|
TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT
|
bet | 4/9 | Sana | 18.07.2023 | Hajmi | 1.1 Mb. | | #76886 |
Bog'liq 1-maruza OT 2023 Тесты для 7 классовпо новому учебнику, books kitob informatika 5-sinf, topref.ru-171483, Economic theory - lecture 4, Determinantlar xushund, 15-мавзу.Кибермаконда дин омили, chiziqli algebra mustaqil ish2, 0.1-labaratoriya ishi To\'rayev Bexruz ki14-21 , 6-labaratoriya ishi Maxammadiyev N, OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI, 12-Laboratoriya ishi, 15-лабораторияTIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT - Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlar, operativ xotira, disklar, printer, klaviatura, sichqoncha, displey, tarmoq interfeyslari va boshqa turli xil kiritish-chiqarish qurilmalaridan tashkil topadi. Natijada ancha murakkab kompyuter tizimi paydo bo'ladi.
- Ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan optimal foydalanish uchun birinchi navbatda tizimli dasturiy ta’minot zarur bo’ladi.
- Tizimli dasturiy ta'minot - bu kompyuterning texnik va amaliy dasturlarini ishga tushirish uchun mo'ljallangan kompyuter dasturining bir turi hisoblanadi.
- Tizimli dasturiy ta'minot apparat qurilmalar va foydalanuvchi ilovalari o'rtasidagi interfeysdir.
TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT Tizimli dasturiy taʼminot quyidagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan dasturlar jamlanmasidir: - boshqa dasturlar bilan muloqatga kiritish va amallar bajarish uchun operatsion muhitni yaratish;
- kompyuter va kompyuter tarmoqlari qurilmalari bilan ishonchli va samarali ishlash;
- kompyuter va tarmoq apparatlari sozligini tekshirish va tuzatish;
- Qo‘shimcha texnologik amallarni (dasturlar va maʼlumotlar ustida nusxa olish, arxivlash, tiklash va shu kabilarni) bajarish.
Tizimli dasturiy taʼminot
Asosiy dasturiy taʼminot
Operatsion tizimlar
Nazorat va diagnostika vositalari
Хizmatchi dasturiy taʼminot
Antivirus dasturlari
Maʼlumotlarni arxivlash dasturlari
Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar
Tarmoqga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
Fayl menejerlari
Operatsion tizimlar haqida tushunchalar Tizimli dasturiy ta'minotining eng mashhur namunasi – bu operatsion tizimdir. - Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog‘langan dasturlar to‘plamidir.
- Operatsion tizim (OT) kompyuterlar resurslarini boshqaradi hamda o’ziga mos keladigan barcha turdagi amaliy dasturlarni o’rnatish va foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga imkon beradi.
|
| |