• Mualliflar haqida ma`lumot Mirzayev I.K.
  • «ona tili o`qitish metodikasi» fani




    Download 2.01 Mb.
    bet2/121
    Sana13.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #59273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    Bog'liq
    «ona tili o`qitish metodikasi» fani
    200та1 — копия, 9 informati nazorat ishi, Elektronika 2, Elektronika 3
    Fanning annotatsiyasi

    Ushbu o‘quv- ish dasturi filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan III bosqich talabalar uchun tayyorlangan. Ishchi dastur 5220100 filologiya (o`zbek filologiyasi ta`lim yo`nalishining asosiy o`quv fanlaridan biri bo‘lgan “O`zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining mazmunini o‘zida aks ettirgan. Undan O`zbek tili o`qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari, uning fan sifatida o‘qitilishining zaruriyatlari va tarixi, ta’lim vositalari, maktabda ona tili kursining “Muqaddima”, “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya”, “Sintaksis”, “Tinish belgilari” bo‘limlarini o`qitish metodikasi hamda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish kabi mavzular o‘rin olgan.


    Bundan ko`zlangan maqsad, bo‘lg’usi filolog-o‘qituvchilarga yosh avlodning fikrini erkin, ravon, mantiqan to‘g’ri asoslagan holda og’zaki va yozma bayon qila olish malakalarini shakllantirish usullarini o‘rgatishdir.
    Ushbu ishchi-o‘quv dasturi jahondagi til o‘qitish metodikasida erishilgan yutuqlarni hisobga olgan holda tuzildi.


    Mualliflar haqida ma`lumot
    Mirzayev I.K. – SamDU, “ O`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi” kafedrasi professori, f.f.d.
    Hamroyev G`. – SamDU ”O`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi” kafedrasi o`qituvchisi.
    O` Z B E K I S T O N D A V L A T S T A N D A R T I
    O`zbekiston uzluksiz ta`limining
    Davlat ta`lim standartlari
    Oliy ta`limning Davlat ta`lim standarti
    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo`yiladigan
    TALABLAR

    Amal qilish muddati "____" _______201_ yildan "___" _______201_yilgacha


    I qo`llanish sohasi


    1.1 Oliy ta`limning mazkur davlat ta`lim standarti (OT DTS) 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha oliy ma`lumotli bakalavrlar tayyorlashning asosiy ta`lim dasturlari o`zlashtirilishini amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta`lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.


    1.2 Oliy ta`lim muassasasi mazkur ta`lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo`lganda DTS asosida ta`lim dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
    1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
    - mazkur ta`lim yo`nalishi va tayyorgarlik darajasi bo`yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta`lim muassasalarining professor - o`qituvchi jamoalari;
    - ta`lim yo`nalishining asosiy ta`lim dasturlarini o`zlashtirish bo`yicha o`quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
    - o`z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta`lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o`quv bo`limi va dekanat);
    - bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestasiya komissiyalari;
    - oliy ta`lim muassasasini moliyalashtirishni ta`minlovchi organlar;
    - oliy ta`lim tizimini akkreditasiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
    - ta`lim yo`nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo`lgan abituriyentlar va boshqa manfaatdorlar.
    2 Atamalar, ta`riflar, qisqartmalar
    Mazkur standartda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta`lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta`riflardan foydalanilgan:
    kasbiy faoliyat turi - ta`lim yo`nalishiga o`zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta`sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
    kompetensiya - ma`lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo`llash qobiliyati;
    modul - tarbiyalash va o`qitishga yo`naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo`lgan o`quv fani (kursi) yoki o`quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi;
    ta`lim yo`nalishi - muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta`lim dasturlarining majmui;
    kasbiy faoliyat obyekti - predmetlar, voqyeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yo`naltirilgan tizimlar;
    kasbiy faoliyat sohasi - ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo`ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmui;
    bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlari (bakalavriat dasturi) - talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta`minlashga yo`naltirilgan o`quv rejasi, o`quv kurslari, predmetlari, fanlari (modullari)ning dasturlari, malakaviy amaliyotlar dasturlari, o`quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta`lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta`minlovchi o`quv-uslubiy majmulari metodik materiallar;
    profil - asosiy ta`lim dasturining aniq kasbiy faoliyatning muayyan turi yoki obyektiga yo`nalganligi;
    o`quv-o`rganish natijalari - o`zlashtirilgan bilimlar, amaliy malakalar, ko`nikmalar majmui;
    o`quv sikli - mos ilmiy yoki kasbiy faoliyat doirasidagi bilimlar va amaliy malakalarni o`zlashtirish va ko`nikmalarni shakllantirishni ta`minlovchi asosiy ta`lim dasturlaridagi fanlarning majmui.
    ARM - axborot resurs markazi;
    ITI - ilmiy-tadqiqot ishlari;
    OTM - oliy ta`lim muassassasi;
    O`UM - o`quv-uslubiy majmua.
    3 Ta`lim yo`nalishining tavsifi
    3.1 Ushbu ta`lim yo`nalishini qamrab oluvchi oliy ta`limning asosiy ta`lim dasturlari amalga oshiriladi, uni nazariy va amaliy mashg`ulotlarini to`liq o`zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o`tgan shaxsga "bakalavr" malakasi (darajasi) xamda oliy ma`lumot to`g`risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi
    3.2 Asosiy ta`lim dasturining me`yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.
    1-jadval
    Asosiy ta`lim dasturining muddati va bitiruvchilarning malakasi

    Ta`lim dasturining nomi Malaka (daraja) Ta`lim dasturini o`zlashtirishning me`yoriy muddati Bakalavriat ta`lim dasturi Bakalavr 4 yil


    4 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi


    4.1 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi


    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) - ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasining yo`nalishi bo`lib, o`zbek tilining shakliy-mazmuniy tuzilishi va xususiyatlari hamda o`zbek adabiyoti materiallarini tizimli suratda o`rganish, o`zbek tili boyligi, sintaktik qurilishi imkoniyatlaridan badiiy ijod sohasida foydalanish, badiiy asar yaratish va uni tahlil qilish jarayonini o`z ichiga oladi.
    Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
    badiiy asarni adabiy va lisoniy tahlil etish hamda uning metodlarini o`zlashtirish;
    dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo`lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    Vatan tarixini bilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo`yicha o`z nuqtai nazarini bayon etishi hamda ilmiy asoslay olishi, milliy g`oya asosida faol hayotiy o`rinni egallashi;
    tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo`lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo`lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;
    insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo`lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me`yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
    adabiyot va til bilimi to`g`risidagi axborotlarni to`plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish metodlarini egallash, o`zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar qabul qila olishi;
    bakalavriatning mos yo`nalishi bo`yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo`lishi;
    adabiyot va til sohasiga oid yangi bilimlarni mustaqil o`zlashtira olishi, o`zini takomillashtirishi va o`z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
    sog`lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat sport bilan shug`ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e`tiqodga ega bo`lishi, o`zini jismonan takomillashtirish;
    kompyuter texnologiyalari va sohaga oid dasturlash imkoniyatlaridan foydalangan holda ish yuritish;
    tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi tizimli yondoshuv usullarini tahlil jarayoniga tadbiq etish;
    sohaga oid dasturiy ta`minot, axborot-kommunikasiya texnologiyasi bilan qurollanish;
    kasbiy ta`lim didaktikasi;
    kasbiy ta`lim pedagogikasi va metodikasi;
    o`qitishning didaktik vositalari;
    ta`limning elektron vositalari;
    sohaning o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimidagi o`rni va roli.
    4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari
    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari - o`zbek tilida yaratilgan badiiy matnlar; fikr ifodalashda potensial ma`no yasovchi materiallar; nutqning yaratilish jarayoni; muloqot birliklari; badiiy-estetik kommunikasiya; matn talqini, tushunish va idrok etish, ta`lim jarayoni me`yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalar, ta`limning texnikaviy vositalarini o`rganish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.
    4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari
    Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari:
    ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
    O`MKQT tizimida pedagogik faoliyat;
    OAV da muxbirlik, noshirlik va muharrirlik faoliyati;
    adabiy-tanqidiy faoliyat;
    tashkiliy-boshqaruv faoliyati kabilarni o`z ichiga oladi.
    Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta`lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta`lim tizimi tomonidan aniqlanadi.
    4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari
    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr ta`lim dasturini o`zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va ixtisoslikning tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalar belgilanadi:
    Ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati:
    filologiya sohasida ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy xodim, tadqiqotchi;
    o`tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo`yicha ilmiy obzorlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;
    ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ishtirok etish;
    O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyat (pedagogik tayyorgarlikdan so`ng):
    umumta`lim maktablarida o`zbek tili va adabiyotidan dars berish va o`quv-metodik ishlarni olib borish;
    O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo`nalishida nazarda tutilgan o`quv fanlari bo`yicha nazariy mashg`ulotlarni o`tkazish;
    O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo`nalishida nazarda tutilgan o`quv fanlari bo`yicha amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish;
    zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o`quv mashg`ulotlarini ishlab chiqish va o`tkazish;
    o`qitilayotgan fanlar bo`yicha darslarni o`tkazish uchun zarur bo`lgan o`quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish;
    o`qitilayotgan fan bo`yicha mash?ulotlarni o`tkazish uchun o`?itishning texnik vositalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
    mustaqil ta`lim va ijodiy qidiruv natijasida o`qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o`z-o`zini muntazam takomillashtirib borish.
    OAV da muxbirlik, noshirlik va muharrirlik faoliyati:
    ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik;
    nashriyot va ta?rir sohasida musahhih va muharrir;
    noshirlik muassasalarida tarjimon va adabiy xodim;
    arxiv va adabiyot muzeylarida ekskursovod, ilmiy xodim;
    teatrda adabiy emakdosh.
    Adabiy-tanqidiy faoliyat:
    -matbuotda e`lon qilingan asarlarni taqriz qilish;
    -adabiy jarayon masalalari va badiiy asarlarni tahlil qilish;
    -ilmiy-adabiy jarayonda faol ishtirok etish.
    Tashkiliy-boshqaruv faoliyati:
    filologik faoliyat sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
    pedagogik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan resurslarni rejalashtirish;
    zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ularning ekspluatasiyasi bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
    atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
    4.5 Ta`limni davom ettirish imkoniyatlari
    Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta`lim yo`nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo`lmagan muddatda magistraturada o`qishni davom ettirishi mumkin.
    Pedagogik faoliyatni olib borganda o`z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.
    5 Bakalavrning tayorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar
    5.1 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bitiruvchi quyidagi umumiy malakaviy kompetensiyalarni egallagan bo`lishi kerak:
    a) umumiy malakaviy kompetensiyalar:
    - intellektual, madaniy, ma`naviy, jismoniy va kasbiy o`z-o`zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo`lishi va bu qobiliyatni amalda qo`llay bilishi;
    - tarixiy meros va madaniy an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo`lishi, ijtimoiy va madaniy farqlarni tolerantlik bilan qabul qilishi;
    - tarixiy jarayonni yurituvchi kuchlarni va uning qonuniyatlarini tushunishi; tarixda zo`ravonlik va zo`ravonlik ?ilmaslikning roli, tarixiy jarayonda, jamiyatning siyosiy tuzilmasida insonning o`rnini tushunishi;
    - o`zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy va shaxsiy kabi ahamiyatga ega bo`lgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilishi;
    - o`z faoliyatida me`yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
    - axloqiy va huquqiy me`yorlar hamda majburiyatlarni hisobga olgan holda maqsadga erishishda qat’iyat ko`rsatishi;
    - fikrlash madaniyatini egallagan bo`lishi, og`zaki va yozma nutqini argumentlangan holda aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - egallangan tajribani tanqidiy ko`rib chiqish qobiliyati, zarur bo`lganda o`z kasbiy faoliyatining turi va xarakterini o`zgartirishi;
    - hayot faoliyati xavfsizligi sharoitlarini umumiy baholashga qobil bo`lishi, ishlab chiqarish xodimlari va aholini bo`lishi mumkin bo`lgan avariyalar, halokatlar, tabiiy ofatlardan himoya qilish asoslarini va shikastlashning zamonaviy vositalarini qo`llashi, ular oqibatlarini bartaraf qilishning asosiy tadbirlarini qo`llay bilishi;
