|
Fanning maqsad va vazifalari
|
bet | 13/121 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 2.01 Mb. | | #59273 |
Bog'liq «ona tili o`qitish metodikasi» fani 200та1 — копияFanning maqsad va vazifalari. O‘zbek tili mustaqil O‘zbekistan Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning o‘rta umumta`lim maktablarida o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala sanaladi. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko‘pgina imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi ko‘ndalang bo‘lib turgan bir sharoitda bu fanning o‘qitilishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Ammo, afsuski, o‘rta umumta`lim maktablarida ona tilining o‘qitilishini talab darajasida deb bo‘lmaydi. Buning bosh sabablaridan biri shundaki, biz inson ongini, uning tafakkurini rivojlantirishda ona tilining tutgan o‘rniga noto‘g`ri baho berib keldik. Ongni, tafakkurni shakllantirish ijtimoiy fanlarning vazifasi deb bilib, maktabda ona tilidan ta`lim mazmunini ona tili qurilishining ilmiy talqini, grammatikani o‘rganishdan iborat deb hisobladik. Natijada o‘quvchi 750 dan ziyod grammatik tushuncha va ta`riflarga duch kelib, turli hajm va murakkablikdagi ko‘plab topshiriqlarni bajarsa-da, ammo og`zaki va yozma savodxonligi sezilarli o‘zgarmayapti. Uquvchilarning ko‘pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki, yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat o‘qituvchiga to‘nkash yoki maktablarning, moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo‘lardi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar:
"O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak:
–ona tili va adabiyot bo‘yicha darslarni tashkil etish yo‘llarini;
–ona tili va adabiyot bo‘yicha mashg`ulotlar qay tarzda uyushtirilsa, samarali bo‘lishini;
– o‘quvchilarni ta`lim kechimining sub`ektiga aylantirishni;
– dars davomida o‘quvchilarni faollashtirish yo‘llarini.
"O‘zbek tili va adabiyoto‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagi ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak:
– har bir sinfning "Ona tili" va "Adabiyot" darsliklaridan foydalana olish;
– yillik mavzu va bir soatlik reja-konspekt tuza bilish;
–yozma ishlarni to‘g`ri tekshirish va baholay olish;
– o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o‘stirish yo‘llarini bilish.
"O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi" fani bo‘yicha talaba quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
– o‘quvchilar bilimini to‘g`ri baholay olish;
–o‘quvchilar bilan munosabatga kirisha olish;
– sinf o‘quvchilarini didaktik maqsadga yo‘naltira bilish;
– darsliklar doirasidagi barcha filologik tushunchalardan foydalana olish.
|
| |