|
Ongli o’qishni ta’minlash usullari reja
|
bet | 1/5 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 60 Kb. | | #158102 |
Bog'liq Ongli o
Ongli o’qishni ta’minlash usullari reja
ONGLI O’QISHNI TA’MINLASH USULLARI
Reja:
1. Boshlang`ich ta`limda o`qishning uch turidan foydalanilishi
2. Ovozli o`qishning afzalliklari
3. O`qituvchi hikoyasi.
Boshlang`ich ta`limda o`qishning uch turidan foydalaniladi:
1. Ovozli `qish.
2. Ichda o`qish.
3. Shivirlab o`qish
Ovozli o`qish ovozga asoslangan o`qish bo`lab, undan ta`lim jarayonida
keng foydalaniladi. Ovozli o`qishning yakka, jo`r va rollarga bo`lib, o`qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o`qishning bir shaklidir.
Ichda o`qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o`qiladi. Shivirlab o`qish yarim ovoz bilan o`qishdir. Malakali kitobxon o`qishning
har uch turini bilishi zarur. Ovozli o`qishning ham, ovozsiz ichda o`qishning ham, shivirlab o`qishning ham o`z qo`llanish o`rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2- sinf o`quvchilari ichida o`qiganda kam so`z o`qiydi, so`zning ma`nolarini tushunmay qoladi, o`qiganlarining mazmunini to`liq o`zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar o`qishni endi o`rganayotgan o`quvchilar o`qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham sezganliklarini ko`rsatganlar. Ikkinchidan, ikkinchi sinf o`quvchilarida o`qish ko`nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o`qish jarayonida ayrim so`zlarni noto`g`ri o`qish natijasida uning ma`nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda 1- 2- sinflar ovozli va shivirlab o`qishdan foydalaniladi. 3-4- sinflarda ovozli o`qish bilan birga ichda o`qishdan ham foydalaniladi. 3-4- sinflar ichda o`qish ancha samarali bo`ladi. Lekin bu sinflarda ichda o`qish mexanik o`qishga aylanmasligi kerak. Ichda o`qish biror maqsadga yo`naltirilishi kerak, ya`ni turli topshiriqlar asosida ichda o`qitilishi lozim. Masalan, «She`rni ichingizda o`qib, ifodali o`qishga tayyorlaning», «Hikoyani ichingizda o`qing, ma`nosi tushunarsiz so`zlarni lug`at daftaringizga yozing», «Lug`atdan foydalanib, ularning ma`nosini izohlashga harakat qiling».
-Hikoyani ichingizda o`qib, uni qismlarga bo`ling.
-Ichingizda o`qib, ovoz chiqarib to`g`ri o`qishga tayyorlaning.
-Ichingizda o`qing. Tabiatning ko`rinishi tasvirlangan o`rinni toping.
Bu topshiriqlar sinfdan sinfga o`tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o`quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. Ichda o`qish quyidagi afzalliklarga ega:
1. Bir vaqtning o`zida butun sinf o`quvchilari o`qiydi.
2. O`quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari takomillashadi.
3. O`qituvchi har bir o`quvchining mustaqil ishlash jarayonida o`zlashtirish darajasini aniqlaydi.
4. Ichda o`qishda ongli o`qishga talab, e`tibor kuchayadi.
Ichda o`qishda o`qituvchi o`quvchilar o`qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishdagi kamchilikdir.
|
| |