O`qituvchilarga 2-tur yozma ish savollarini shakllantirib berishda tizimdan foydalanish tartibi.
O`qituvchilar uchun 2-tur savollarini shaklantirish uchun avvalom bor tizimga kirish talab etiladi. Bunda har bir tuman ma`sullari o`zlari uchun berilgan login parollari orqali kiradilar.
1-rasm. Tizimga kirish oynasi
Tizimga kirilgandan so`ng, “Natijalarni ko`rish” tugmasi bosiladi va test natijalarini ko`rish oynasiga o`tiladi.
2-rasm. O`qituvchilarning test nazoratidan olgan natijalar oynasiga o`tish.
Test natijalarini ko`rish oynasida viloyat, tuman va fan tanlanib, “MONITORING” tugmasi bosiladi. Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V. Ushbu oynada shu fandan test topshirgan barcha o`qituvchilar natijalari chiqariladi. Agar o`qituvchining test natijasi 80% va undan yuqori bo`lsa, unga 2-tur yozma ish savollarini olish imkoniyati beriladi. Bunig uchun o`qituvchi ism familiyasi ustiga sichqoncha tugmasi bosiladi va tanlangan o`qituvchiga savollar avtomatik tarzda shakllantirib beriladi.
3-rasm. Test natijalari oynasi.
Nazorat savollarini yozma ko`rinishida yozib tugatilganidan so`ng, keyingi turga o`tgan o`qituvchilarning yozma ish javoblari elektron pdf shaklga o`tkazilib, tizimga yuklanadi. Buning uchun har bir o`qituvchi savollari oynasidagi tugmasi yordamida kerakli fayl tanlanadi va tizimga yuklash uchun tugmasi bosiladi.
4-rasm. 2-tur savollarini shakllantirib berish, uni qog`ozga chop etish va elektron shakldagi javoblarni tizimga yuklash oynasi.
|