    - kasbiy faoliyatda tabiiy-ilmiy fanlarning asosiy qonunlaridan foydalanish, matematik tahlil va modellash, nazariy va eksperimental tadqiqot metodlarini qo`llash qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - bugungi zamonaviy axborot texnologiyalari davrida jamiyatning rivojlanishiidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, bu jarayonda vujudga keladigan xavf va tahdidlarni anglash, informasion xavfsizlikning asosiy talablariga, jumladan, davlat sirini himoya qilish talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - internet tarmog`idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy metodlari, usullari va vositalariga ega bo`lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko`nikmalariga ega bo`lishi;
    - global kompyuter tarmoqlarida ma`lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - so`zlashuvdan kam bo`lmagan darajada bitta xorijiy tilni egallagan bo`lishi;
    - mustaqil ravishda jismoniy tarbiya va sog`liqni mustahkamlashdan metodik to`g`ri foydalanish vositalarini egallagan bo`lishi, to`laqonli ijtimoiy va kasbiy faoliyatni ta`minlash uchun jismoniy tayyorgarlikning kerakli darajasini egallashga tayyor bo`lishi kerak.
    b) kasbiy kompetensiyalar, jumladan:
    Umumkasbiy kompetensiyalar:
    - kasbiy faoliyatda til va adabiyot bilimlarini o`zlashtirishda zamonaviy metodlarini qo`llash qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - badiiy asarni lisoniy va adabiy tahlil qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - tahlil jarayonida zamonaviy metod va usullarni ishlatish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    - bajarilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo`yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarini fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy yechish qobiliyatiga ega bo`lishi;
    Ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
    - filologiya sohasida ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy xodim, tadqiqotchi; namunaviy metodikalar va boshqalar bo`yicha eksperimental tadqiqotlarni o`tkazish va ularning natijalariga ishlov berish; ilmiy-texnikaviy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish; o`tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo`yicha ilmiy obzorlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;
    - ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ma`ruzachi, muhokamalarda qatnashuvchi va referent sifatida ishtirok etish; ilmiy-texnikaviy va sohaga oid jurnallarga maqola va taqrizlar tayyorlash.
    O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida pedagogik faoliyatda:
    umumta`lim maktablarida o`zbek tili va adabiyotidan dars berish va o`quv-metodik ishlarni olib borish; O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo`nalishida nazarda tutilgan o`quv fanlari bo`yicha nazariy mashg`ulotlarni o`tkazish;
    O`MKQT tizimining mos ta`lim muassasalarida tayyorgarlik yo`nalishida nazarda tutilgan o`quv fanlari bo`yicha amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish; zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o`quv mashg`ulotlarini ishlab chiqish va o`tkazish; o`qitilayotgan fanlar bo`yicha darslarni o`tkazish uchun zarur bo`lgan o`quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish;
    o`qitilayotgan fan bo`yicha mashg`ulotlarni o`tkazish uchun o`qitishning texnik vositalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish; mustaqil ta`lim va ijodiy qidiruv natijasida o`qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o`z-o`zini muntazam takomillashtirib borish.
    OAV da muxbirlik, noshirlik va muharrirlik faoliyatida:
    ommaviy axborot vositalarida muxbirlik va muharrirlik ishlarini amalga oshirish, mustaqil maqola, ko`rsatuv va eshittirishlar tayyorlash qobiliyatini shakllantirish;
    nashriyot va tahrir sohasida badiiy va ilmiy asarlarni, sohaga oid risola va monografiyalar bo`yicha musahhih va muharrirlik faoliyatini amalga oshirish;
    noshirlik muassasalarida tarjimon va adabiy xodim bo`lib faoliyat yuritish;
    arxiv va adabiyot muzeylarida ekskursovod, ilmiy xodim sifatida ishlash va sohaga oid ish jarayonini tashkil qilish;
    teatrda adabiy emakdosh sifatida ssenariylarni o`qish, tahrir qilish va rejissyor hamda aktyorlarga badiiy asar mohiyatini tushuntirish.
    Adabiy-tanqidiy faoliyatda:
    - matbuotda e`lon qilingan asarlarni taqriz qilish, ularga matbuot orqali munosabat bildirish va badiiy mukammal asarlarni yoshlarning ma`naviy tarbiyasiga jalb qilish;
    - adabiy jarayon masalalari va badiiy asarlarni tahlil qilish va o`z xulosalarini matbuot, ilmiy nashrlarda e`lon qilish;
    - ilmiy -adabiy jarayonda faol ishtirok etish.
    Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
    filologik faoliyat sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish; pedagogik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan resurslarini rejalashtirish;
    zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ularning ekspluatasiyasi bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
    atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
    5.2 Ta`lim dasturlari bo`yicha bakalavrlarning bilim, malaka va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar
    5.2.1 Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo`yicha talablar
    Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar qismi bo`yicha talablar O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasdiqlagan "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" bloki bo`yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga ?o`yilgan talablar" asosida belgilanadi.
    5.2.3 Umumkasbiy fanlar bo`yicha talablar
    Bakalavr:
    adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari; jahon va turkiy xalqlar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari; jahon adabiyotining mashhur namoyondalari ijodi; turkiy xalqlar folklori; turkiy xalqlar yozma adabiyoti tarixi; zamonaviy turkiy xalqlar adabiyoti; "Devonu lug`otit turk"ning qiyosiy turkiyshunoslikdagi o`rni; Xorazm yodnomalarining til taraqqiyotidagi roli; alohida yozuvchilar ijodi; eng yangi asarlar matni; turkiy xalqlar adabiyotshunosligi tarixini; turkiy xalqlar adabiyoti bo`yicha asl manbalarin; badiiy matnni talqin va tahlil etish; ijodkor uslubini tekshirish; mustaqil ilmiy matn yozish; taqriz yozish; ilmiy asarlarni konspekt qilish; turkiy xalqlar adabiyoti asl manbalarini o`qish;
    5.2.4 Ixtisoslik fanlari bo`yicha talablar
    Bakalavr:
    filologiya sohasidagi asosiy muammolarni tushunishi; o`z ixtisosligi doirasida muayyan tadqiqot sohasining obyektlari; asosiy obyekt va jarayonlarga nisbatan shaxsiy ilmiy filologik munosabatlar; filologik muammolar va ularni ?al qilish yo`llari haqida tasavvurga ega bo`lishi; ixtisoslik fanlarining tushunchaviy apparati; ixtisoslik fanlarining metod va usullari; ixtisoslik fanlarining ilmiy-tadqiq mavzularini bilishi va ulardan foydalana olishi;
    Bakalavr maxsus tayyorgarligiga aniq talablar oliy ta`lim muassasasi tomonidan belgilaniladi. Bunda maxsus kurs bloki mazmunidan kelib chiqiladi.
    Bakalavr ixtisosligiga qo`yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachilarining talablari va bakalavrlar tayyorlashning ushbu yo`nalishi bo`yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi
    6 Ta`lim dasturining mazmuni va komponentlari
    6.1 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlarni tayyorlashning ta`lim dasturi ta`limning kunduzgi shakli bo`yicha 4 yil o`?ishga mo`ljallangan bo`lib, quyidagi vaqt taqsimotiga ega:
    Nazariy va amaliy ta`lim 136 hafta
    Bitiruv malakaviy ish 5 hafta
    6.2 Talaba haftalik o`quv yuklamasining maksimal hajmi 54 soat, shundan auditoriyadagi o`quv yuklamasi - 32 soat, qolgan soatlar hajmi mustaqil ta`lim uchun ajratiladi.
    6.3 Joriy, oraliq va yakuniy attestasiyalarni hisobga olgan holda ta`lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik o`quv davri uchun haftalik o`quv yuklamalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
    6.4 Ta`lim dasturini o`zlashtirishda bir qator masalalar yoki integrallashtirilgan kurslar muammolari bo`yicha talabalarning mustaqil ta`limi ko`zda tutiladi.
    6.5 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha ta`lim dasturining zaruriy mazmuni
    6.5.1 Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
    Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning zaruriy mazmuni "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" bloki bo`yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo`yilgan talablar" asosida belgilanadi.
    6.5.3 Umumkasbiy fanlar
    6.5.3.16 O`zbek tili o`qitish metodikasi:
