|
Operatsion tizimlar oblaqulova Laylo
|
bet | 1/3 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #266119 |
Bog'liq operatsion tizimlarr (2) Oblaqulova Laylo Operatsion tizim nima? Bilamizki har qanday kompyuter texnik qurilmalar yig’indisidan tashkil topadi. Bular, Blok (Case), Onaplata (Motherboard), Markaziy protsessor (CPU), Tezkor xotira (RAM), Doimiy xotira (HDD yoki SSD), Markaziy protsessorni sovutish qurilmasi (CPU cooler), Elektr bloki (PSU) va Kiritish-chiqarish qurilmalari (Input-output devices) monitor, klaviatura, sichqoncha va hokazolar.
Kichik eslatma:
Agarda kompyuterda qandaydir dastur ishlatmoqchi bo’lsak, albatta bizga qurilma resurslari zarur bo’ladi. Misol uchun Google Chrome brouzerini ishga tushirish uchun, protsessor, tezkor xotira, dastur qurilma bilan interaktiv ishlashi uchun klaviatura va sichqoncha va foydalanuvchiga beriladigan ma’lumotlarni monitorga chiqarishi kerak bo’ladi.
Birinchi operatsion tizim
Kompyuterlar uchun birinchi operatsion tizim GM-NAA deb atalgan. U 1955-yilda General Motors vakili Robert Patrik hamda North American Aviation vakili Ouen Mok tomonidan tuzilgan. U tizim monitorlariga asoslangan va faqat katta mashinalarda ishlashga moʻljallangan. GM-NAAʼning asosiy vazifasi eski dastur tugashi bilan yangi dasturni avtomatik ravishda bajarishdan iborat boʻlgan[3].
.
Operatsion tizimlar tarixi
birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi
Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi.
Operatsion tizimlar evolyutsiyasi
Birinchi davr (1945-1955-yillar)
Ikkinchi davr (1955-1965-yillar)
Uchinchi davr (1965-1980-yillar) Toʻrtinchi davr (1980-yildan buyon)
|
| |