|
MS DOS OT da disklar bila ishlash
|
bet | 55/102 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 10,37 Mb. | | #15514 |
3.MS DOS OT da disklar bila ishlash.
Diskdagi fayllarni o‘chirish(del buyrug‘i). Fayl yoki fayllar guruhini o‘chirish uchun del buyrug‘i qo‘llaniladi.
Buyruq formati: del fayl nomi.
Masalan, C:\>del *.* C diskdagi barcha fayllarni o‘chirish uchun;
C:\>del *.doc C diskdagi barcha .doc kengaytmali fayllarni o‘chirish uchun;
c:\>del nti.bas buyrug‘i nti.bas faylini o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Diskni formatlash(format buyrug‘i). Disklarni birinchi martaba ishlatishdan oldin u bilan DOS tizimi uchun muloqotga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun diskni formatlash kerak bo‘ladi.
Buyruq formati: format disk nomi: [ parametrlar]
A diskni formatlash uchun quyidagi buyruq beriladi: C:\>format A:
Mabodo, diskga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u format buyrug‘i berilishi bilan o‘chiriladi. Buyruq berilgandan keyin ekranda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi.
Insert new diskette to drive x: and strike enter when ready(disketni qo‘ying va [Enter] tugmachasini bosing).
Agar disk yaroqsiz bo‘lsa, u holda Track 0 bad — disk unusable (0-yo‘l yaroqsiz, diskdan foydalanish mumkin emas) xabar paydo bo‘ladi.
Disk formatlangandan keyin yana quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: format another (Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?}
Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.
8 - Mavzu
|
| |