    O`zbek tili mustaqil O`zbekistan Respublikasining davlat tili bo’lib, uning o’rta umumta’lim maktabla-rida o’qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala sa-naladi. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko’pgina imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay olish ko’iikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o’r-ni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mus­taqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor in-sonni tayyorlash masalasi ko’ndalang bo’lib turgan bir sharoitda bu fanning o’qitilishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
    6.5.6 Bitiruv malakaviy ish (loyihasi)
    Bitiruv malakaviy ish(loyiha)lar mavzui ta`lim muassasasining bitiruvchilarini chiqaruvchi kafedralari tomonidan kadrlar buyurtmachilarining talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
    Bitiruv malakaviy ish filologik: tilshunoslik, adabiyotshunoslik yoki shu sohadagi ilmiy-tadqiqot yo`nalishlarida bo`lishi mumkin.
    Talabaga bitiruv malakaviy ishi(loyiqa) topshirig`i, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so`ng beriladi. Ish (loyiha) to`rtinchi kurs davomida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
    7 Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlarini o`zlashtirish bo`yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga bo`lgan talablar
    7.1 Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlari o`zlashtirilishiga belgilangan umumiy talablar
    7.1.1 Ta`lim dasturini ishlab chiqishda OTM respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlari, boshqaruv va xo`jalik yuritish subyektlari uchun fundamental, ayniqsa, yuqori va innovasion texnologiyalar bo`yicha chuqur bilim hamda amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan kadrlar ehtiyojini hisobga olishi kerak.
    Oliy ta`lim muassasalari asosiy ta`lim dasturini fan, texnika, madaniyat, iqtisodiyot, texnologiya va ijtimoiy soha rivojlanishini hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab turishi lozim.
    7.1.2 Ta`lim dasturini ishlab chiqishda OTM tomonidan bitiruvchilarning umummadaniy kompetensiyalarini (ijtimoiy o`zaro ta`sir, o`z-o`zini tashkil qilish va boshqarish, tizimiy-faoliyat tavsifidagi kompetensiyalarni) shakllantirishdagi imkoniyatlari aniqlangan bo`lishi kerak. OTM o`zining ijtimoiy-madaniy muhitini shakllantirishga, shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishga mas’ul.
    OTM o`quv jarayonini ijtimoiy-tarbiyaviy rivojlantirishga, talabalarning ijtimoiy tashkilotlar ishida, sport va ijodiy to`garaklarda, magistrlarning ilmiy jamiyatlarida ishtirokiga ko`maklashishi lozim.
    7.1.3 Kompetentli yondoshuvni amalga oshirish o`quv jarayonida mashg`ulotlarning faol va interfaol (kompyuter simulyatorlari, ishbilarmonlar o`yini, muayyan vaziyatlarni ko`rib chiqish va h.k.) shakllarini o`tkazishni, talabalarning kasbiy ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida auditoriyadan tashqari ish bilan birgalikda jahon pedagogik amaliyotida qo`llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o`qitishning samarali strategiyalari, metodlari va uslublarini keng qo`llashni nazarda tutishi kerak.
    Faol va interfaol shakllarda o`tkazilayotgan mashqulotlarning ulushi dasturning asosiy maqsadi, o`qiyotgan kontingent xususiyatlari va muayyan fan mazmuni bilan aniqlanadi. Talabalarning akademik guruhlari uchun ma`ruza turidagi mashg`ulotlar auditoriya mashg`ulotlarining 50 % idan ortmasligi kerak.
    7.1.4 Talabalar o`quv yuklamasining maksimal hajmi asosiy ta`lim dasturi va ta`lim dasturiga OTM tomonidan ?o`shimcha belgilanadigan fakultativ fanlarni o`zlashtirish bo`yicha auditoriya va auditoriyadan tashqari (mustaqil) ta`lim bilan birgalikda haftasiga 54 akademik soatdan oshmasligi kerak.
    7.1.5 OTM talabalar uchun o`qish dasturini, bo`lishi mumkin bo`lgan individual ta`lim dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda, shakllantirishda real ishtirok etish imkoniyatini ta`minlashga mas’ul.
    7.1.6 O`quv dasturini shakllantirishda OTM talabalarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga, talabalar uchun tanlov fan(modul, kurs)lari majburiy ekanligini tushuntirishi kerak.
    7.1.7 Talabalarda bilim, amaliy malaka va ko`nikmalarni to`liq shakllantirish uchun OTM ta`lim dasturi o`quv fanlari (modullari) bo`yicha laboratoriya ishlari va amaliy mashg`ulotlarni qamrab olishi kerak.
    7.2 Ta`lim dasturlarining tadbiq etilishi
    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlarni tayyorlash ta`lim dasturi rivojlantiruvchi o`qitish, axborot texnologiyalari va o`qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanilgan holda tayyorlashning ushbu yo`nalishi bo`yicha akkreditasiya qilingan oliy ta`lim muassasalarida amalga oshirilishi kerak.
    Talabalar xorijiy tillarni o`zlashtirishi, xorijiy tillarni o`qituvchilar o`qitishi hamda buning uchun zarur bo`lgan sharoitlar yaratilishi bakalavrlarni tayyorlashda bosh vazifa bo`lishi kerak.
    Malakaviy amaliyotlar zamonaviy korxonalarda, tashkilotlarda va ITIlarda o`tkaziladi, ular talabalarni amaliyot dasturlarida ko`zda tutilgan ish joylari bilan ta`minlashlari kerak.
    O`qish davrida talaba kamida ikkita Davlat attestasiyalarini (gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy va chet tili fanlaridan) topshiradi va bitiruv malakaviy ishini himoya qiladi. Davlat attestasiyasi mos integrallashgan kurslar bo`yicha o`quv jarayoni tugallangandan keyin topshiriladi.
    7.4 O`quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta`minlash bo`yicha talablar
    Bakalavriat asosiy ta`lim dasturini amalga oshirish o`qitilayotgan fanning ixtisosligiga mos, odatda, bazaviy ta`limga ega bo`lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug`ullanayotgan kadrlar bilan ta`minlanishi kerak.
    Ixtisoslik fanlari o`qituvchilari o`qitilayotgan fan profiliga mos bazaviy ta`limga yoki ilmiy darajaga ega bo`lishlari kerak. Ta`lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari o`qituvchilikka jalb etilishi mumkin.
    7.5 Ta`lim jarayonini o`quv-metodik va axborot resurslari bilan ta`minlash talablari
    Asosiy ta`lim dasturi asosiy ta`lim dasturining hamma o`quv kurslari, fanlari (modullari) bo`yicha o`quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta`minlanishi kerak.
    Asosiy ta`lim dasturining amalga oshirilishi har bir o`qiyotgan asosiy ta`lim dasturidagi fan (modul)larning to`liq ro`yxati bo`yicha shakllanadigan ma`lumotlar bazasi va kutubxona fondidan foydalanish huquqi bilan ta`minlanishi kerak.
    Asosiy ta`lim dasturi bo`yicha har bir o`qiyotgan o`rnatilgan me`yorlarga mos ravishda ta`lim dasturiga kiruvchi kasbiy siklning har bir fani bo`yicha o`quv va o`quv-metodik chop etilgan yoki elektron nashrlar bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak.
    Axborot-resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy siklning bazaviy fanlari uchun - oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma sikllarning bazaviy qismi fanlari bo`yicha o`quv adabiyotining chop etilgan va yoki elektron nashrlari bilan but qilingan bo`lishi kerak.
    O`quv adabiyotidan tashqari qo`shimcha adabiyot fondi rasmiy ma`lumotnoma-bibiliografik va davriy nashrlarni o`z ichiga olishi kerak.
    Ta`lim dasturini to`liq amalga oshirish uchun OTMning ARMda ta`lim yo`nalishining o`quv rejasida keltirilgan fanlar bo`yicha yaratilgan o`quv-uslubiy adabiyotlar va chet elda chop etilgan hamda internet tizimidagi axborot manbalari qar bir talabaga yetarli darajada bo`lishi kerak.
    Mamlakatimizdagi va chet eldagi oliy ta`lim muassasalari, korxonalari va tashkilotlari bilan operativ ravishda axborot almashish, zamonaviy kasbiy ma`lumotlar bazalari, axborotlar va qidiruv tizimlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta`minlangan bo`lishi kerak.
    5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrni tayyorlash jarayonida asosan quyidagi pedagogik texnologiyalar va o`qitish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
    o`qitishning interfaol metodi,
    muammoli o`qitish texnologiyasi,
    o`yinli texnologiyalar,
    tanqidiy fikrlash rivojlanishining pedagogik strategiyalari,
    shaxsiy yo`nalganlik asosidagi pedagogik texnologiyalar,
    o`quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar,
    o`qitishni differensiasiyalash,
    o`qitishni individuallashtirish texnologiyasi,
    dasturiy o`qitish texnologiyasi,
    o`qitishning kompleks metodlari (loyihaviy metod, tarmoqli rejalashtirish metodi, aqliy hujum, assosiogrammalar metodi va h.k.)
    8 Bakalavrlar tayyolash sifatini baholash

