|
Tolali optik aloqa tizimlarida axborotlar oqimining
sinxronlash masalalari
|
bet | 14/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Tolali optik aloqa tizimlarida axborotlar oqimining
sinxronlash masalalari
Sinxronizatsiya haqida asosiy tushunchalar
va uning turlari
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining uzatish va qabul qilish traktlari sinxron ishlashi kerak. Sinxronizatsiya TOATning normal ishlashini ta’minlovchi zaruriy shart hisoblanadi. Raqamli TOATda analog signallami raqamli signallarga o'zgartirish uchun boshlang'ich analog signallar awal diskretlanadi, so‘ng kvantlanadi va kodlanadi. Bu jarayonlar natijasida shakllangan raqamli ikkilik ketma-ketliklari OUz da optik signallarga aylantirilib, optik tolaga uzatiladi. Qabul qiluvchi punktda optik signallardan elektr signallariga o'zgartirilgan raqamli impulslar ketma-ketligi boshlang'ich ko‘rinishda qayta tiklanishi kerak. U normal amalga oshishi uchun raqamli impuls- larining vaqt bo'yicha ketma-ketligi va vaqt intervallari, mahalliy taktli ketma-ketliklar bilan mos tushishi kerak.
Ikki raqamli ketma-ketliklar uch parametr bo'yicha sinxro- nizatsiyalanishi mumkin:
tarmoq tuguniga tushish vaqti — t — vaqt bo‘yicha sinxronizatsiya;
interval davomiyligi-r yoki impulsning ketma-ketlik chastotasi — f—1/ t chastotali sinxronizatsiya;
boshlang‘ich fazasi — fazali sinxronizatsiya.
Vaqt bo‘yicha sinxronizatsiya masalasi globaldir, lekin agarda barcha tarmoqlar uchun butun dunyo muvofiqlashtirilgan vaqt
34
www.ziyouz.com kutubxonasi
xizmati yoki yagona manba qo‘llanilgan bo‘lsa, yechimini osongina lopadi.
Fazali sinxronizatsiya lokal va ma’lum fizik qurilma uchun dolzarb bo'lsa, fazani avtomatik sozlash tizimlarini ishlatish yo‘li biJan yechimini topadi. Bu sozlash tizimlari boshlang'ich fazani taktli sinxronizatsiya stabil manbaning boshlang'ich taktiga bog‘lash iinkonini beradi.
Chastotali sinxronizatsiyalash masalasi bir vaqtda global va lokal bo'lib, buning ustiga murakkab ham. Shuning uchun sinxronizatsiya muammolari ko'proq chastotali sinxronizatsiya muammo- laiiga (alluqli. Quyida faqat chastotali (yoki taktli) sinxronizatsiya va и bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqamiz.
Shimiiigdck, TOATda raqamli ketma-ketliklar quyidagi para- iui'IiI.ii bo va ha sinxroiii/atsiyalanishi kerak:
In ynilai/sikll.ii bo'yicha Ircymli/siklli sinxronizatsiya, lining yo’<|oli'.hi avauya signa I i n i (I’rcym sinxronizatsiyasining yo'qolislmu) yuzaga kcltuadi;
multil’rcym/yuqori sikllar bo'yicha — multifreymli/yuqori siklli sinxronizatsiya, lining yo'qolishi multifreym sinxronizatsiya- sining yo'qolishi avariya signalini yuzaga keltiradi;
I’rcym ichidagi taktlar bo'yicha — taktli sinxronizatsiya, uning yo'qolishi taktli sinxronizatsiya signalining yo'qolishi avariya signalini yuzaga keltiradi.
Quyida faqat taktli sinxronizatsiyani ko'rib chiqamiz: agar raqamli tarmoq lokal bo'lsa, uning tugunlarida signallarning tarqalish vaqti farq qilmasligi, tarmoq sodda tuzilgan, yulduzcha tapologiyali bir necha tugunlardan iborat, markaziy tugunda esa umumiy bo'lgan taktli tarmoq sinxronizatsiyasi manbayi o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Uning taktlari barcha tugunlarga kechikishlarsiz uzatiladi, ya’ni bunday ideal tarmoqda sinxronizatsiya muammolari bo'lmaydi. Agar, o'zining sinxronizatsiya manbayiga ega bo'lgan bir necha bunday tarmoqlar bitta murakkab tarmoqqa birlashsa, u holda muammolar yuzaga keladi.
Uning to'liq holdagi sinxronizatsiyasi uchun har bir alohida tarmoqlarning taktli sinxronizatsiya manbalarining aniqligi bir xil va yuqori (masalan, 10’11—IO-12) bo'lishi kerak yoki bu tarmoq uchun yuqori barqarorli yagona taktli sinxronizatsiya manbayiga
35
www.ziyouz.com kutubxonasi
ega bo‘lgan maxsus sinxronizatsiya signallarini tarqalish tarmog'i (SST) qurilgan bo'Iishi kerak.
Agar bu shartlarga rioya qilinmasdan, uzatuvchi va qabul qiluvchi tugunlarda taktli sinxronizatsiya manbalarining chasto- talarida farq mavjud bo'lsa, u holda ma’lum vaqt ichida vaqt interval! xatoliklarining yig‘ilishi yuzaga keladi.
Vaqt interval! xatoligi (VIX) raqamli ketma-ketliklar tugunida qabul qilinadigan и-impulsni tushish tn va ushbu tugunning taktli sinxronizatsiya manbayi tomonidan n-impuls ketma-ketligini generatsiyalash /g vaqtlarining farqiga teng. Bu farq taktli interval uzunligi bilan o'lchanadigan darajaga kelganda sinxronizatsiyaning buzilishi yuzaga keladi. Sinxronizatsiyaning buzilishi mahalliy taktli tarmoq sinxronizatsiyasi (ITS) manbayining nisbiy chastotasini qabul qilinadigan ketma-ketliklar chastotasidan yuqori yoki kichik bo‘lishiga bog‘liq holda, bir impuls (taktli interval)ning yo‘qolishi yoki ortiqcha impuls (taktli interval)ning shakllanishidan hosil bo‘ladi. Bu jarayon sirpanish yoki «slip» (slip) deyiladi. Sliplar ovoz va radiosignallarni uzatishda chirs-chirs tovushlarning hosil bo‘lishiga olib keladi, ma’lumotlarni uzatishda esa aloqaning buzilishiga, ya’ni sinxron ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida xatoliklar sonining oshishiga olib keladi.
Bu holda sinxronizatsiya sifati, vaqt intervalining yig‘ilgan xatoligi taktli sinxronizatsiyaning buzilishiga olib keladigan vaqt yoki sliplar chastotasi (vaqt birligi — minut, soat, sutkada ularning son!) bilan baholanishi mumkin.
Murakkab tarmoqni turli aniqlikdagi taymer/manba/gene- ratorlardan sinxronizatsiyalanadigan, bir necha region/uchast- kalardan tuzilishi mumkinligini e’tiborga olib, aniq sinxronizatsiya sifati va umumiy holda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash maq- sadida standartlarda belgilangan me’yorlarga ega bolish muhimdir.
|
| |