Ona tili va o’qish savodxonligi




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#59465
1   2   3
Bog'liq
boshlang-ich-1-sinf-o-quvchilarining-ona-tili-va-o-qish-savodxonligi-darsligida-bolalar-nutqiy-kompetensiyasini-rivojlantirishda-izohli-lug-atlarning-o-rni-ta-lim-qoraqalpoq-tilida-olib-boriladigan-maktablarning-bos
1 - S.Lab ishi, 1111, 8-декабр Конституция, dilnoza, 8, 1-Ma\'vzu uzb, INFORMATIKADAN TADBIR SSENARIYASI, Iqtisodiyot tarmoqlari tarixi, baxronov Elektromagnit M.Ish, 5URGANCH DAVLAT UNEVERSETETI KIMYO TEXNALOGIYA FAKULTETI 213- XTF, TTJ ga Ariza, 1 Variant, Homer maqolа, 2. Mavhum so\'zlar
Keywords: Glossary, methods, textbook. 
Boshlang’ich ta’limga ilk qadam qo’ygan bolalarning lug’at boyligi, so’zlarni 
o’rinli qo’llay olish ko’nikmalari to‘liq rivojlanmagan bo’ladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida tarbiyalangan bolalarning so’z boyligi va fikrlash doirasi uyda, ota-
ona qaramog‘ida tarbiyalangan bolaning til boyligiga qaraganda mukammalroq 
shakllangan bo’ladi. Lekin shunday bo’lsa ham maktabga kelgan paytida bolaning 
lug’at boyligi tor doirada va ifodalash darajasi ham juda sodda bo’ladi. Shuningdek 
ular atrof-muhit, jamiyat haqida ham juda kam tushunchaga ega bo’lishadi. Shu 
sababli ham, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning birinchi navbatta 
lug’at boyligini oshirish, turmush tajribalari bilan tanishtirish, o’zini o’rab turgan 
tabiat va jamiyat haqidagi tushunchalarini kengaytirish, shu yo’sinda kelajakda 
ilmiy bilimlarni egallashga yo’naltirib borish asosiy vazifalarning biri bo’lib 
hisoblanadi
25
. Bolaning lug’at boyligini oshirishga bo’lgan talab albatta dars 
jarayonida yuzaga keladi. So’z boyligini rivojlantirish, bolaning lug’at boyligiga 
yangi ma’nodagi so’zlarni qo’shishga bo’lgan katta e’tiborni 1-sinf darsliklaridan 
ham ko’rishimiz mumkin. Bola so’z boyligi asosan yangi ma’nodagi so’zlarni 
o’rganish va bu so‘zlarning kundalik hayotda foydalanadigan so’zlar qatoriga 
qo’shilishi orqali boyib boradi. Ya’ni, bu ishlar asosan izohli lug’atlar orqali amalga 
oshiriladi. Bu esa yangi nashrdan chiqqan 1-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” 
darsligining yana bir yutuqli tarafidir. Bu bolalar uchun so’zlarning ma’nolarini 
yana ham yaxshiroq tushunishiga imkoniyat yaratadi. Ushbu darslik 1-sinflar uchun 
moslashgan bo’lganligi sababli ham undagi matn va she’rlardan keyin ko’pchilik 
hollarda izohli lug’atlar keltirilgan. O'qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta 
uchragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni o'qishdan oldin 
tushuntiriladi. Matnni o'qish jarayonida so'z ma’nosini tushuntirishga chek qo'yish 
25
Pirniyazova A.Q., Pirniyazov Q., Bekniyazov Q. Baslawish klaslarda ana tili oqitiw metodikasi. -Toshkent: Sano-
standart, 2018. – B. 239. 


