Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi




Download 10.37 Mb.
bet2/102
Sana22.07.2021
Hajmi10.37 Mb.
#15514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
2. Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi.

Windows oilasidagi OT lar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni uzida namoyon etuvchi ko’p vazifali operatsion tizimlardir. Windows 95 operatsion tizim va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir.Windows 95 tizimi yangi to’laqonli operatsion tizim bo’lib, qudratli va foydalanishda oddiydir. Agar Windows 3.x ning ilgarigi versiyalari MS DOS ni asos sifatida olgan bo’lsa, Windows 95 esa kompyuterda biror bir boshqa operatsion tizim ishtirokini talab etmaydi. Siz mashinaga bittagina maxsulotni o’rnatasiz va darxol .Windows muxitiga tushasiz.

Bundan tashkari .Windows 95 shunchaki operatsion tizimgina emas. Bu ko’plab yangi, foydali va qiziqarli narsalarni uzida saklaydigan dasturiy maxsulotdir. Oddiy va tushunarli xujjatga yunaltirilgan interfeys, kontekstli menyu, sozlashning oddiyligi, DOS ilovalar va Windows ning oldingi versiyalari bilan tulik moslik, shuningdek, umuman butun tizimning g’aroyib kuch kudrati – uzoq va mashaqqatli ishi natijasi bo’ldi. Endi hatto yangi foydalanuvchi ham mazkur yangi OT bilan ishlashda o’zini ishonchsiz his etmaydi. Foydalanuvchi qanday vaziyatda qolmasin qulay va tushunarli interfeysda adashib qolmaydi. Ish jarayonida yordam beradigan va kompyuter texnikasi soxasidan uzoq bo’lgan kishiga mo’ljallangan interfeys bu mahsulotni ommaviy iste’molchiga qulay qilib qo’ydi.

Windows 95 OTning asosiy menyusida ishlash juda ham oddiy bo’lib, foydalanuvchi uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Microsoft kompaniyasining boshqa istalgan maxsuloti kabi Windows 95 ni ham uchta oddiy so’z bilan izoxlash mumkin: oddiylik, kuvvatlik, moslik.

Windows operatsion muxiti quyidagi imkoniyatlarga ega:

Universal grafika- Windows dasturlarining qurilmalariga va dastur ta’minotga

Bog’liqsizligini ta’minlaydi.

Yagona interfeys- Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. SHuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.

Mavjud dastur ta’minot bilan muvofikligi – Windowsning barcha amaliy paketlari taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.

Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir

dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.

Mavjud operativ xotirada to’la foydalana oladi, qurilma resurslaridan ham to’liq

foydalanadi.

Ma’lumotlar almashuvi – Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish) yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.

Windowsda ekran ”desktor” deb ataladi. Barcha amallar unda bajariladi. Windows so’zining ma’nosi “oynalar” (darchalar).SHuning uchun Windowsga kirganda dasturlar darchalarda bajariladi.Darchalarni joyini va o’lchamlarini uzgartirish mumkin. Agar bir nechta dastur bajarilayotgan bo’lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi. Darchalar uch xil bo’ladi:

Dasturlar darchasi;

Xujjatlar darchasi;

Muloqot darchasi.

Darcha yoki piktogramma joyini o’zgartirish uchun sarlavxani sichkoncha tugmachasini bosgan xolda yangi joyga keltiriladi.

Windows dasturi yuklanganda uning ishchi stolida “moy kompyuter”, “moi dokument” ,“portfel”, “korzina” piktogrammalari (istalgan piktogrammalarni joylashtirish mumkin) namoyon bo’ladi. Ekranning pastida joylashgan “ Panel zadach”da “Pusk” tugmasi joylashgan bo’lib, unda Bosh menyu joylashgan.





Download 10.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Download 10.37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi

Download 10.37 Mb.