    8.1 Oliy ta`lim muassasasi tayyorgarlik darajasi sifatini kafolatli ta`minlashga majbur, jumladan, quyidagi yo`llar bilan:


    - ish beruvchilar vakillarini jalb qilgan holda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi sifatini ta`minlash bo`yicha strategiyani ishlab chiqish;
    - ta`lim dasturlari monitoringini o`tkazish, ularni davriy taqriz qildirish;
    -talabalar bilimi va amaliy ko`nikmalari darajasini, bitiruvchilar kompetensiyalarini obyektiv baholash proseduralarini ishlab chiqish;
    - o`qituvchilar tarkibining kompetentligini ta`minlash;
    8.2 Bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
    ichki nazorat - oliy ta`lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta`limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan nazoratning reyting tizimi to`g`risidagi Nizom asosida o`tkaziladi;
    yakuniy davlat nazorati davlat ta`lim standartiga muvofiq fanlar bo`yicha davlat attestasiyasini va bitiruv ishi himoyasini o`z ichiga oladi;
    davlat-jamoat nazorati oliy ta`limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda o`tkaziladi;
    tashqi nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta`lim muassasalari attestasiyasi Boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Tayyorlangan kadrlar sifatini baholash kadrlar iste`molchilari tomonidan ularning mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
    8.3 har bir fan bo`yicha bilimlarni joriy va oraliq nazorat qilishning muayyan shakli va o`quv jarayoniga tadbiq etilishi OTM tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi va talabalar e`tiboriga o`qishning birinchi oyi davomida yetkaziladi.
    8.4 Talabalarning o`zlashtirishi joriy nazorati va oraliq attestasiyasi dasturlari ularning bo`lajak kasbiy faoliyati sharoitlariga maksimal yaqinlashtirilishi uchun sharoitlar OTM tomonidan yaratilishi kerak. Buning uchun muayyan fan o`qituvchilaridan tashqari tashqi ekspertlar sifatida ish beruvchilar, turdosh fanlardan dars beruvchilar va bovalar bu jarayonga faol jalb qilinishi kerak.
    10 Davlat ta`lim standartining amal qilish muddati
    10.1 Davlat ta`lim standarti o`rnatilgan tartibda tasdi?lanib, "O`zstandart" agentligida davlat ro`yxatidan o`tgandan keyin amal qilish muddati - 5 yil.
    10.2 Davlat boshqaruvining vakolatli ogranlari tomonidan davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etish to`g`risida yangi tartib-qoidalar qabul qilinsa DTSlarning amal qilish muddati o`zgarishi mumkin.
    Ilova
    5120100-Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) yo`nalishi bo`yicha ta`lim dasturining tuzilishi
    T\r O`quv fanlari va bloklarining nomlari Umumiy yuklamaning hajmi,soatlarda
    1 2 3
    3.16 O`zbek tili o`qitish metodikasi100
    Bibliografik ma`lumotlar
    UDK 002:651.1/7 Guruh T.55
    OKS 01.040.01
    Tayanch so`zlar: kasbiy faoliyat turi, kompetensiya, modul, ta`lim yo`nalishi, kasbiy faoliyat obyekti, kasbiy faoliyat jabhasi, bakalavriatning asosiy ta`lim dasturi, filologiya, o`zbek filologiyasi, grammatika, turkiy tillar, til tarixi, tilshunoslik nazariyasi, tilshunoslik bo`limlari, dialektologiya, nutq madaniyati, adabiyot tarixi, xalq og`zaki ijodi, turkiy xalqlar adabiyoti, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiy jarayon, tasavvuf, poetika, badiiy tahlil, uslub, metodika.
    ISHLAB CHIQILGAN:
    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi
    Direktor_______________ prof.B.Q.Rahimov
    201_ yil "_____" _____________.
    M.O`.
    Mirzo Ulug`bek nomidagi
    O`zbekiston Milliy universiteti
    Rektor_______________ prof.Q.I.Muhamedov
    201_ yil "_____" _____________.
    M.O`.
    KELIShILGAN:
    O`zRFA Alisher Navoiy nomidagi
    Til va adabiyot instituti
    Direktor_______________prof.N.M.Mahmudov
    201_ yil "_____" _____________.
    M.O`.


    Билимсоҳаси: 100000 –Гуманитар соҳа


    Таълимсоҳаси: 120000 – Гуманитар фанлар
    Таълим йўналиши: 5120100 – Филология ва тилларниўқитиш
    (ўзбек тили)

    Т ошкент – 2015


    Фаннинг ўқув дастури Олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълими ўқув-методик бирлашмалари фаолиятини мувофиқлаштирувчи кенгашнинг 2012 йил “6” 03 даги “1”-сон мажлис баёни билан маъқулланган.

    Фаннинг ўқув дастури Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетидаишлаб чиқилди.





    Download 2.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 2.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «ona tili o`qitish metodikasi» fani

    Download 2.01 Mb.