[109] 
kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug'ilsa, matn 
mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z ma’nosi qisqacha 
tushuntiriladi
26
. O’qituvchi dars jarayonlarida shu kabi talablarga e’tibor berishi 
zarurdir. Bunday holatlar mazkur darslikda ko’plab uchraydi, chunki har bir 
mavzuda matnlar, ertaklar, she’rlar va topishmoqlardan namunalar keltirilgan. Shu 
kabi topshiriqlar 1-sinf o’quvchilarda to’g’ri va tez o’qish ko’nikmalarini 
shakllantirish bilan birgalikda bolaning lug’at boyligiga yangi so’zlarni ham 
qo’shib, nutqini yangi so’zlar bilan boyitish uchun ham berilgan bo’ladi. Demak, 
o’qish uchun matn yoki she’r berilar ekan, o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun 
qiyin bo’lgan yangi so’zlar vujudga kelishi izohli lug’atlarga bo’lgan talabni yana 
ham oshiradi. Hatto darslikda ilk keltirilgan ertak so’ngida izohli lug‘atlar ishlatilishi 
darslikda keltirilgan barcha ertak, she’r va matnlarda izohli lug’atlarning shu zayilda 
qo’llanishidan dalolat beradi. 1-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi“ darsligining 
„Kuch birlikda“
27
ertagi yakunida izohli lug’atlar keltirilgani so’zimiz isboti bo’la 
oladi. Izohli lug’atlarda asosan sof qoraqalpoq so’zlari, hozirgi zamonaviy 
hayotimizda kamdan-kam hollarda ishlatiladigan va faqat adabiy tilda 
foydalaniladigan eskirgan va tarixiy so’zlar asosiy o’rinni egallaydi. Bu orqali 
nafaqat bolalarni so’zlar bilan tanishtiramiz balki, yana tilimizning naqadar boy va 
go‘zal til ekanligiga ham ishonch hosil qilishimiz mumkin. Shu bilan birga 
o’quvchilar ko‘hna tariximiz bilan oz bo’lsa ham tanishadi. Berilgan 
imkoniyatlardan unumli foydalanish pedagog o’qituvchi malakasiga bog’liq. 
Birgina izohli lug’at orqali o’quvchilarga ko’plab foydali ma’lumot va ko’nikmalar 
berish mumkin. Shuningdek boshlang’ich sinflarda yod olishga osonroq bo’lgan 
she’rlardan namunlar keltiriladi. Asosan qoraqalpoq bolalar shoiri X.Saparov, 
iste’dodli 
shoirlar 
Sh.Seyitov 
va 
S.Embergenovlarning 
va 
shoira 
Sh.Atamuratovaning she’rlaridan keltirilgan. Ularning she’rlari 1-sinf 
o’quvchilarining yod olishi uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar 
26
Qosimova K., Matchonova S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyeva Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. – 
Toshkent: Nosir, 2009. – B. 311.
27
A’bdinazimov Sh., Qutlimuratov B., Ismaylova Z., Salieva P., Qutlimuratova G. Ana tili ha’m oqiw sawatlilig’i 
1-bo’lim. – Tashkent: Respublika bilimlendiriw orayi, 2021. – B. 10. 


[110] 
qiyinchilik tug’ilsa ham izohli lug’atlar bilan bu muammolar hal qilingan. Masalan, 
1-sinf „Ona tili va o’qish savotxonligi“ darsligiga kiritilga Sh.Seytovning „Tay“
28
she’rida kichkina toychoq ko’rinishlari sodda tasvirlangan bo’lib, undagi bolalarga 
tushunishga qiyinchilik tug’dirishi mumkin bo’lgan „tay“ va „tag’a“ kabi bolalar 
hali uchratmagan so’zlarining ma’nolari yoritilib berilgan. Bu o’quvchilar lug’at 
boyligiga yangi so’zlar qo’shib so’z boyligini ham oshiradi. Darslik o’quvchilarning 
faqat bilim darajasini oshirmasdan, fikrlash doirasini ham kengaytiradi. Xulosa qilib 
shuni aytish mumkinki, bolalarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda izohli 
lug’atlarning o’rni beqiyos.

Download 0.55 Mb.
1   2   3




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish