazifalarga qo‘yiladigan talablar bir-biridan juda farq qiladi.

    ERP-tizimining bir necha ta’riflari ma’lum:
    1. ERP-tizimi – yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasi, yagona dastur va ishlab chiqarish, iqtisodiy va moliyaviy, savdo va sotib olish, shuningdek moddiy zaxiralarni saqlash faoliyatini boshqarish uchun umumiy foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan birlashgan boshqaruv tizimining bir turi.
    2. ERP-tizimi –mijozning buyurtmasini to‘g‘ri rejalashtirish, qayta taqsimlash va korxonaning moddiy va nomoddiy resurslarini yo‘naltirish orqali o‘z vaqtida maksimal aniqlik bilan bajarish imkonini beruvchi dasturiy vositalar va boshqaruv yechimlari majmui.
    ERP-sinf tizimlari – bu korxonaning barcha asosiy iqtisodiy operatsiyalarini rejalashtirish, hisobga olish, nazorat qilish va tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun yagona muhitni yaratishga imkon beruvchi birlashtirilgan ilovalar majmuidir.
    Nazorat tizimini tanlash. Omborni boshqarish uchun ERP- tizimini mustaqil tanlash yoki bu maqsad uchun tajribali mutaxassisni taklif etish mumkin. Ammo xar qanday holda unga aniq talab qo‘yilishi lozim, ya’ni, unga qo‘yilgan mablag‘lar bekorga sarflanmasligi va omborning samarali ishlashiga imkon berishini bilish kerak.
    Odatda quyidagi talablar ajratib ko‘rsatiladi:
    Ombor boshqaruvining barcha asosiy jarayonlarini kiritish. Tizimni tanlashda korxonadagi barcha mavjud biznes va ma’muriy jarayonlarni yoritish nuqtai nazaridan uning funksiyalarini baholash lozim. Aks holda, axborot oqimlarining uzluksizligi, qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarning yaxlitligi va ishonchliligi buzilishi mumkin, bu yesa amalga oshirilayotgan tizimning samaradorligini ta’minlay olmaydi.
    Dastur modullari bir-biridan mustaqil ishlashi kerak. Taklif etilgan tizimning imkoniyati uning tashqi tavsifida belgilangan funksiyalar majmuini bajarishi va shu bilan birga nafaqat belgilangan, balki korxonaning nazarda tutilgan ehtiyojlarini ham qondirishi kerak.
    "Mijoz-serves" ishini qurish va tashkil yetishning umumiy tamoyili. Ish yagona ma’lumotlar bazasining joylashuvi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, shuningdek, kerakli foydalanuvchilar sonini unga ulash, shu jumladan veb-brauzer orqali, bu tizim funksiyalarini kompaniyaning mahalliy tarmog‘ining har qanday ish joyidan va Internet orqali foydalanish imkonini beradi.


    Topshiriq



    Savollar

    Javoblar

    Izox

    Omborlar faoliyatining raqamlashtirishning avzalliklari va kamchiliklari







    Boshqaruvdv avtomatlashtirilgan tizimning qo‘llanilishi







    Omborlar boshqaruv faoliyati mezonlari









    Topshiriqda berilgan savollarga talabalar qisqa va aniq tarzda javob beradilar.
    Download 130.61 Kb.




    Download 130.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ombor faoliyatining boshqaruv tizimini avtomatlashtirish (amaliyot)

    Download 130.61 Kb.