|
Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K
|
bet | 12/121 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 2.01 Mb. | | #59273 |
Bog'liq «ona tili o`qitish metodikasi» fani 200та1 — копияKafedra mudiri prof. Mirzayev I.K.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Filologiya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2018-yil _________ 1-sonli bayonnoma).
Fakultet ilmiy kengashi raisi prof.Eltazarov J.
Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi prof.Abdiyev M.
Kelishildi:
O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig’i prof.Xalxujayev A.
Kirish
Maktab ta`limi tarixida nimani o‘qitish va qanday o‘qitish masalalari asosiy muammolardan biri bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Bular garchi alohida-alohida masalalar sanalsa-da, ammo aslida bir-biri bilan chambarchas bog`langandir. Ta`lim samaradorligi ma`lum darajada ana shu ikki masalaning o‘z yechimini to‘g`ri topa olishi bilan belgilanadi.
O‘rta umumta`lim maktablarida ona tilidan o‘quvchilar nimani o‘rganishlari va nimalarni bilishlari lozimligi bugungi kunda ham hali uzil-kesil hal bo‘lgan masala emas. Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‘rganiladigan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutlaq dastur va darsliklar yaratishni ma`qullab, uni tubdan yangilash, o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakatni qoralab keldik. Bu ona tilidan ta`lim mazmunining deyarli bir nuqtada depsinishiga, 50-yillarda maktab darsliklaridan o‘rin olgan nazariy talqinlarning ayrim juz’iy o‘zgarishlar bilan yildan-yilga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Maktab ona tili dasturlari va darsliklarida mavjud bo‘lgan akademizm, grammatizm va berilgan til hodisalarining o‘quvchi amaliy faoliyatidan ajralib qolganligi uni o‘rganish imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi, o‘quvchilarning bu fanni katta qiziqish bilan o‘rganishlariga salbiy ta`sir ko‘rsatdi.
Biz til hodisalarini o‘quvchining ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki, yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, talaffuz, imlo va punktuatsion savodxonlikka erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib tanlashimiz lozim.
|
| |